Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Xiva —Buxoro mu nosabatlari
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
Xiva —Buxoro mu nosabatlari. Abulg'ozi Bahodirxon Buxoro xoni bilan 1662- yilda sulh tuzib, 1663- yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro — Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta Buxoro xonligini xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirdi.Uning qo'shini hatto Buxoroga yetib bordi, Samarqandni egalladi. Nihoyat, 1685- yilda G'ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo'shinlari tor-mor etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivaga fitna uyushtirdi. 1687- yilda Anushaxon taxtdan tushirilib, ko'ziga mil torttirildi.
Subhonqulixon Xivada o'z tarafdorlaridan shunday fitnachi guruh uyushtira olgan ediki, ular ta'sirida XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Xivada „xonlar o'yini" — o'nlab xonlar almashinuvi sodir bo'ldi. Bu voqealar oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg'ozixon (1714—1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada, Orolbo'yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o'zaro kurash goh u tomon, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg'ozixon vafot etguniga qadar davom etdi. Xiva xonligining siyosiy ahvoli Elbarsxon davrida (1728—1740) yanada keskinlashdi. Elbarsxon ichki nizolarni bostirib, qo'shni hududlarga ham hujumlar uyushtirdi. Ayni paytda u Nodirshohga qarshi kurashda Buxoroga yordam berishga ham intilgan edi. Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740- yili Xiva xonligiga yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo'shinlari yengildi. Xonqada bo'lgan jangda Xiva qo'shinlari butunlay tor-mor etildi. Elbarsxon o'ldirildi. Nodirshoh 1740- yili Xivaga o'z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o'rnatiladi. Aholiga ,,moli omon" solig'i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida Parokandalik kuchaydi. O'zaro urushlar natijasida bir qancha vaqt turkman qabilalari — yovmutlar ustun kelib turdi. Endi Xiva niustaqilligini yo'qotdi, qadimiy madaniy mamlakat bosqinchilik va talon-taroj maydoniga aylantirildi. Osiyo va Yevropani birlashtiruvchi karvon yo'li o'zining ahamiyatini to'la yo'qotdi. Xonlar esa amalda inoqlar qo'lida itoatkor bo'lib qoldilar. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling