Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


Chartistlar harakati va ularning talablari


Download 224 Kb.
bet7/10
Sana05.05.2023
Hajmi224 Kb.
#1427479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17 asr birinchi yarmida Angliya ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi

Chartistlar harakati va ularning talablari
1836-1838 yillarda Angliya iqlisodiyotida yana ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Mahsulotlarning bahosi va aktsiyalarning kursi tushib, mahsulol ishlab chiqarish qisqardi. Inqiroz to`qimachilik, kemasozlik, metallurgiya, metallni qayta ishlash va ko`mir sanoatiga jiddiy ta`sir qildi. Natijada inqiroz ingliz ishchilarining ish haqlari hajmini tushib ketishi va ommaviy ishsizliklarni keltirib chiqardi. Bu esa AngHyada ishchilarning siyosiy harakati bo`lgan chartistlar harakatini paydo qildi.
1836 yil "London ishchilarining assotsiatsiayasr` tashkil qilindi. Uni duradgor Uilyam Lovett boshqardi. Assotsiatsuya 21 yoshga etgan va mazkur hududda 6 oydan kam bo`lmagan muddatda yashayotgah barcha crkaklar uchun umumiy saylov huquqi joriy qilish, parlament deputatligiga nomzodlar uchun mulkiy senzni bckor qilish, saylov okruglari va ulardan korsatiladigan deputatlar sonini o`zaro tenglashtirish, har yili parlament saylovlarini o`tkazish, deputatlar mehnatini taqdirlash, yashirin ovoz berish kabi talablarni ilgari surmoqda edi.
Bu 6 ta talab ishchilar orasida juda mashhur edi.1 Chunki ishchilar umumsaylov huquqini qo`lga kiritib, o`ziarining mehnat va turmush sharoitini o`zgartirishga umid qilmoqda edilar. Ishchilarga umuniy saylov huquqi tub ijtimoiy o`zgarishlarni qonuniy tarzda amalga oshirish uchun kerak edi.
London ishchilari assotsiyatsiyasining talablarini amalga oshirish uchun 1937 yilda irlandiyalik advokat Fergyus O`Konnor boshchiligida Lids shahrida tashkil o`ilgan "Katta simoliy iltifoq" a`zolari faol qatnashdilar. Ishchilar bilan birga siyosiy tuzumni demokratlashtirish kurashida burjua liberallari (murosachilar) ham qatnashdilar. Birmingemda umuniy saylov huhuqi uchun liberal-bankir T.Atvud boshchiligidagi "Siyosiy ittifoq" kurash olib bordi12.
Harakat qatnashchilari o`ziarining talablaridan iborat iltimosnoma (talabnoma)ni parlamentga taqdim etishga qaror qildilar, U xalq xartiyasi (chailer-bitim) to`g`risidagi iltimosnoma deb, bu harakat esa "chartistlar harakati" deb ataldi. Chartistlar harakatini muvofiqlashliruvchi organ - Milliy konvent tuzildi. Uning rahbarligida 1839 yil chartistlar xalq xartiyasi to`g`risidagi birinchi miiliy iltimosnomani ishlab chiqdilar. U asosan, ishchilarning "London assotsiyatsiyasi" ilgari surgan mazkur 6 ta talabdan iborat bo`lib, iltimosnoma hukumatni ozchilikning manfaatiga xizmat qilayotganlikda aybladi.
1839 yilning iyunida 1 mln. 280 ming kishi imzolagan chatistlarning xalq xartiyasi haqidagi 1-iltimosnomasi tantanali ravishda parlamentga taqdim etildi. Butun mamlakatda xartiyani parlament tomonidan qabul qilinishini talab qiluvchi namoyishlar boshlanib ketdi. 1839 yil 12 iyulda parlament umum palatasi xalq xartiyasi to`g`risidagi talabnomani rad etdi. Milliy konvent 3 haftalik ish tashlash e`lon qildi. Hukumat qatag`on siyosatini, kuchaytirdi. Chartistlarning Milliy konventi tarqatilgach, asta-sekin chartistlar harakati ham so`naboshladi.
Xulosa
1839 yil boshida Londonda chartistlar s`ezdi - Milliy konvent chaqirildi. Unda xalq xarliyasining parlamentda qabul qilinishiga erishish uchun olib boriladigan kurash usullari muhokama qilindi. Konventda U.Lovett tarafdorlari kopchilik bo`lib, ular kurashning zo`rlik, ya`ni kuch ishlatish usullarini rad etib, tinch vositalar yoki "ruhiy kuch" bilan kurashish lozimiigini talab qildilar. Kurashning "ruhiy kuch" usuli tarafdorlari may da burjuaziya kayfiyatini aks ettirgan edi. T. Atvud boshchiligidagi burjua-liberalchilar ham ushbu kurash usulini yoqladilar. Yirik sanoal korxonalarining ishchilari esa, kurashning inqilobiy, zo`rlik, ya`ni, jismoniy kuch ishlatish usulini talab qildilar. Bu kurash tarafdorlarini Julian Garni boshqardi. O`Brayen ham ushbu oqimning mashhur vakillaridan bo`lib, u xalq ommasi qashshoqligining bosh sababi sifatida lenlordlarning katta-katta yer mulklariga ega ekanligi, deb bildi. U hallo yer mulklariga merosxo`rlik huquqini bekor qilib, erlarni davlal ixliyoriga o`tkazishni taklif qildi. Uning fikricha davlat bunday yerlarni ma1 turn to`lovlar evaziga ijarachilarga berishi shart bo`lib, ijarachilardan olinadigan summani davlat mehnat qobiliyatini yo`qotganlarga yordam, sanoatchilarga csa kredit-ssuda sifatida berishni ma`lum qiladi. O`Breyen mayda burjuaziya manfaatim himoya qilgan, chunki u zavod va fabrikalarni davlat ixtiyoriga o`tkazish haqida hech so`z demaydi. 40-yillardan boshlab O`Breyen chartist laming zo`rlik usullari bilan kurashishiga qarshi chiqadi.Jismoniy kuch ishlatish tarafdorlari dan bo`lgan O`Konnor, 1837 yildan "Shimol yulduzi" nomli gazeta nashr qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta chartistlarning bosh matbuol organiga aylandi.XIX asr 40-yillaming boshida chartistlar harakatining yangidan kotarilish davri boshlandi. 1840 yil iyulida chartistlarning "Milliy assotsiyatsiyasi" tashkil qilindi. U saylanuvchi ijroiya komitetiga va joylarda o`zining 400ga yaqin bo`limlariga cga cdi. Milliy assotsiyatsiyada "jismoniy kush" ishlatish tarafdorlari ko`pchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun isshchilaming London assotsiyatsiyasi va mayda burjua padikallari chartistlardan uzoqlasha boshladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling