Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh
Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari
Download 198 Kb.
|
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI
Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari.
XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. Mamlakatning sbimoli-sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik fermerchilik xo`jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g`arbida esa mayda fermerchilik, mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman olganda mamalakatning Shimoli va G`arbida kapitalistik munosabatlar tez o`sdi. Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko`rinishi plantatsiya quldorchilik xo`jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning yo`llaridagi turli xillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta`sir o`tkazdi. AQSHning G`arbidagi yangi yerlarni o`zlashtirilishi Yevropadan ko`p miqdorda ko`chkinchilar (emigrantlar) ommasining kelib o`rnashishiga qulay sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmand`lar va ishcbilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o`sayotgan mamlakat aholosi sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. kishidan, 9,6 mln. kishiga ko`paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga etdi. 1820-1850 yillar mobaynida AQSHga keigan" ko`chkinchi aholining soni 2.455 ming kishiga yetdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo`lgan ehtiyoj F.vropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hoi ma`lum bir miqdorda AQSHning shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o`tilishiga ham sabab bo`ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng foydalanilar edi. Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji nihoyatda bir murakkab jarayon bo`lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib ko`gan. AQSH tarixining XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo`lgan cng jirkanch xususiyatlaridan biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg`in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH ahoiisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan manrum qilingan edi. G`arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari bilan ko`pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga cgalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo kcyinchalik bu shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o`zlari esa qirilgan yoki G`arbga tomon siqib qo`yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan, ya`ni, birini ikkinchisiga qarshi qo`yish kabi hollardan ham foydalanganlar. 1812-1814 yillardagi Angliya bilan bo`lgan urushdan so`ng hindularni G`arbga siqib borish kuchaydi. Hindular majburiy ravishda "rezervatsiya" deb ataluvchi tabiati noqulay bo`lgan, maxsus ajratilgan rayonlarga ko`chirilgan. Hindularning qarshilik harakatlari maxsus ravishda qonli jazo otryadi yoki ekspeditsiyalari tomonidan bostirilgan. Masalan, Indianada hindularning krik qabilasi ko`targan qo`zg`olon bostirilib, qabila boshlig`i Tekumse o` Idiriladi. Amerikalik muslamlakachilar uning terisidan kamar yasatadilar. Hindularni asoratga solish jarayoni kopincha boshqa davlattarning hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH qo`shinlari hindularni ta`qib qilib. Ispaniyaga tegishli bo`lgan Sharqiy Floridaga bostirib kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko`pgina quldor plantatorlari Floridada yashaganlar. Ularning qo`llab-quwatlashi natijasida AQSH 1819 yilda Ispaniya hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. Buning uchun AQSIT Ispaniyaga 5 mln. dollar to`ladi. Bu bilan AQSTI o`zini mazkur hududni bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko`rsatdi. Sharqiy Floridada yashagan hindularning seminola qabilasining bir qisrai qirib tashlandi. XIX asrning 20-30 - yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib chiqarilgan. Ularning ko`p qismi qirib tashlangan. Jorjiyadan g`arb tomonda hindularning chirok qabilasining tinch aholosi istiqomat qilgan. Ular o`zlarining maktablari, aliaviti, tipografiya va hatto gazetalariga ega bo`lgan. Chirok qabilalari yashayotgah hududda oltin zahiralari kashf o`ilgach, ularninh mazkur hududdagi yerlarga cgalik huquqini kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u yerlar jamiyat mulki deb e`lon qilindi. AQSH qo`shini chiroklarni G`arbdagi rezervasiyalarga haydadi. Bunda 4 000 dan ziyod hindular halok bo`idi. 1835-1842 yillarda Floridadagi seminola qabilalari bilan AQSH qo`shini o`rtasida ikkinch urushi bo`lib o`tdi. Natijada hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. Yuqorida ta`kidlanganidek, AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari mavjud bo`lgan. Mamlakat Shimoli va G`arbida kapitalizm tez suratlar bilan o`sgan. XVTI asr oxirlaridan shimoli-sharqiy shtatlarda mexanik ip yigirish. paxta tozalash (chigitlash) dastgohlari paydo bo`lgan. 1814 yil Massachusetsda mexanik dastgohlardan keng foydalanilgan. 1815 yilda AQSHning engil sanoatida 130 mingdan ziyodroq mexanik urchuqlar bo`lgan bo`lsa, 1860 yilda ularning soni 5236000 ga etgan. Mexanik urchuglar bo`yicha AQSII dunyoda Angliyadan keyin ikkinchi o`rinda turgan. Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to`quvchilik sanoati tez o`sdi. 1837 yildan AQSH metallurgiyasida toshko`mir yonilg`isidan foydalanishga o`tila boshlagan. Buning natijasida tcmir ishlab chiqarish ko`rsatkichlari lez oshib bordi. Og`ir sanoatning cng rivojlangan rayonlaridan biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo`jalik mash in alar ining o`rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan foydalana boshlashgan. Sunday qishliq xo`jalik mashinalarining aksariyati Angliyadan keltirilgan. Tcxnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. Bug` dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan keng foydalana boshlangan. 30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida to`ntarish yuz berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug` kemasidan 20-yillarga kelib daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa Atlantika okeani orqali bug` kemalarining doimiy qatnovi yo`lga qo`yilgan. AQSHning dengiz savdosi floti yuk ko`tarish ko`rsatkichlari bo`yicha Angliyanikiga tenglashgan bo`lsada, u asosan elkanli kemalardan iboral edi. 1825 yilda Buyuk Ko` llarni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan birlashtirgan Eri deb nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir yo`llar qurilishi boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo`llarining uzunligi 9 ming milga etdi. Temiryo`llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G`arbiy hududlarini Janubiy shtatlar bilan birlashtirib G`arbni o`zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shimolda sanoat to`ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga bordi. Download 198 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling