Xvii XVIII asrlarda fransiya san’ati klod lorren


Download 21.35 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi21.35 Kb.
#219627
1   2
Bog'liq
fransiya sanati

Klod Lorren (1600-1682). Klassitsizmning yirik vakili, klassik manzarani taniqli namoyandasi Klod Jelle (Lorryon uning adabiy taxallusi) yoshligida Italiyaga kelib qolldi. Keyingi hayoti Rim bilan bog‘liq bо‘ldi. Lorren asosan klassik manzarada ijod qilgan. Uning manzaralari lirik xis tuyg‘u bilan sug‘orilgan bо‘lib, ular kо‘p hollarda mungli kayfiyat tasvirlanadi. Rassom asarlarda tabiat tinch holatda kо‘rsatiladi. Uning asarlarida yarim vayrona bо‘lgan antik yoki afsonaviy me’morlik qoldiqlari kо‘rkam daraxtlar fonida g‘oyat jozibali kо‘rinadi.
         Lorren klassik manzara san’atining vakilidir. Uning kompozitsiyalari aniq tartibda ishlangan. Lekin bu uning realistik harakteriga putur yetkazmaydi. Rassom havoga tо‘la bepoyon kenglikni ustalik bilan kо‘rsatadi. Undagi nur va soya tovlanishlarini mahorat bilan gavdalantiradi. Rassomning "Tong", "Tush payti", "Kechki payt" asarlari о‘ziga xos rang tizimida yechilgan. Lorren qalamsurat san’atida ham samarali ijod qildi. Uning naturadan ishlagan suratlari hamda ofortlari о‘zining hayotiyligi bilan ajralib turadi va rassomning kuzatuvchanligidan dalolat beradi. Rassom klassik manzara janrining mukammal kо‘rinishini yaratdi. Uning ijodi keyinchalik fransuz va Yevropa san’atiga sezilarli ta’sir о‘tkazdi.
         Filipp de Shampen (1602-1674) portret san’atida samarali mehnat qilgan san’atkorlardan. Asli finlandiyalik bо‘lgan bu rassom yoshligida Parijga kelgan. Rassomning keyingi hayoti shu yerda о‘tgan. U о‘z ijodida flamand rangtasviri yutuqlarini, Pussen hamda balone akademizmi an’analarini uyg‘unlashtirishga intilgan. Shampen tematik kompozitsiyalari diniy mavzuda bо‘lib, ularda rassom har bir asarining tashqi ta’sirchanligiga e’tibor beradi. Uning portretlari ham chuqur mazmunli, haqqoniy ishlagan. Kardenal Reshele portreta mashhur. Rassomning kо‘pgina yarim belgacha chizilgan portetlari о‘zining chuqur psixologizmi, jiddiyligi va ma’nododligi bilan e’tiborni tortadi.
         Lyudovik XIV (1661-1715) podsholik qilgan davrda ham absolyutizm о‘zining eng mukammal kо‘rinishiga erishdi, ham inqirozga yuz tuta boshladi. Dastlabki yillarda absolyutizm ma’lum ma’noda mamlakatning milliy iqtisodiy jonlanishi, manufaktura sanoatini rivojlanishi uchun xizmat qilgan bо‘lsa, keyinchalik u mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga asta-sekin tо‘sqinlik qila boshladi.
         Lyudovik XIV olib borgan urushlar hamda saroy kiborlarining haddan tashqari serxashamlikka intilishi, tantanali bayramlari, turli marosimlari xalqning ahvolini og‘irlashtirdi, g‘alayonlarni keltirib chiqardi. Biroq Lyudovik XIV davri san’at va madaniyatga kuchli ta’sir ham kо‘rsatdi. Agar XVII asr birinchi yarmida san’atda turli oqim va yо‘nalishlar bо‘lishiga imkoniyat bо‘lsa, keyinchalik esa faqat absolyutizmni ulug‘lash va unga sajda qilish san’atning bosh yо‘nalishi bо‘lib qoldi. Chunki, kslassitsizm bu davr mafkurasi uchun mos tushdi va shu davrning asosiy uslubi bо‘lib qoldi. Lekin bu yо‘nalishdagi asarlarda klassitsizmga xos ulug‘vorlik, tantanavorlikdan kо‘ra xis-hayajonga tо‘la barokko ta’siri kuchli bо‘ldi. Klassitsizm davrning asosiy yо‘nalishiga aylanishida 1648 yilda tashkil etilgan Badiiy Akademiyaning roli ayniqsa sezilarli bо‘ldi. Akademiya bu davrda absolyutizm targ‘ibotchisi sifatida mamlakat badiiy hayotiga xukmronlik qildi. U san’at ustidan nazorat olib boradigan va uni rivojlanishini boshqaradigan muassasaga aylandi.
         “Yuksak” va “tuban” janrning yuzaga kelishida akademiya asosiy rol о‘ynadi. Tarixiy janrda yaratilgan asarlar yuksak janrdagi asarlar sifatida maqtaldi. Aksincha, oddiy hayotiy voqealarni ifodalovchi san’at asarlari "tuban" janrdagi asarlar qatoriga kiritildi. Mifologiya, allegorik syujetlar asosida ishlangan, diniy va tarixiy mavzudagi asarlar о‘z-о‘zidan yuksak janrga mansub deyildi. Bu asarlarni antik san’at an’analariga, Rafael, Balone akademizmi, Pussen an’analariga taqlidan ishlash asos qilib olindi. Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan va san’atni "tartibga" solish sohasidagi bu qonun-qoidalar davr san’atida yagona yо‘nalish bо‘lishiga va san’atda rang-baranglikning yо‘qolishiga sabab bо‘ldi. Bu davrga kelib, me’morlik yetakchi san’at turiga aylandi. Absolyutizm hashamatli va katta me’morlik majmualari orqali sharaflandi, san’atning boshqa turlari ham shu yо‘nalish bilan bog‘lyq holda rivojlandi. Aristokratiyaning nafis amaliy buyumlarga bо‘lgan talabini qondirishga qirol Gobelen manufakturasi muhim rol о‘ynadi. Bu yerda qirol saroyini bezash uchun zarur uy-anjom buyumlari, mebel, shpaler va boshqa buyumlar ishlab chiqarildi. Bu buyumlar qirol saroyi zodagonlarini buyurtmasi va talabi asosida bajarildi. Me’mor, haykaltarosh, rassom va amaliy san’at ustalarining hamkorlikda ishlashlari bu yillarda san’at turlari о‘zaro uyg‘unlikni ta’minlab, ajoyib me’morlik majmualari namunalari yaratilishiga sabab bо‘ldi. Hiyobon-bog‘ (park) san’ati ravnaq topishi keyinchalik Yevropa san’atining, rivojlanishiga katta ta’sir о‘tkazdi. XVII asr fransuz me’morchiligining nafis yodgorligi Versal’ saroyi majmuasi (1603-1689) Lyudovik XVII ning qarorgohi edi. Lui Levo (1604-1670) hiyobon-bog‘ san’ati ustasi Andre Lenotr (1613-1700) tomonidan boshlangan va me’mor Jyul Ardruen Mansar (1b46-1708) tomonidan tugallangan bu majmua absolyutizm g‘oyalari qirol hokimiyatining abadiyligini aks ettiradi. Bu g‘oya majmua kompozitsiyasining yechimida namoyon bо‘ladi. Ansambl markazida qirol qarorgohi saroyi joylashgan bо‘lib, u tevarak atrofidagi maydonni о‘ziga bо‘ysundiradi va yaxlitlashtiradi. Uning atrofidagi tabiat aniq, simmetrik reja asosida tashkil etilgan. Saroyning old tomoni serjilo va sodda, binolari esa tantanavor va sipo qilib ishlangan. Saroyning markaziy binosida qabulxona va bal о‘tkazishga mо‘ljallab qurilgan xonalar dekorativ bezakka boy. Saroyning markaziy xonasi qirolning yotoqxonasi bо‘lib, unga boradigan zallar bezatilishiga alohida e’tibor berilgan. Sayilgohning rejasi ham qat’iy yagona о‘q atrofida qurilgan, uning asosiy hiyoboni atrofida favvora va haykallar simmetrik asosida joylashtirilgan. Markazdagi katta xovuz esa unga tugallik bergan. Bronza va marmardan ishlangan haykaltaroshlik asarlari saylgohga kо‘tarinki ruh kiritgan. Bu haykallar dekorativ maqsadda ishlangan.


Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling