Xvii asr oxiri – XIX asr boshlarida Eron va Avg’oniston davlatlari


Download 29.81 Kb.
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi29.81 Kb.
#216137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jahon tarixi uchqun

Eron inqilobi.Ichki ijtimoiy ziddiyatlar, tashqi iqtisodiy va siyosiy siquvlar Eronda 1905-yili inqilobiy harakat boshlanishiga sabab bo‘ldi. Aholi butun mamlakat sanoat tarmoqlariga xo‘jayinlik qiluvchi rus-ingliz sarmoyadorlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni talab qildi.
Mamlakatda umumiy ish tashlash yuz berdi. Shoh hukumati ish tashlovchilardan shafqatsiz o‘ch olishga kirishdi. Bunga javoban xalq harakati boshlanib ketdi. Unda kurashning best usuli qo‘llandi. Bestda o‘tirgan odamga jazo chorasi qo‘llash mumkin emas edi. Namoyishchilar „adolatxona“ tashkil etish, shafqatsiz amaldorlarni haydash talabi bilan chiqdilar.Shoh xalq harakatiga qarshi qo‘shindan foydalanmoqchi bo‘ldi.
Biroq, qo‘shin xalqqa o‘q uzishdan bosh tortdi. Natijada, 1906-yilning 5-avgustida shoh konstitutsiya qabul qilish haqida farmon chiqarishga majbur bo‘ldi. Lekin, farmon ijrosiz qolgach, xalq yana qo‘zg‘aldi.Buning oqibatida Tabrizda Eron tarixida birinchi parlament — Majlis tuzildi. Majlis Eron sotsial-demokratlari ta’siri ostida edi. 9-sentabrda shoh xalq tazyiqi bilan Majlisga saylovlar o‘tkazish haqida farmon chiqardi. Kojarlar (ya’ni shoh urug‘iga mansublar), ruhoniylar, savdogarlar, zamindorlar va dehqonlar, hunarmandlar—jami 6 ijtimoiy qatlam saylov huquqiga ega bo‘ldilar. 1906-yilda Majlisga saylov o‘tkazildi. Shoh Muzaffariddin
konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi. Unga binoan, shohga barcha qonunlarni tasdiqlash, budjet qabul qilish, uning ijrosini nazorat qilish huquqi berildi. Chet elliklar bilan tuziladigan iqtisodiy bitimlarga Majlisning roziligi olinishi belgilab qo‘yildi. 1907-yilda shoh Muzaffariddin vafot etgach, taxtga mustabid tuzum tarafdori, yangilikka qarshi Muhammad Alishoh o‘tirdi.U inqilobiy o‘zgarishlarga qarshi kurashni rejalashtirdi. Yangi shoh Majlisga qat’iy qarshi edi. Lekin, inqilobiy harakat ko‘lami uni Eronda konstitutsiyaviy tartibni saqlab turishga majbur etdi. Shu bilan 1905—1907-yillardagi Eron inqilobining birinchi bosqichi tugadi.


Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling