Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya
Download 224 Kb.
|
17 asr birinchi yarmida Angliya ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi
III.Internet manbalari:
https://www.edu.uz https://www.ziyo.net.uz https://www.performance.yedu.uz. https://www.arxiv.uz Chartistlar harakatining oqibatlari Chartistlar harakati Angliyada xalq norozilik harakatining yangi bir ko`rinishi bo`lib, bu harakatni hukumatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va mamlakatni sanoat ishlab chiqarishiga o`tishiga munosabati kabi holatlarni yuzaga kellirdi. Shuningdck, chartizm hukumatning ichki siyosatiga va siyosiy tafakkuriga katta ta`sir qilgan ishchilar haralati sifalida ahamiyatlidir. Chartistlar harakali natijasida 30-yillarning oxirlaridan sanoat burjuaziuasi va lendlordlar o`rtasida g`alla haqidagi qonun borasida kurash keskinlashdi. Sanoatchilar proteksionizm o`rniga erkin savdo (fritred)ga o`tishni talab qilayotgan edilar. Chunki Angtiya endi sanoat, savdo va mustamlakalar bo`yicha dunyodagi eng qudratli davlat bolib. u bilan raqobat qila oladigan xavfli raqib yo`q edi. 1846 yil g`alla to`g`risidagi qonun, keyinroq boshqa soliq va to`lovlar ham bekor qilindi. Angliya fritred tizimiga o`tdi. Erkin savdo ingliz sanoat burjuaziyasi uchun yangi bozorlarni egallash imkoniyatini berdi. Chartistlar harakati hukmron doiralarni bir qator islohotlar o`tkazishga va ishchilarga yon berishga majbur qildi. Parlament 1847 yilda 10 soatlik ish kuni haqida qonun qabul qildi. Chartistlar harakatini inqirozga yuz tutishining bir qancha sabablari mavjud. XIX asrning 50-yillariga kelib ingiliz sanoati va savdosining ancha davomli yuksalish davrining boshlanishi bilan ishsizlar soni tez qisqardi. Savdo va sanoat rivojidan juda katta foyda olgan ingiliz burjuaziyasi foydaning ma`lum bir qismini malakali ishchilarning moddiy ahvolini yaxshilashga sarflab, ishchilar orasida bo`linishni yuzaga keltirdi. Angliyadan mustamlakalarga ayniqsa, Kaliforniyadagi oltin konlarining ochilishi bilan AQSHga ishchilarning ommaviy emigratsiyasning kuchayishi ham 50-yillarda chartistlar harakatining tushkunlikka ychrashiga sabab bo`ldi.Bu hoi va bo`lib o`tgan iqtisodiy inqirozlar, narx-navo, eksport va ish haqini tushib ketishiga olib keldi. Inqiroz chartistlar harakatini yangidan ko`tarilishiga sabab bo`ldi. 1842 yil may oyida chartistlar parlamentga 3 mln. SOOming kishi imzolagan xalq xartiyasi to`g`risidagi 2-iltimosnomani taqdim etdilar. Bu iltimosnomaga ham asosan oldingi iltimosnomadagi 6 ta talab kiritildi. Ammo, undan farqli ravishda kcyingi iltimosnoma ijtimoiy tengsizlikka, ish haqining pastligiga qaliy qarshi chiqib, kambag`allar to`g`risidagi qonunni bekor qilishni talab qildi. Biroq, parlament 2-iltimosnomani ham qabul qilmadi. 40-yillarning o`rtalarida chartistlar harakati yangidan jonlandi. 1845 yil "Chartistlarning agrar jamiyati" tuzildi. Uning asosiy maqsadi yer islohotini o`tkazish edi. Yer islo`hoti lendlordlarga tegishli yerlarni davtat tomonidan sotib olinishini va bu ycrlarni ishchilarga mayda yer mulklari siiatida berilishini ko`zda tutgan edi. Ammo, bu rejalarning hayoliy ekanligi, qolaversa. 1848 yilda jamiyatning moliyaviv bankrotga uchrashi natijasida ushbu jamiyatning ishchilar orasidagi ta`siri tushib ketdi. 1847 yil Angliyada eng kuchli savdo-sanoat inqirozi yuz berdi. Angliyaning sanoati rivojlangan rayonlaridan biri bo`lgan Lankashirdagi fabrikalarning aksaiyati butunlay to`xtatildi. 1848 yil boshlarida mamlakatdagi ishsizlar soni 4 mln.ga yaqin edi. 1847 yilgi inqiroz va 1848 yildagi inqilob yana chartistlar harakalini kuchayishiga sabab bo`ldi. 1848 yil aprelida chartistlarning Milliy konventi ochildi. U parlamentga 3-iltimosnomani berishga qaror qildi. lltimosnomani parlamentga berish uchun 10 aprelda Londonda ommaviy xalq namoyishini uyushtirish rejalashtirildi. Biroq, bundan xabar topgan hukumal tezda poytaxtga ko`p sonli qo`shin kiritib ommaviy namoyishga yo`l qo`ymadi. Chartistlarning maqsadi amalga oshmadi. 1848 yil yozida parlament 3-iltimosnomani ham rad etdi. Chartistlarga qarshi ta`qib va qatag`onlar bu harakatning susayishiga olib keldi. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar: Download 224 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling