Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Mavzu: Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Download 460 Kb.
bet69/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Mavzu: Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Ijtimoiy ahvol. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug'chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo'linishi ancha kuchli edi.
Har bir urug' yoki qabilaga biylar bosh-chilik qilardi. Harbiy qismlami botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'jalarning o'rni ham katta edi. Ovul boshlang'ich ma'muriy bo'g'in bo'lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma'muriy mansablar ham bor edi. Mirobsuv taqsimlovchi hisoblangan.
Biylik lavozimiga ilgarilari urug' yig'inlarida saylangan bo'lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo'ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan boidi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo'ysungan. Amudaryoning so'l tomonidagi Qo'ng'irot, o'ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma'muriy markaziga aylanadi.
Aholi orasida mulkiy tabaqalanish ham kuchayib bordi. Yerga jamoa bo'lib egalik qilish asta-sekin barham topib, katta yer egalari tabaqasi vujudga keldi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo'y-echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllanadi. Juda ko'p baliq ovlanadigan suv havzalari ham alohida kishilar tomonidan egallanib bordi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz kambag'allar soni ko'payib bordi. Ular boylardan yerni ijaraga olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo'ldilar.
Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va
chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar. „Qirq qiz" dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o'zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g'alla yetishtirganligi, bog'lar yaratganligi haqida ma'lumotlar berilgan.
Qoraqalpoqlar Orol bo'ylarida, Sirdaryo va Amudaryo orali-g'idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Bug'doy, афа, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo'l hosil olganlar. Yangi (Jana) daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug'orish inshootlari xo'jalikda dehqonchilik tarmog'ining yetakchi o'rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko'l, Kegayli, XIX asr o'rtalarida Chimboy, Qo'ng'irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o'roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o'rin tutgan. Poda-poda qoramol, qo'y, echki, ot, tuyalar boqilgan. Chorvadorlar ho'kiz va tuya qo'shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero't yaylovlarga ko'chib yurganlar. Qishlov uchun pichan, xashak tayyorlangan. Ayniqsa, qamishzorlar chorva mollari uchun to'yimli ozuqa bo'lib xizmat qilgan.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik ham rivojlangan. Orol bo'ylari, daryolarning havzalari baliqchiJikning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratgan. Baliqchilik, ovchilik aholi uchun qo'shimcha tirikchilik manbayi hisoblanardi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling