Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalar


Download 460 Kb.
bet65/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalar. Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz savdo va diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining XVI asr tarixi haqida muhim ma'lumot beradi. Jenkinson esdaliklari, „Jenkinsonning Xiva va Buxoroga sayohati" deb nomlangan.
Yevropa sayyohlari ichida taniqli venger sharqshunos olimi A. Vamberi yozib qoldirgan „O'rta Osiyo bo'ylab sayohat" deb ataluvchi asar Xiva tarixi bo'yicha ham eng qimmatli manbalardan hisoblanadi. Uning esdaliklari o'zbek tilida ham chop etilgan.
O'zbekiston olimlarining Xiva xonligi tarixiga oid asarlari. O'zbekiston olimlari ham Xiva xonligi tarixini o'rganish ishiga katta hissa qo'shganlar. Ular orasida akademik I. Mo'minov boshchiligida yaratilgan „Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo'lgan tarixi" (1976-yil) alohida qimmatga ega.
Xorazmning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha. shu jumladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyi munosabati bilan chop etilgan Xiva ming gumbaz shahri" kitobi ham tarixiy faktlarga juda boy asardir(1997-yil).
Siz bu asar bilan tanishish imkoniga egasiz. Erinmay uni bir varaqlab chiqsangiz ayni muddao bo'lur edi.
•1962- yilda Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelingan va O'zbekiston markaziy davlat arxivida saqlanmoqda.
Savollar
1. Nima uchun davlat tarixiga oid o'tmish manbalarni bilishi zarur?
2. Xiva xonligining arxiv hujjatlari bu xonlik tarixini o'rganishda qanday ahamiyatga ega?
3. O'rta osiyolik olimlardan kimlar Xiva xonligining XVI—XIX asrlar tarixiga oid asarlar yozib qoldirganlar?
4. Rossiya diplomatlari, olimlarining Xiva tarixiga oid asarlari va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Yevropa sayyohlari Xiva xonligi tarixi bo'yicha qanday asarlar yozib qoldirganlar?
6. O'zbekiston olimlarining Xorazm, xususan, Xiva xonligi tarixiga doir asarlarini qayd eting.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling