Xvii XIX asrlarda madaniyat va san'at XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati. XVII-XVIII asrlarda italiya san’ati


Download 254.5 Kb.
bet3/12
Sana10.11.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1762736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
xvii xix asrlarda madaniyat va san\'at

Pyetro da Kartona (1596-1669) о‘z davrining mashhur rassom va me’morlaridan biridir. Uning ijodida Italiyada rangtasivriga xos borokko namoyon bо‘lgan. Uning Rimdagi palatssiosi shipiga ishlangan rasmlari nihoyatda ta’sirchan va serbezakdir. Rassom о‘z asarlarida perspektivaning illyuzion imkoniyatlari va fazoviy kenglik, nur-soyaning kuchidan unumli foydalanadi. Shu jihatdan, u keyinchalik Yevropa mahobatli-dekorativ rangtasviriga sezilarli ta’sir о‘tkazadi.
Shuni aytish kerakki, borokko asarlari tashqi tomonidan qanchalik ta’sirchan, dinamik bо‘lmasin, ularda ta’sirlangan obrazlardagi ichki tug‘yon sust ekanini qayd etmay bо‘lmaydi.
Bolonye akademizmi. Italiyada tashkil etilgan badiiy maktablardan biri Bolonye akademiyasi yо‘nalish tamoyillarini zida namoyon etadi. Bu maktabning asoschilari aka-uka Karrachilar (Lodoviko, Agostino, Annibale) bо‘lib, ular shu yangi yо‘nalish asoslarini ishlab chiqdilar. Ular XVI asr mumtoz san’atini va, ayni chog‘da, naturani о‘rganish zarurligini uqtirdilar. Ularning fikricha, natura (borliq) gо‘zallik qonunlari asosida kо‘rib chiqilishi lozim edi. Ideal va gо‘zallik qonunlarini esa, ular yuqori Uyg‘onish davri san’atida kо‘rdilar. Ular, aniqrog‘i, Lodoviko de-Karrachi 1585 yili Bolonyeda “Akademiya Inkamminata”, ya’ni tо‘g‘ri yо‘lga qadam qо‘yayotgan Akademiya, deb nomlangan о‘quv dargohini tashkil etdi. Lyudoviko tо‘g‘ri о‘qitish va tarbiyalash orqali rasm chizishga qobilyati bо‘lmagan qо‘uvchini ham yaxshi rasm chizadigan mutaxassis qilib tarbiyalash mumkin, deb targ‘ib qildi va о‘zi shunga amal qildi. Bu о‘quv yurti keyinchalik Italiyada va boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan badiiy akademiyalarning ham ibtidosi bо‘ldi. Akademiyada amaliy mashg‘ulotlar bilan birga, nazariy fanlar yagona pedagogik tizim asosida olib borilar edi. О‘quvchilar perspektiva, anatomiya, tarix, mifologiyani о‘rganib, antik davr haykallaridan qalam va rangda nusxa olardilar. Bular sо‘zsiz, rassomlarning ixtisoslik mahoratini о‘sishiga, realistik san’at taraqqiyotiga muhim xissa qо‘shdi. Biroq ular merosga nisbatan idealistik munosabatda bо‘ldilar. О‘tmish madaniyati va san’ati erishgan yutuqlarni yetib bо‘lmas namuna, deb bildilar. Bu esa о‘tmishga taqlid qilish, ulardan nusxa kо‘chirish yetakchi bо‘lib qolishiga, realistik san’atning esa ikkinchi darajali bо‘lib qolishiga sabab bо‘ldi. Aka-uka Karrachilar mahobatli-dekorativ va dastgoh rangtasvirda samarali mehnat qildilar. Saroy va cherkovlarga diniy va mifologik mavzuda kompozitsiyalar ishladilar. Karrachilar orasida, ayniqsa, Annibale Karrachi (1560-1604) о‘z iste’dodi bilan ajralib turgan. U novator san’atkor sifatida san’at tarixida iz qoldirgan. Uning ijodi Yevropa san’ati tarixida о‘ziga xos о‘rin tutadi. Annibale Karrachining manzara janridagi ijodi ham salmoqli. Mumtoz manzara san’ati uning nomi bilan chambarchas bog‘liq. U bu san’atning asoschilaridan biri sanaladi. Aka-uka Karrachilar ijodi, ularning izlanishlari yosh ijodkorlarni о‘ziga ergashtirdi. Ular oraisda Gvido (1575-1642) ijodi alohida ajralib turadi. Karrachi asarlaridagi mumtoz manzaralarga xos hayotiylik va bevositalilik uning ijodidi tashqi ta’sir va obrazlarning shartliligi bilan uyg‘unlashadi. Shuni aytish kerakki, Italiyada XVII asrda rasmiy uslub qanchalik yetakchilik qilmasin, kо‘pgina rassomlar hayotiy, realistik asarlar yaratishga harakat qildilar. Ularning bu intilishlari keyinchalik Yevropa realistik san’ati, jumladan, rangtasvirning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Bunda, shubhasiz, Mikelanjelo Merizi da Karavajo (1573-1610) ijodi alohida о‘rin tutadi. “Karavajizm” deb nomlangan badiiy yо‘nalishga asos solgan bu san’atkor qisqa umr kо‘rganiga qaramay, yangi davr, realistik san’ati yetakchi tamoyillarini rivojlantirib, Yevropa realistik san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir о‘tkazadi. Italiya va boshqa mamlakatlarning kо‘pgina san’atkorlari ham uning izidan ergashdilar va “karavajistlar” degan nom oldilar. Barcha davrlar rassomlari ijodiga Karavajo asarlari samarali ta’sir kо‘rsatdi. Karavajizm Yevropa realistik san’ati taraqqiyotida muhim bosqich bо‘ldi. Lombardiyaning kichik karavajo shaharchasida me’mor oilasida dunyoga kelgan bu san’atkor, tasviriy san’at asoslarini dastlab Milanda о‘rgandi. U Shimoliy Italiya rassomlari ijodidan ta’sirlandi. Taxminan 1590 yillarda Rimga kо‘chib keldi. Bu yerda rassomlarga yordamchi bо‘lib, ishlab kun kо‘rdi. Sо‘ng о‘z asarlarini sotishga ham muvaffaq bо‘lib, yirik asarlar ishlay boshladi. U о‘z ijodida xalq hayotiga murojaat qildi, yoshlar, masharaboz va lо‘lilar hayotidan kompozitsiyalar yaratdi. Yevropa san’atida birinchi bо‘lib natyurmort (“Mevali savat”, 1596) janrida mustaqil asar yaratdi. Karavajoning dastlabki yirik asarlaridan biri “Lyutna chaluvchi” (1595) bо‘lib, u rassom ijodining о‘ziga xos jihatlarini, uning rangtasvir san’atidagi islohotlarini namoyon etadi. Bu islohotning mohiyati, avvalo, rassomning real borliqni haqiqiy san’at manbai deb bilish bilan bog‘liqdir. Lekin musavvir borliqni aynan kо‘chirmaydi, balki eng muhim harakterli tomonlarini bо‘rttirish, kuchaytirish hisobiga xodisalarni ta’sirli san’at shakli darajasiga kо‘taradi. Musavvirning har bir buyum xususiyati va fakturasini ishonarli tasvirlashi esa asarning ta’sirchanligini oshirib, uning mazmunini chuqurlashtiradi. Obrazdagi ruhiy xolat, chiziqlar plastikasining gо‘zalligi, nur-soya о‘yinining birmuncha keskinligi asarni oddiy hayotdan kо‘chirma emasligini bildirib turadi. Rassom о‘z asarlarida nur-soya qarama-qarshiligiga ham e’tibor beradi. Asosiy obrazlarni yorug‘lantirish hisobiga birinchi planga chiqarish, orqka planning kо‘pincha tо‘q-qoramtir gammada hal etilishi kompozitsiyaga о‘ziga xos fazoviy kenglik beradi. Rassomning bu uslubi, keyinchalik Yevropa san’atida "yertо‘la rangtasviri" deb nomlangan rangtasvirning rivojlanishiga zamin yaratdi. Rassom natyurmort va hayotiy-maishiy mavzularida qо‘llagan usullarini diniy mavzudagi kompozitsiyalar ishlashda ham qaytaradi. "Matveyning kasbi", "Apostol Matveyni azoblash", "Tobutga solish" kabi asarlarida ham shu xolni kо‘rish mumkin. Rassom diniy voqealarni hayotiy voqea va xodisalarga, avliyolarni oddiy kishilarga о‘xshatib kо‘rsatishga intiladi. Bu buyurtmachilar bilan kelishmovchilik kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Hatto, uni javobgarlikka tortishdi. "Apostol Matvey ixtirosi" (1559-1585), "Tobutga solish" (1601-1603) kabi yirik asarlari hayotiy voqea tasvirlanganday taasurot uyg‘otadi. Nur-soya qarama -qarshiligi esa asardagi voqeani yanada bо‘rttirib, fojiali, dramatik kо‘rinish beradi. Odamlarning xatti-harakati, ruxiy holatlari kompozitsiyaning yanada hayoti va tо‘laqonli bо‘lishini ta’minlaydi.
XVII asr davomida Italiya G‘arbiy Yevropada yetakchi badiiy markaz bо‘lib keldi. Bu yerda paydo bо‘lgan kо‘pgina yangi jarayonlar boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Karavajo va Balonye akademizmi, barokko uslubi kо‘pgina ilg‘or ijodkorlarga samarali ta’sir qildi. Italiya rassomligida barokko uslubi Domeniko Fetti va Salvator Roza ijodida seziladi. Fettining yorqin rangdor asarlari, Rozaning mungli romantik asarlari shu oqimning sо‘nggi , kо‘rinishlarini namoyon etadi.
XVII asr sо‘nggi choragidan boshlab, Italiya barokkosida dekorativlilik kuchaya bordi. Murakkab rakurslar va harakatlar sun’iy kо‘tarinkilik bilan yaratilgan asarlardan о‘z ustunligini kо‘rsata boshladi. Hayotiy-realistik jarayonlar ayrim rassomlar ijodida namoyon bо‘ldi. Jumladan, Aleksandr Manyaskoning romantik rux bilan sug‘orilgan manzaralari, Juzeppe Korespining monumental va dastgoh rangtasvirlari buning yorqin misolidir.
XVIII asrga kelib, Italiya tashqi xurujlar ta’sirida zaiflashdi. Iqtisodiy jihatdan qashshoqlashib, uning kо‘pgina shaharlari chet el bosqinchilari qо‘liga о‘tdi. Faqat Papa oblasti hamda Venetsiya respublikasi о‘z siyosiy mustqilligini saqlab qola oldi. Rim va Venetsiyadagi badiiy hayot esa barokko uslubida ishlangan hashamatli me’morlik bino va majmualarida (M: Ispaniya zinasi, 1721), tantanavor serjilo xristian bazilikalarida, ajoyib favvoralarida, xis-hayajonga tо‘la devoriy va dastgoh suratlarida о‘z ifodasini topdi. San’atkorlar Uyg‘onish davri san’ati hamda barokko ustalarining ilg‘or an’analarini davom ettirib, Italiya san’atining shuhratini oshirdilar. Bunda Venetsiya rassomlik maktabining roli, ayniqsa, katta bо‘ldi. Bu maktab rassom-lari о‘z ijodlari bilan Yevropa san’ati taraqqiyotida ham muhim rol о‘ynadilar.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling