Xvii. Gidromeliorativ tizimlarni tashkil etuvchi elementlari va suvdan foydalanish rejalarini tuzish
Suv sarfini o’lchash, taqsimlash va oqimini xisobga olish vosita-
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
jyUbZdy3H7qkB4BjkjvXG3v4tcGT6gNkmtcVxBh6 (4)
17.2. Suv sarfini o’lchash, taqsimlash va oqimini xisobga olish vosita- jixozlarini o’rnatish qoidalari Sug’orish tizimlarida suvni hisobga olish ishlarini gidrometrik xizmat guruxi amalga oshiradi va uning tarkibiga tizimni texnik holatiga karab gidrometrlar, kuzatuvchilar va boshqaruvchilar kirishi mumkin. Agarda tizimda suv o’lchash va suvni boshqarish avtomatlashtirilsa gidrometrik xizmat guruxini tarkibi keskin o’zgaradi. Bu xizmat guruxining asosiy vazifasi gidropostlarda tizimdagi suv sarf qiymatini o’lchash, gidropostlar holatini nazorat qilish, ma’lumotlar to’plash va ularni qayta ishlash, hisobotlar to’zish, inshoot va kanallarda urnatilgan postlarda tarirovka ishlarini bajarish hisoblanadi. Barcha gidrometrik kuzatuv ishlari va o’lchov natijalari mahsus shakldagi hujjatlarda kayd etib boriladi. Bu hujjatlar turkumiga dala jurnali, muvozanat jadvali, sug’orish tarmoqlarini foydali ish koeffitsiyent kaydnomasi, suv manbasini kuzatish bo’yicha jadval va x.k. kiradi. Sug’orish tizimida quyidagi gidrometrik postlar o’rnatiladi: . -tayanch gidrometrik postlar: bunday gidrometrik postlar suv manbaidagi suvni hisobga olish maqsadida tizimga suv olish nuktasidan yukorida, manbada boshqa davlat gidrometrik post yuk bo’lgan holatlarda urnatiladi; bosh gidrometrik post: bu post tizimga manbadan olinadigan suvni hisobga olish maqsadida tizimni kulok boshida (suv inshootida yoki kanalni bosh qismida) urnatiladi; - doimiy ishlovchi gidrometrik postlar: bu postlar tizimdagi xar bir suv tugunida, hamda suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarni kulok boshlarida, taqsimlangan suvni hisobga olish uchun urnatiladi; -tashlama gidrometrik postlar: ular tizimga olingan ammo foydalanilmay tashlab yuborilgan suvni hisobga olish maqsadida tizimni tashlama qismlarida urnatiladi; -muvozanat gidrometrik postlar: bu postlar muvozanat maydonlarini chegaralarida sug’orish, tashlama va zax kochirish tarmoqlarida urnatilgan bo’lib, asosan suv muvozanatini aniqlashda va sug’orish tizimlaridan haqikiy isrof suv miqdorini aniqlashda kullaniladi; -mahsus gidrometrik postlar: bu postlar ilmiy tekshirish va qidiruv tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Suv manbaiga o’rnatilgan post suv satxini ko’rsatuvchi reykalar bilan jixozlangan gidrometrik stvor ko’rinishida bo’lib ushbu tayanch gidrometrik post bilan bosh gidrometrik post o’rtasida ularda bir vaktda o’lchov ishlarini bajarish orqali bog’liqlik o’rnatiladi. Muvozanat gidrometrik postlar suv satxini ko’rsatuvchi reyka va mahsus ko’prik bilan jixozlanadi. Bu yerda suv satx qiymatini bilgan holda tarirovka grafigidan suv sarf qiymati aniqlanadi. Mabodo, suv o’lchash inshootlari mavjud bo’lsa gidrometrik stvorga xojat kolmaydi. Doimiy ishlovchi gidrometrik postlar aksariyat hollarda boshqaruvchi suv ulchagich (regulyator vodomer) lar ko’rinishida bo’lib ular avtomatik ravishda suvni taqsimlaydi. Bu suv tugunini yukori va pastki b’eflari suv satxini ko’rsatuvchi reykalar bilan jixozlangan bo’ladi. Bunda suv sarf qiymati bosim va inshootni suv chiqarish yuzasini ochilish qiymatiga ko’ra aniqlanadi. Suvdan foydalanuvchiga beriladigan suv miqdorini unga boradigan kanalni uzgarmas kundalang kesim yuzasidan foydalangan holda aniqlash mumkin. Bunda suvning chuqurligi reykalar yordamida aniqlanadi. Tabiiyki bunday kundalang kesim oldindan tarirovka qilingan bo’ladi. Suv miqdori qiymatini aniqrok belgilash uchun mahsus suv o’lchash kurulmalari urnatiladi. Gidromeliorativ tizimlarda quyidagi suvni hisobga olish usullari kullaniladi: o’zanli, gidravlik, aralash va belgi usullari. O’zanli usul: suv okim o’zanini ko’ndalang kesim yuzasi va oqim tezligiga asosan suv sarfi va hajmini aniqlashga asoslangandir. Agarda kuyilgan talablar to’lik bajarilsa, ya’ni o’zgarmas o’zan va kerakli jixozlar mavjud bo’lsa, bu usul oddiydir Ammo o’zan yuvilsa, yoki uni loyka bossa uzgaruvchan satx ta’sirida bo’lsa aniqlik 10 %gacha fark qiladi. Bunda asosiy uslub nazorat gidrostvorda Q=f(H), bog’liqlikdan foydalanishdir. Bu usulda o’zanni to’g’ri chizikli qismi (uning uzunligining kamida o’zan suv satxi enidan 5 marotaba uzun bo’lishi shart) tanlanadi. Suv sarf o’lchovi mahsus kuprik yordamida amalga oshiriladi. Kuzatuv ishlariqanalda suv satxi mukumlashganda boshlanadi. Suvni chuqurligi santimetrli bulakchalar bilan belgilangan reyka yordamida aniqlanadi. Reyka inshoot devoriga, yoki mahsus kozikka biriktiriladi. O’zan quyidagi tartibda tarirovka qilinadi. Belgilangan kundalang kesimda suv tezligini o’lchash tik kesimlarini urni belgilanadi. Agarda o’zan eni 5 m dan kam bo’lsa 3-4 tik kesim, o’zan eni 6-20 m bo’lsa 5-6 tik kesim, o’zan eni 20 m dan katta bo’lsa 7-8 tik kesim belgilanadi. Kanalda suv chuqurlik qiymatiga karab suv tezligini o’lchash 1-3 nuktada belgilanadi 3 nuktalida suv tezligi suv satxidan 0,2N: 0,6N: 0,8 chuqurlikda, 2 nuktalikda 0,2N va 0,8N chuqurlikda, 1 nuktalikda 0,6N chuqurlikda ulchanadi. Urtacha tezlik: 3 nuktali o’lchovda Vur=(V + 2V +V ) / 4:, 2 nuktali o’lchovda Vur= (V + V ) /2, 1 nuktali o’lchovda Vur= V ko’rinishda aniqlanadi. Tik kesimlarni joylashgan o’rniga karab ular elementlar yuzalariga (uch burchak, turt burchak, trapetsiya) ajratilib xar bir yuza bo’yicha suv sarf qiymati aniqlanadi. Ularni yig’indisi ko’ndalang kesim yuzani suv sarfini beradi. Suvni o’zandagi bir tekis xarakati uchun har qanday ko’ndalang kesimdagi suv sarfi Q=V 𝜔 m/s formula orqali aniqlanilishi sizga ma’lum. Kanal o’zanini turli satx qiymatlari uchun suv sarf qiymatlari aniqlanilgach tarirovka grafigi tuziladi. Mavsum davomida bu grafoydali ish koeffitsiyent bir ikki marotaba suv o’lchash orqali nazorat qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Gidravlik usulda suvni cheklangan ko’ndalang kesim yuzasidan, yoki inshoot ostonasidan oqib chiqishdagi gidravlik qonuniyatlariga asoslangan holda inshootning o’zgarmas va aniq qiymatlari (ostona uzunligi, suv chiqish yuzasining o’lchamlari) hamda o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (ta’sir qiluvchi bosim, b’eflardagi satxlar farqi va x.o.) yordamida kanalning suv sarfi, yoki suv hajmi aniqlanadi. Bu ish suv o’lchash inshootlari, qurilmalari yoki tarirovk qilingan gidrotexnik inshootlar yordamida bajariladi. Bizga ma’lumki, barcha gidrotexnik inshootlar boshqarilmaydigan (sharshara, tezokar va x.o. ya’ni xarakatdagi suv tuskichi yuk va boshqariladigan (suv tusish inshootlari, suv chiqarish inshootlari va x.o.) ya’ni suv satxi va sarfini boshqaruvchi xarakatdagi tuskich (shit) bilan jixozlangan inshootlarga farklanadi. Boshqarilmaydigan inshootlarni tarirovka (darajalash) qilish ancha oson, chunki bu holda bu inshootlar ustidan utadigan suv sarfi ostona ustidagi suv bosimi qiymatiga bog’liqdir: Q= 𝜇v 2 / 3 2gН Bu yerda: 𝜇 - suv sarfi koeffitsiyenti v- ostona eni, m: N-ostona ustidagi bosim: 𝜇 -qiymati aniq bo’lganda ushbu formula Q=qH 3/2 ko’rinishda ifodalanadi, bunda Q= 𝜇v g 2 , bu yerda: Q –ushbu inshoot uchun doimiy ko’rsatkich hisoblanadi. Tarirovka qilishda o’zanli usul kullaniladi. Boshqariladigan inshootlarni tarirovka qilish ancha murakkab, chunki bunda suv sarfini qiymati ikki va undan ortik uzgaruvchiga bog’liq bo’ladi. Masalan: erkin suv okib utishda suv sarf qiymati Q= uav , 2gH tiralgan suv okib utishda suv sarf qiymati Q= uav gZ 2 bu formulalardan ko’rinib turibdiki suv sarf qiymati turli suv bosim qiymatida (N), yoki b’eflar suv satxi farkida (Z) va to’siq eni (v) doimiy bo’lishi bilan birga to’siqni (shitni) ochilish (a) qiymatiga bog’liq ravishda aniqlaniladi. Bunday inshootlarni tarirovka qilishda biratulasiga uch (Q, Ha)yoki turt ( Q , Hyu,Nk,a) uzgaruvchan ko’rsatkichlarni qiymatlarini o’lchashga to’g’ri keladi. Ayniksa kup suv chiqarish o’rinlari (mnogoproletnыy) bor inshootlarda ularni tarirovka qilish juda mushkildir. SHuning uchun xam xar bir holatda inshootlarni tarirovka qilish ishlarini, ularni xususiyatlaridan kelib chikkan holda amalga oshiriladi. Aralashtirish va belgi usuli inshootga suv kirish nuktasida kiska vaktda yoki muntazam ravishda turli xil tuzlar, eritmalar, radioaktiv elementlar, buyoklar, yorituvchi yoki boshqa qo’shimchalar berilib, ularni inshootning suv chiqish nuktasidan ularni chiqishi hisobga olinishiga asoslangandir. Bu usullar sug’orish tarmoqlaridan foydalanish amaliyotida asosan kullanilmaydi. Yukorida zikr etilgan suvni hisobga olish usullari alohida, yoki bir- biri bilan kushilgan holda kullanishi mumkin. Ularni tanlash suvni hisobga olish maqsadi, suvni o’lchash ko’rinishi, suv sarf qiymati, gidravlik imkoniyatlar, suv o’lchashdagi aniqlik va tezlik kabi omillarga bog’liq. Suvni hisobga olish usullarini, gidromeliorativ tizimni ma’lum bir texnologik qismi uchun, tanlash bo’yicha tavsiyalar (2) da batafsil berilgan. Gidromeliorativ tizimdagi xar kanday suv o’lchash kuroli (suv o’lchash inshooti, asbobi, qurilmasi) juda murakkab sharoitda (ochik xavoda, yukori namlik va chang sharoitda, suv va xavo xaroratini keskin o’zgarishida, aksariyat hollarda elektr ta’minoti bulmagan joyda va x.o.) ishlaydi. Ular quyidagi asosiy ekspluatatsion qurilish va texniko-iqtisodiy talablarga javob berishlari kerak. 1.O’lchovlarni talab qilingan aniqligini ta’minlashlari solishtirma xatolik +5 % dan oshmasligi kerak. 2.Nazorat qilinadigan ko’rsatkichlarni o’lchov qiymatlarini ularni turli o’zgarishlarida xam ulchay olishi, kichik bosim va b’eflarni suv satx qiymatlarini kichik ulchamlarida xam ishlashi. SHu bilan birga tizimdagi normal ish faoliyati buzilmasligi loyka va kalkuvchisimon jismlarni o’zidan o’tkaza olishlari kerak. 3.Kiyin ekspluatatsion sharoitlarda xam buzilmasdan ishlashi. 4.Avtomatlashtirilgan tizimlarda suv hisobini avtomatik ravishda hisobga olishni ta’minlashi. 5.Sodda va kulay bo’lishi, ishonchli ishlashi, tashki aks ta’sirlardan ximoyalangan bo’lishi kerak. 6.Ularni gidrotexnik inshootlarda va gidrotexnik stvorlarda joylashishi kelajakda tizimni avtomatlashtirish jarayoniga to’siqlik qilmasligi kerak. 7. Gidromeliorativ tizimni ekspluatatsion, nasos stantsiyasi konstruktiv qurilish va texnik iqtisodiy talablariga iloji boricha to’likrok javob berishi kerak. Meliorativ tizimlarda xozirgi kunga kelib kuplab suv o’lchov kurollari tavsiya etilgan va kullanilmokda. Ular suvni o’lchash uslubi bo’yicha quyidagi asosiy guruxlarga manasos stantsiyasi ubdir: - suv o’lchash regulyatorlari – o’z tarkibida suv o’lchash qurilmasi bo’lgan boshqariluvchi gidrotexnik inshootlar:, - tranzit suv sarfini hisobga oluvchi suv o’lchash inshootlari va qurilmalari (vodoslivlar, darajalangan novlar,ostonalar uchlik urnatma (nasadka)lar va x.o.):, - tarirovka qilingan inshootlar:, o’lchov va nazorat asbob va qurilmalari. Barcha suv o’lchov qurilmalari suv o’lchash aniqligi bo’yicha sinflanadi. Gidromeliorativ tizimlarda ularni ish xususiyatidan kelib chikkan holda suv o’lchov kurollari quyidagicha taqsimot qilinishi tavsiya etiladi: -suv o’lchash regulyatorlari yangi va rekonasos stantsiyasi truktsiya qilingan meliorativ ob’ektlarda, suv taqsimot tugunlarida: -doimiy suv sarfiga muljallangan suv o’lchov avtomatlari, xo’jalik ichki tarmogida, -suvni tinimsiz ulchaydigan seriyali suv o’lchov jixozlari bosimli nasos kuvurlarida, yopik sug’orish tizimlarida, tik zovurlarda qullash tavsiya etiladi. Bir sug’orish tizimida uni avtomatlashtirish va telemexanika bilan jixozlash maqsadida bir xil tipdagi suv o’lchash kurollarini qullash tavsiya etiladi. Boshqariluvchi gidrotexnik inshootlardagi suv o’lchash regulyatorlari (SUR) suv inshootini suvni o’lchash maqsadida tarirovka qilish imkoni bulmagan takdirda larga urnatiladi. Ular inshootni konasos stantsiyasi truktiv imkoniyatidan kelib chikkan holda uning suv kirish yoki suv chiqish qismiga urnatiladi. Bu regulyatorlarda suvni hisobga olish inshootni suv kirish yoki suv chiqish qismida u yoki bu mahsus qurilma (uchlik, diafragma va x.o.) yordamida xosil qilingan gidravlik qarshiilikka asoslangan. Bunday suv o’lchash qurilmasidan utgan suv sarf miqdori quyidagi formulasidan aniqlanadi. Q= uw gz 2 ,m Bu yerda u- cuv o’lchash qurilmasining suv sarf koeffitsiyenti:, w - qurilmaning ko’ndalang kesim o’lchami, m 2 z- qarshilikdan xosil bo’lgan suv satxlari farqi, m Bu inshootlarda u w Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling