Xvii asr oxiri – XIX asr boshlarida Eron va Avg’oniston davlatlari


Buyuk davlatlarning Eronda siyosati


Download 29.81 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi29.81 Kb.
#216137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jahon tarixi uchqun

Buyuk davlatlarning Eronda siyosati.Tabriz qo‘zg‘oloni bostirilgani bilan shohga qarshi harakatlar to‘xtamadi. 1909-yilda Tehronda Muhammad Alishoh taxtdan tushirildi. O‘rniga o‘g‘li Ahmad shoh deb e’lon qilindi. Konstitutsiya tiklandi. Hukumat mamlakat iqtisodini o‘nglash maqsadida
chet eldan, chunonchi, Buyuk Britaniyadan 1 million 250 ming funt sterling qarz oldi. Ichki aksilinqilobchi kuchlar Rossiya va Buyuk Britaniya yordamida inqilobchilarga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rdilar. Nihoyat, Rossiya qo‘shini 1911-yilda aksilinqilobiy davlat to‘ntarishi o‘tkazilishida qatnashdi. Shu tariqa Eron inqilobi bostirildi.
Erondagi 1905—1911-yillar inqilobi katta ijtimoiy hodisa—feodal-monarxiya tuzumidan konstitutsiyaviy monarxiyaga o‘tish bosqichi bo‘ldi.
Birinchi jahon urushi arafasida Eronning xorijga tobeligi yanada kuchaydi. 1912-yilda 1907-yilgi Rossiya-Buyuk Britaniyaning ta’sir
doiralari haqidagi bitimini tan olishga majbur etildi. Rossiyadan 14 million rubl qarz olindi va Eron iqtisodiy, siyosiy jihatdan buyuk davlatlarga qaram bo‘lib qoldi.


Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling