Xvi XIX asrning birinchi yarmi


VI BOB. XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR


Download 460 Kb.
bet66/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

VI BOB. XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR
Mavzu: Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy hayoti
Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi tarixidan. Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo-g'iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo'lmish Doro I (mil.av.522—468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlaiga mil.av. V asrda mixxat bilan o'yib yozilgan bitiklarda Orolbo'yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi „Saka tigraxauda" (cho'qqi qalpoqli saklar) deb atalgan.
Milodiy II—VIII asrlarda Orolbo'yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar.Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo'shilishi natijasida Orolbo'yida bijanaklar va o'g'uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida 8—10 asrlarda qoraqal­poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan.
X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko'chib o'tishga majbur bo'lganlar. Bunga o'g'uzlar va qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo'lgan.
XII asr rus yilnomalarida „Черные клобуки", mo'g'illar tarixida „qora malaqayli", sharq manbalarida esa „qora bo'rkli" deb atalgan qavm haqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. „Qoraqalpoq" so'zi qoraqalpoqlilar so'zidan kelib chiqqan.
Oltin O'rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri — XIV asr oxirida tashkil topgan No'g'ay (Mang'it) xonligi edi. Uning chegarasi -Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo'ylaridan Kama daryosigacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga olgan.
Binobarin, qoraqalpoqlar ko'chib borib joylashgan hududlar XV—XVI asrlarda No'g'ay xonligi hududiga kirgan. No'g'ay va qoraqalpoq xalqlari o'zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar.
No'g'ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug'lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasigayetgan.Buxalqolti qabila(xitoy, qipchoq, kenagas, mang'it, qo'ng'irot va mo'yten) negizida shakllangan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling