Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Xiva tarixi bo'yicha rossiyalik mualliflarning asarlari
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
Xiva tarixi bo'yicha rossiyalik mualliflarning asarlari. 1793— 1794- yillarda Orenburgdan Xivaga oftolmolog vrach Blankennagel taklif etilgan. U xonning ko'zi ojiz bo'lib qolgan amakisini davolagan. U yozib qoldirgan esdalik ma'lumotlar juda qimmatli edi.
Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N. I. Muravyov ham yozib qoldirgan esdaliklar eng qimmatli manbalar qatorida turadi. „Esdaliklar" Xiva to'g'risida, qadimiy obidalar, davlat boshqaruvi tizimi, hunarmandchilik va savdo-sotiq to'g'risida batafsil ma'lumotlardan iborat. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilingan edi. Muallif asarida o'zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to'xtalib, o'zbeklarni »aql-idrokli, suhbati yoqimli va o'tkir, qat'iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg'on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar", deb ta'riflagan ham edi. N. I. Muravyov o'z fikrini davom ettirib, yana quyidagilarni qayd etgan: „Xiva shahri keng maydonda bog'-rog' bilan o'ralgan. Atrofi esa devor bilan o'ralgan hamda Amudaryodan suv quvurj o'tkazilgan. Xiva aholisi o'zining mashaqqatli mehnati bilan cho']-u biyobonni hosildor o'lkaga aylantirgan. Atrof hammasi ekinzor maydon. Bug'doyzor, sholipoya, uzumzorva shirin-shakar bog'. Chorvachilik ham rivojlangan". 1842- yilda Xiva va Rossiya o'rtasida „Majburiyatlar akti" shartnomasining imzolanishiga erishgan elchi G. Danilevskiy o'zi bilan Xivaga kelgan tabiatshunos olim R. Baziner bilan birgalikda „Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari, savdo-sotig'i va sanoati" nomli asar yozib qoldirganlar. 1858- yilda Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari N. Ignatyev yozib qoldirgan esdaliklar ham Xiva tarixi bo'yicha muhim manba hisoblanadi. Taniqli sharqshunos olim N. Vasilevskiyning „O'zbeklar Xorazmda", „Inoqlarhukmdorligi" va „Qo'ng'irot sulolasi" asarlari Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag'ishlangan. Bundan tashqari, Xiva bilan Rossiyaning XVIII—XIX asr-lardagi o'zaro aloqalari yana bir sharqshunos olim S. Jukovskiyning „Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi" asarida o'z ifodasini topgan. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling