Xvii XIX asrlarda madaniyat va san'at XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati. XVII-XVIII asrlarda italiya san’ati
Download 254.5 Kb.
|
xvii xix asrlarda madaniyat va san\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jorj de Latur
- Nikola Pussen
Jak Kallo (1592-1635). XVII asr fransuz realistik san’atining birinchi yirik vakili, grafik va qalam suratlar ustasi, ofortchi Kallo edi. U Fransiyaning Nansi viloyatida tug‘ilgan, tasviriy san’at asarlarini boshqa kо‘pgina fransuz san’atkorlari singari Italiyada о‘rgangan. U dastlab Rimda yashagan. Sо‘ngra Florensiyada Toskan Gersogi saroyida rassom bо‘lib ishlagan. Uning asarlari mavzusi keng va rang-barang. Diniy mavzuda yaratgan asarlari salmoqli о‘rinni egallaydi. Lekin florensiyaliklar hayotiga bag‘ishlangan asarlari uning ijodining muhim jihatini belgilaydi. Florensiyada Kallo "Kaprichchi" (1617) deb nomdangan dastlabki grafik asarlari turkumini yaratgan. Bu turkumda u florensiyaliklar turmushiga bag‘ishlangan rang-barang hayotiy lavhalarni tasvirlagan. Rassom о‘z obrazlarining esda qoladigan va ifodali bо‘lishiga harakat qilgan. "Tilamchilar", "Bukrlar" deb nomlangan asarlar turkumi hamda italyan komediyalari personajlarini aks ettiruvchi asarlari uning ijodining ilk namunasi sanaladi.Ular о‘zining hayotiyligi, detallarining jonliligi bilan ajralib turadi. ("Florensiyadagi yarmarka").Kallo Italiyada 13 yil (1608-1621) yashab, ijodiy kamolga erishgach, о‘z yurtiga qaytadi. Xalq hayotini aks ettiruvchi jiddiy va chuqur mazmunli asarlar yaratadi. Oddiy kishilarning og‘ir turmushini о‘z asarlarida achinish bilan ifodalaydi. Kallo ijodining sо‘nggi davrida yaratilgan asarlar ichida "Urushning katta va kichik talofotlari" (1630) asarlari turkumi ajralib turadi. Bu asarlarida rassom urush fojiasini va keltirgan talofotlarni yuksak mahorat bilan tasvirlaydi. Bu bilan u о‘zining real voqelikka tanqidiy munosabatlarini namoyon qiladi. Urush, xalqda jabr-zulm ekanligini, harbiylarning talonchiligi va vahshiyligini qoralaydi (masalan, "Fermaga hujum"). Kallo ijodining sо‘ngi davrida manzara janriga murojaat qiladi. U о‘z manzaralarida havoga va nurga tо‘lgan bepoyon kengliklarni ustalik bilan tasvirlaydi. Havo perspektivasi imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Kalloning realistik manzaralari keyinchalik fransuz realistik manzara rassomligi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Kо‘pgina fransuz san’atkorlari italyan rassomlari, jumladan Karavajo va uning davomchilari ijodiga hurmat bilan qarab, ularning ishlash uslublarini о‘z ijodlariga tadbiq etdilar.Ular xoh diniy, xoh hayotiy mavzuda bо‘lmasin, halq obrazini tо‘laqonli realistik yaratishga, hayot xodisalarini aniq tasvirlashga harakat qildilar.
Bunday rassomlar orasida Jorj de Latur (1595-1652) ijodi alohida ajralib turadi.U diniy va hayotiy mavzuda kо‘pgina asarlar yaratdi. Tungi oy nuri yoki sun’iy yorug‘lashtirishni gavdalantirib, suratlar ishladi. U ishlagan har bir surati tо‘laqonli , hajmli, salmoqli bо‘lib chiqishiga harakat qilgan va buning uchun nur imkoniyatlaridan juda о‘rinli foydalangan. XVII asr fransuz realistik san’atida aka-uka Lenenlar ijodi о‘ziga xos о‘rin tutadi. Uch aka- uka Lenenlar (Antuan 1588-1648, Lui 1595-1648, Mate 1607-1677) hamkorlikda turli syujetlarda rasmlar ishladilar. Maishiy janr esa ular ijodida yetakchi о‘rinni egalladi. Lui Lenen fransuz san’atida dexqonlar hayotiga bag‘ishlangan janrni boshlab bergan rassom hisoblanadi. Uning asarlari о‘zining hayotiyligi, kompozitsiyasining soddaligi bilan ajralib turadi. XVII asr о‘rtalari va ikkinchi yarmidan boshlab fransuz san’atida klassitsizm asosiy yо‘nalishlaridan biriga aylandi. Nikola Pussen (1594-1665) klassitsizmning yirik vakili sifatida uning butun imkoniyatlarini rо‘y-rost namoyon qildi. N.Pussen Fransiyaning shimoliy shaharchalaridan birida harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Tasviriy san’at asoslarini shu yerdagi rassomlardan о‘rgandi. 1610 yil boshlarida Pussen Italiya bо‘ylab sayohat qildi, uyg‘onish davri san’ati namunalari bilan tanishdi. Ayniksa Rafael ijodi unda katta taassurot qoldirdi. Rassomning diniy voqealarga ishlagan suratlarida barokko ta’siri seziladi (“Avliyo Erazmanini jazolash”, “Butdan tushirish”). Aksincha uning mifologiya asosida ishlagan suratlarida Titsianga xos rang his qilish hayotni tо‘laqonli anglash seziladi. Bu suratlar kо‘tarinki ruhda chizilgan. Yozuv uslubi ham erkin, koloriti iliq, nurga boy. Shu davrda yaratilgan mashhur asarlaridan biri "Uxlab yotgan Venera" da rassom ijodiga xos xususiyatlar о‘z ifodasini toptan. 1620 yil oxirlaridan boshlab, Pussen ijodida klassitsizmning о‘ziga xos tomonlari kо‘rina boshladi. Ishlagan asarlarida obrazlarni ideallashtirish va kompozitsiyani aql-idrok orqali tartibga keltirishga intilish seziladi (masalan, "Germanikning о‘limi" 1627, “Gо‘daklarni о‘ldirish", "Tankred va Erminiya" 1630). “Tankred va Erminiya" asarida rassom Amazonka Erminiyaning о‘z raqibi yaralangan ritsar’ Tankredga nisbatan uyg‘ongan muhabbati tasvirlanadi. Asarda yaralangan Tankredni juda ehtiyotkorlik bilan kо‘tarayotgan Badrin(Tankredning dо‘sti) va oq otidan tushib, о‘z qilichi bilan sochini kesib, yarador Tankredning yarasini bog‘lash uchun harakat qilayotgan Erminiya kо‘rsatiladi. Asarda ikki qarama-qarshi obraz bir tomondan, hayotdan kо‘z yumayotgan Tankred va ikkinchi tomondan, hayajonlanayotgan Erminiya hatti-harakatlari ta’sirchan ifoda qilingan. Tankred va uning dо‘sti ustidagi temir niqob va hilpirayotgan Erminiya kiyimlari asarning dramatikligini oshiradi. Botib borayotgan quyoshning shafaq nurlari esa bо‘lib о‘tgan voqealardagi qayg‘uni bildiradi. Pussen ijodiga xos muhim xususiyatlardan biri voqelikni harakatda tasvirlashdir. Bu rassom harakatini "gavdaning tili" deb ta’riflaydi. Rassom gavda harakati, yuzda bо‘ladigan mimik о‘zgarishlar, imo-ishoradan shaxsning ichki dunyosini ta’riflashda foydalanadi. 1630 yillarga kelib, Pussen ijodida hayot tо‘g‘risidagi mungli falsafiy qarashlar namoyon bо‘la boshladi. Inson hayoti nihoyatda qisqa va о‘tkinchi ekanligini achinish bilan ifodalaydi. "Arkad chо‘ponlari" (1632) asarida bu yaqqol seziladi. Surat syujeti qadimgi afsonalardan olingan bо‘lib, rassom unga falsafiy mazmun bergan. Qabr toshidagi "Men ham Arkadiyada bо‘lgan edim" degan yozuv yosh chо‘ponlarni о‘ylantirib qо‘ygan. 1640 yil oxirlariga kelib, Pussen manzara janriga murojaat qila boshlaydi.Tabiat kо‘rinishidagi ulug‘vorlik, bepoyonlik, sirga tо‘la holat rassomni hayajonlantiradi. Pussen tabiatni odamlarsiz tasavvur eta olmaydi. Rassom asarlarida tabiatni ulug‘vor va cheksizligini ifoda qiladi . Ularda inson va tabiat uyg‘unligi, inson tabiat oldida kichik zarra ekashshgi talqin etiladi. Pussen ijodining sо‘nggi bosqichi namunasi "Polifemli manzara","Gerkules va Kakus jangi","Manzara" asarlari hisoblanadi. Gerkules va Kakus jangi" asari syujeti I asr Rim yozuvchisi Vergiliyning "Eneida" poemasidan olingan. Unda antik qahramon Gerkulesning Kakus bilan bо‘lgan jangi hikoya qilinadi. Kompozitsiyada tabiat kо‘rinishi asosiy о‘rinni egallaydi. Mahobatli tog‘, baland daraxtlar, osmondagi bulutlar ulug‘vor, tabiat kо‘rinishini yaratadi. Shu tabiat qо‘ynida tasvirlangan Gerkules va mag‘lubiyatga uchragan Kakus kо‘rinishi bu ulug‘vorlikni buzmagandek. Rassomning yil tо‘rt fasliga bag‘ishlangan asarlari inson hayotining tо‘rt fasl ramzi sifatida namoyon bо‘ladi. Pussen ijodida qalamsurat ham alohida о‘rin tutadi. Bu suratlar bо‘lajak asarning yaratish paytida ishlangan bо‘lib, rassom har bir asari kompozitsiyasi ustida uzoq vaqt ishlaganligini va kompozitsiya yaratish borasida izlaganligini kо‘rsatadi. Uning qalam suratlardagi tabiat kо‘rinishlari tasviri tasdiqlaydi. Pussen ijodi fransuz san’ati tarixida muhim о‘rinni egallaydi. U yaratgan mumtoz uslub fransuz san’atida keyingi asrda davom etdi, rivojlantirildi. Pussen vafotidan keyin shogirdlari qolmagan bо‘lsa ham, lekin XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab, kо‘pgina rassomlar uning ijodiga qiziqish bilan qaray boshladi. Uning haqiqiy davomchisi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarda yashab ijod etgan Jak Lui David bо‘ldi. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling