Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya
Xo`jalikning barcha tarmoqlarida kapitalistik munosabatlar
Download 224 Kb.
|
17 asr birinchi yarmida Angliya ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.XVIII asr va XIX asrning boshlarida Angliyaning Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti
2.1.Xo`jalikning barcha tarmoqlarida kapitalistik munosabatlar
Karl II O`yuart Angliyada hokimiyatga qaylgandan keyin eski tartiblar to`liq liklanmadi. Qirol fuqarolar urushining qatnashuvchilariga avf e`lon qildi va inqilob davrida konfiskatsiya qilingan yerlarni o`z egalariga qoldirish `to`g`risida farmon chiqardi. Davlatning soliq va moliyaviy ishlarini parlament olib boradigan bo`ldi. Qirolga parlament maosh tayinladi. Mamlakalni, asosan, parlament boshqardi. Lckin avf e`lon qilinishiga qaramasdan respublikachilar ta`qib ostiga olindi. Kromvel va boshqa inqilib arboblarining murdalari qabrdan chiqarilib, dorga osildi va so`ngra boshlari olindi6. Xo`jalikning barcha tarmoqlarida kapitalistik munosabatlar taraqqiy etdi.Kapitalistik fermcrlar soni oshdi, g`ov titish va dehqonlarning yerdan mahrum qi`inishi kuchaydi. sanoat katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Angliyaning Flindiston bilan savdosi natijasida 600 000 funt foyda olina boshlandi. Muslamlakaiarning boyliklari talandi. Karl II burjuaziya tabaqasining manfaatlari bilan kam hisoblasha boshladi. Ayniqsa. qirolning tashqi siyosati ularning noroziliklariga sabab bo`ldi. U hokimiyatga kelguncha ham Fransiyadan qarz ola boshlagan edi. Taxtga o`tirgach, yana Fransiya bilan yaqinlashish yo`lini tutdi. Karl II frantsuz qiroli Lyudovik XIV dan olgan katta pul evaziga ingliz tovarlari ucbun frantsuz bozorlarini yopib qo`yilishiga o`z roziligini berdi. Shundan keyin u 5 000 000 frank evaziga Fransiyaga Kromvel davrida Ispaniyadan tortib olingan Dyunkerxenni ham soldi. Qirol bilan parlament o`rlasidagi kurash Angliyaning siyosiy hayotida 2 ta siyosiy partiya -- tori va vigilarni tashkil toptirdi. Torilar partiyasiga yirik yer egalari va ingliz` ruhoniylaridan iborat qirol hokimiyati tarafdorlari a`zo boldilar. Vigilar partiyasiga esa yirik moliyachilar va bir qism yirik yer egalari kirdiiar. Ular qirol hokimiyati hisobiga parlament huquqlarini kengaytirishga harakal qildilar. 1685 yilda taxtga Karl II ning ukasi Yakov II o`tirdi. U mamlakatda absolyutizm va katolik dinini tiklashni o`zining asosiy vazifasi, deb bildi. Torilar va vigilar bundan tashvishga tushdilar. 1688 yilning iyunida tori va vigilar Angliya taxtiga Yakov II ning kuyovi Qo`shma provinsiyalar (Gollandiya) shtatgalteri Vilgelm Oranskiyni takiif qildilar. Noyabr oyida hech qanday qarshilikfarsiz Oranskiy Angliya taxtini egalladi, Yakov II Fransiyaga qochdi. Vilgelm Oranskiy taxtga o`tirish arafasida parlament unga "Huquqlar to`g`risidagi deklarasiya"ni qabul qilish shartini qo`ydi. Unga ko`ra qirol qonunlarning harakatini to`xtatish vakolatidan mahrum qilinib, soliqlarni joriy qilish huquqi faqat parlament ixtiyoriga berildi. Doimiy armiyani tuzish va ta`minlash ham parlamentning ruxsati bilan amalga oshiriladigan bo`ldi. 1701 yilda qabul qilingan qonunga ko`ra bar qanday qabul qilingan qonunlar nafaqat qirol imzolagandan keyin, balki parlament oldida mas`ul bo`lgan vazirlar mahkamasining boshlig`i imzolagandan so`ng kuchga kirishi belgilab qo`yildi. 1688 yil voqialarini ingliz burjuaziyasi "Shonli inqilob"deb nomladi. Chunki u hech qanday qon to`kishsiz Angliyada burjua parlamenlar tuzumini mustahkamladi. 2.2.XVIII asr va XIX asrning boshlarida Angliyaning Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti XVII asr burjua inqilobi Angliyada boshqarishning feodal-mustabid tizimini tugatdi va bu bilan kapitalizmning bundan keyingi taraqqiyotiga xalaqit berib turgan eng asosiy to`siqni bartaraf etdi. Shuning ychun ham XVII asrning oxiri va butun XVIII asr Angliya uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sish davri bo`ldi, bu esa pirovard natijada ayni shu mamlakatda ishlab chiqarishning yangi shakilarini yaratishga-mashinalashgan yirik kapitalistik ishlab chiqarishning g`alabasiga olib keldi. Dunyo mamlakatlari orasida dastlab Angliyada kapilalistik fabrika bunyud qilinib, bu fabrika undan oldin o`tgan mahufakturaga qaraganda kapitalistik xo`jalikning xiyla etuk va rivojlangan ko`rinishi edi. Ammo Angliya tarixida XVTTT asr boshqa jihatdan ham muhim bo`ldi. XVIII asrda ingliz parlamentar tizimi, ya`ni yangi zamondagi burjua davlatiga xos shakli tashkil topdi. Bu hukumatning oldida mas`uliyatli ekanligida, umumpalatasida qaysi siyosly partiya ko`pchilikka ega bo`lsa, o`sha siyosiy partiya rahbarlaridan ministrlar tayinganligida o`z ifodasini topdi. Keyinchalik ministrliklarning parlament oldida javobgarligi prinsipini Yevropadagi hamda dunyoning boshqa qit`alaridagi burjua mamlakatlarining ko`pchiligi biror shaklda qabul qildilar. Nihoyat, XVI11 asrda Britaniya mustamtaka imperiyasi vujudga keldi. XVIII asr oxirlarida Angliya juda ko`p mustamkalarga ega bo`lib, bu mustamlakalar ycr yuzining barcha qit`alariga yoyilib yotar edi. U o`zining mustamlakachilik sohasidagi eski raqiblari -Ispaniya, Portugaliya va Gollandiyani orqada qoldirib ketdi. Angliya agrar sohada ham yangi va eng xavfH raqibi Fransiyadan ko`ra tez rivojiandi. XVIII asr lendlordlari odatda xo`jalik ishlari bilan o`zlari shug`ullanmasdan, yerlarni yirik ijarachi fermerlarga uzoq muddat bilan ( ko`pincha 99 yilga) ijaraga berar edilar. Bunday yirik ishlab chiqarish korxonalari haqiqiy kapitalistik korxonalar edi. Fermer takomillashgan mehnat qurollarini va yerga ishlov berishning ilg`or usullarini qo`llab, juda ko`p yollanma qishloq xo`jalik ishchilarini ekspluatatsiya qildi, zotli mollarni boqib ko`paytirdi hamda hosildorlikni ancha oshirishga erishdi. Sanoatni zarur xom-ashyo bilan, sanoat shaharlari va posyolkalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab turgan fermerchilik kapitalistik xo`jaligi mamlakatda kapilalizmning umumiy rivojlanishiga mos kelar edi7. Agrar to`ntarishning ikkinchi oqibati, dehqonlarni ekspropriatsiya qilish natijasida bo`shab qolgan ishchi kuehlari biian o`sib kelayotgan kapitalistik sanoatning ta`minlanishi, bu ham sanoat uchun katta ahamiyatga ega edi. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning bir qismigina fermadan o`ziga ish topa olar edi. Yeridan ayrilgan dehqonlarning ko`pchilik qismi esa shaharlarga ketar va shu tariqa ishsizlar armiyasini bunyodga keltirar edi. Bu ishsizlar armiyasi esa manufaktura va fabrikaiarni doirniy ishchi kuchi bilan ta`minlar edi. Download 224 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling