Xviii – XIX asr о’rtalarida tarix falsafasi


Download 73.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi73.07 Kb.
#1253211
  1   2
Bog'liq
1353160261 39870



O`RTA ASR TARIXSHUNOSLIGINING 
TAVSIF XUSUSIYATLARI XVIII-XIX ASR 
O`RTALARI TARIX FALSAFASI
Reja: 
1. J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari. 
2. Pozitivizm.
3. K. Marksning tarixiy materializmi.
4. Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g`oyalari. 
5. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. 


 
Ushbu fan jahon falsafiy-tarixiy tafakkurining qadimdan to hozirgi kungacha 
bо`lgan rivojlanishining asosiy omillari va yо`nalishlarini yoritishga qaratilgan. 
Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda 
jahonda rо`y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur о`rganishdagi asosiy 
konseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. Hamda, 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kо`rsatib о`tilgan talaba-yoshlarning tarixiy 
dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal 
darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan tо`la 
bahramand bо`lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga kо`maklashish va 
dunyo miqyosida mavjud bо`lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish 
kabi dolzarb masalalarni о`rganadi. 
Shuningdek, “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani haqidagi bilimlarni qaror 
topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib 
borilayotgan tadqiqot ishlarini о`rganish, fan bо`yicha tо`plangan ilg`or tajribalar, 
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni о`z ichiga 
qamrab oladi. 


J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U 
dastlabki talimni о`zi tug`ilib о`sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u 
yerda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bо`ladi. Russo 
Didro tashkil etgan “Ensiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. 
Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi 
mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum.
Russoning “ Insonlar о`rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari 
tо`g`risida mulohazalar” asri uning obrо`siga yana obrо` qо`shadi. U “fanlarning 
manaviyatga tasiri” asarida о`zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik 
sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. Shuningdek, u takidlay-diki, fan taraqqiyoti inson 
tabiatini, manaviyatini takomillashtirmaydi. Albatta bu bilan u fan va madaniyatga 
qarshi chiqqan, deyish notо`g`ridir. Fanga hujum qilayotganim yо`q, lekin 
ezgulikni himoya qilayapman deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik, 
zulmining manbaini ijtimoiy tengsizlikda, yani mulkiy tengsizlikda kо`radi. 
Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat.
Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag`alning yuzaga 
kelishi.
Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag`allar bitm tuzadilar. 
Qonuniy hokimiyatninig zо`ravonlikka aylanishi. Avval halq podisho va 
huquq tomonidan aldangan bо`lsa, zо`ravonlikda esa zо`ravon qonunlar halqni 
aldaydi va unga hamla qiladi.
Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U 
hibsga olinishidan qо`rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. 
Russo kо`p yillar Volterbilan bahs munozaralar yuritgan. Russo faylasuflar bilan 
munozaralarda takidlaydiki, xudo aql va yaxshilik manbaidir . Russoning ijtimoiy 
– siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy о`rin egallaydi. Tenglik jamiyatning 
tabbiy holati inson о`z mohiyati jixatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda 
hech kimga bog`liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish 
mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik, xususiy mulk 


nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk bо`lmagan yerda adolatsizlik bо`lishi 
mumkin emas. Xususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu 
aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk umumiy manfaatlarni 
nazarda tutadi. Barchaning erki shahsiy manfaatlarini xisobga oladi. U yakka – 
yakka manfaatlar yig`indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat 
tashkil etish yо`lida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi. U о`z ijtimoiy qarashlarida 
fransuz jamiyatining kambag`al fuqarolar manfaatlarini himoya qildi. Shuning 
uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik 
masalasi yotgan. Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida о`zining ijtimoiy ahloqiy 
muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashxur bо`lgan. “Yangi eloiza” romani 
“Emil yoki Tarbiya haqida” gi risolalarida axloq va tarbiya masalalarini mohirlik 
bilan ifodalagan. Russoning siyosiy ideali – tо`g`ridan – tо`g`ri demokratiyadir. 
Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, b 
g`oyalarni hududiy jihatdan kichik bir davlatlarda amalga oshirish mumkin. 
Russoning axloqiy talimoti tenglik g`oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas 
bog`liq. Bu axloq – fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir. 
Pozitivizm.
Pozitivizm g`arb falsafasida juda keng tarqalgan yо`nalish sifatida XIX 
asrning 30 yillarida fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos 
solingan. Pozitivizm dastlab Fransiyada, sо`ngra Angliyada va G`arbiy 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi:
Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Fransiyada), D.S.Mill, 
G.Spenser, Dj.Lesevich, N.Mixay-lovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. 
Ardigo (Italiyada) kabilarning ijod etgan davri. 
Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrititsizm davri deb ataladi.
Uchinchisi nepozitivizm davriga bо`linadi. 
“Pozitivizm” tushunchasini O.Kont quyidagicha tarif-laydi: birinchidan 
yolg`onlikka qarshi haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: 
uchinchidan shubxalilikka qarshi aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik 
va nihoyat oltinchidan buzg`unchilikka qarshi tuzuvchanlik.


Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u о`z 
tarixiga ega insoniyat taraqqiyotni shu tarzda о`rganish quyidagi qonuniyatni 
ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – 
teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi – pozitiv yoki 
ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yо`llardan, alabatta о`tadi. Demak bu 
uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi 
vujudga keladi. Birinchisi ijod tafakkurining boshlang`ich harakatga keluvchi 
nuqtasi: ikkinchisi – о`tuvchanlik rolini о`ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy 
holatdir.
K. Marksning tarixiy materializmi.
Karl marks (1818-1883) nemis falsafasining vakili sobiq ittifoq davrida 
mutlaqlashtirilgan falsafiy talimotining asoschisidir. Otasi yahudiy millatiga 
mansub advokat bо`lgan. Grir gimnaziyasida dastlabki malumotni olgach (1830-
1835), Bonn (1835-1886) va Berlin (1836-1841) universitetlarida о`qigan bu 
daqiqalarda u huquq, falsafa va tarix fanlarini о`rgandi. Marks ilmiy tadqiqotlari 
falsafa, tarix sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi kabi soxalarini xam qamrab olgan 
edi. Feyerbax materializmi Marks о`z talimotida Gegelning dunyo dialektik tarixiy 
jarayon ekanligi xaqidagi tasavvurini saqlab qoladi, biroq uning о`zligini moddiy 
turmushning rivoji tashkil qiladi, deydi. Gegelni “idealist”, Marksni esa 
“materialist” deb tasvirlash – masalani soddalashtirishdir. Gegel asarlarida tarix 
“boshida idealizm turadi va Marks uni oyoqqa” (materializm) qо`ydi deganda tarix 
oyog`i bilan yurishi lekin boshi bilan о`ylashi kerakligini qо`shib qо`yish lozim 
edi. Boshqacha aytganda, bu о`rinda biz “yoki – yoki” tipidagi emas, “u ham bu 
ham” tipidagi vaziyatni uchratamiz. Bu о`rinda oxirgisi tarixda ham moddiy 
iqtisodiy ham madaniy – intellektual omillar rol о`ynashni nazarda tutadi. 
Dialektiklar sifatida, Gegel xam Marks ham shu fikrga qо`shilishadi. Ayni paytda 
Gegel madaniy intellektual omilga ( Geist ruh) Marksdan kо`ra kо`proq urg`u 
bersa, marks moddiy – iqtisodiy jihatlarni Gegeldan kо`ra kо`proq tartiblaydi. 
Mana shu izohni nazarda tutib, biz Gegel “dialektik idealizmi” va Marksning 
“dialektik materializmi” haqida sо`z yuritishimiz mumkin


Dialektika har doim tadqiqot predmeti bilan belgilangani tufayli Marks 
dialektikasining bayoni ham ayni paytda uning “Materializmi” ning bayoni bо`ladi. 
Marks tabiat falsafasi bilan maxsus shug`illanmagan. “markscha” tabiat falsafasi, 
asosan, Engelsga tegishlidir. Marks о`z “materializimi” tо`g`risida gapirganida, 
avvalo u kо`proq tarixiy materializmni nazarda tutadi. Kapitalizm davrida 
yashayotgan odamlar shahar – davlatda yashayotgan odamlarga nisbatan boshqa 
sifatlarini namoyish qilishi mumkin. Tarix – bu formativ jarayon bо`lib, uning 
vositasida insoniyat о`zini rо`yobga chiqaradi. Tarixni о`rganar ekanmiz, biz 
insoniyat va о`zimiz bilan tanishamiz, tarix shunday shakllanish jarayoniki, unda 
odam odamga aylanadi va tarixiy jarayonlarni boshqaradigan dialektika qonunlari 
– deydi Marks yuqorida sanab о`tilgan manolarning sо`nggisidagiday 
“materialistik” bо`lishi kerak.
Marks, tarixiy formativ jarayonda hal qiluvchi rolni iqtisodiy omillar 
о`ynaydi deb, hisoblardi. Tarix – bu iqtisod tarixi, mehnat tarixi. Iqtisodiy 
tushumdagi sifat о`zgarishlari tarixini oldinga qarab borayotgan, orqaga qaytarib 
bо`lmaydigan jarayonga aylantiradi.
Bu 
orqaga 
qaytmaydigan 
formativ 
jarayon 
quyidagi 
iqtisodiy 
bosqichlardan о`tadi.
Ibtidoiy jamoa
Quldorlik jamiyati
Feodal jamiyat
Kapitalizm
Kommunizm
Bir iqtisodiy bosqichdan ikkinchisiga о`tish sifat jihatdan sakrash bо`lib, 
iqtisodning muayayan tо`yinish nuqtasiga yetib borishi bilan amalga oshadi. 


Bunday sifat sakrashlari dialektik tarzda yuz berib undan bir bosqich yuqoriroq 
bosqich tomonidan “inkor” va bartaraf qilinadi.
Oliy pozitsiya
Birlamchi pozitsiya
inkor
Biz shuning uchun ham, yuqori pozitsiya va taraqqiyot tо`g`risida gapira 
olamizki, inkor, huddi bir qirolni taxtdan tushirib о`rniga boshqasini о`tkazganday 
bir iqtisodiy tizmni boshqasiga shunchaki almashtirib qо`yilmaydi. Inkor bu yerda 
olib tashlash bо`lib, unda muhim jihatlari о`rtasida ratsionalroq о`zaro aloqa 
о`rnatiladi. Demak, tarix hech narsa “yо`qotmaydi”.
Marks uchun bо`lgani kabi Gegel kabi ruh (der Geist) emas, iqtisodiy 
fundamental hisoblanadi. Muayyan manoda bizning fikrlarimiz iqtisodiy moddiy 
omillar bazis deyiladi. Din falsafa, etika, adabiyot va boshqalarga о`hshash 
madaniy fenomenlar usqurtma deyiladi. О`zining ashaddiy kо`rinishidan tarixiy 
materializm quyidagi qoidalarni keltirib chiqaradi: 1) Tarixni harakatga keltiruvchi 
kuch,usqurtma emas, bazisdir. 2) Bazis usqurtmani belgilaydi, uning aksiga emas.
Shunday qilib, quyidagi sxema vujudga keladi:
Usqurtma
Bazis quldorlik feodal
kapitalizm kommunizm
jamiyati jamiyat
Shunday qilib, biz bazis usqurtmani belgilaydi, degan ibora vulgar 
marksizmga 
talluqli, 
deyishimiz 
mumkin. 
Demak, 
marksning 
tarixiy 
materializmini quyidagicha talqin qilishga asos bor: iqtisod va tafakkur bir – birini 
о`zaro belgilaydi, biroq iqtisod hal qiluvchi rol о`ynaydi.
Usqurtma (mafkura)


Bazis (iqtisod)
Bundan tashqari, biz bu sxemani unga iqtisodiy va konseptual omillarga 
qо`shimcha ijtimoiy siyosiy omillarni kiritib, tо`ldirishimiz mumkin.
Mafkuraviy omillar
Ijtimoiy – siyosiy omillar
Iqtisodiy omillar
Bu – tarixning Markscha materialistik konsepsiyaning sodda lekin qabul 
qilsa bо`ladigan talqini, biroq u bir manoli emas.
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g`oyalari. 
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini о`rganishning nixoyatda murakkab 
qismi bо`lib, uni nihoyatda masuliyat bilan о`rganish zarurdir. Nemis klassik 
falsafasi fransuz marifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda 
kapitalistik 
munosabatlarning 
qiyinchiliksiz 
rivojlanishida 
yangi 
tuzum 
manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqilni eski idealogiyaga qarshi 
hukmronligi tо`g`risidagi g`oyani etirof etadi varivojlantiradi. Nemis jamiyatiga 
hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XVasr oxirida bо`lib о`tgan fransuz inqiloblari 
juda katta tasir kо`rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bо`lib о`tgan inqiloblardan 
izchil va qati farq qiladi. Germaniyada falsaviy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning
malum darajada rivojlanishiga о`z tasirini kо`rsatdi. Nemis klassik – falsafasida 
Germaniyadagi о`tmish falsafiy fikrlar ananalariga nisbatan murosachilik 
munosabatda bо`lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy 


hulosalari о`zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama 
– qarshi turar edi. Lekin о`z pozitsiyalarida izchil bо`lmasdan nemis klassik 
falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi. 
I. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. 
Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bо`lgan bо`lsa, ona tomonidan 
Germaniyalik edi. Onasining ismi Reytir bо`lgan. Onasi diniy ruhda 
tarbiyalanganligi uchun о`z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur 
singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug`ullanib, ular 
oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant tо`rtinchi о`g`il bо`lgan. Keyinchalik 
ilohiyot bilan shug`illangan. О`g`il tarbiyasi bilan kо`proq ona shug`illangan 
“onamni men hech qachon unuta olmayman va unitishga haqqim yо`q. Chunki 
onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bо`lish ruhida tarbiyalangan. 
Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir” deydi. 
О`spirinlik chog`ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga xavas uyg`otgan 
bо`lsa, Knutsen ismli faylasuf esa unga Leybnits talimotini о`rgata boshlydi. 
Universitetga kirishdan avval u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola 
edi. Kant onasining vafotidan keyin tog`asining moddiy yordami bilan Kant 
universitetning iloxiyot fakultetga о`qishga kiradi. Onasining vasiyatiga binoan 
kant universitetning iloxiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik 
yillarining daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan о`rgana boshlagan edi. Lekin 
keyinchalik ovozli past bо`lganligi uchun qiroat bilan ilohiy duolarni о`qishga 
kо`zi yetmagach, uni tark etadi. U boshqa fanlarga mer qо`yadi, uni shu yо`lga 
burib yuboradi. Kant besh yil (1740-1745) davomida universitetda о`qib uni 
tugatadi. 1746 yili ogtasi vafot etadi. Otasi vafotidan sо`ng uning moddiy hayoti 
yanada og`irlashadi. Baxtiga о`gay tog`asi qо`llab-quvvatlab turadi. Uning birinchi 
risolasi “Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar” tog`asining 
hisobiga chop etiladi. Bu risolani u 23 yoshida yozgan edi. 
I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bо`linadi. 
1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar). 
2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha).


Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga 
bо`ladi. 1) dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai 
– nazarida turgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, 
Shotlandiya va Angliya falsafasining tasiri katta bо`lgan va nihoyat 3) tanqidiy 
davr. Bu davrda Kant uzil – kesil mustaqil о`ziga xos yо`lni tanlagan. Shuni 
takidlash lozimki, Kant falsafasini davrlarga bо`lib о`rganish osonlik tug`diradi, 
lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki uning о`zidan oldin hukumronlik 
qilganfalsafiy maktablarga mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani 
dastlabki asarida ham, umrining oxirida yodgan asarlarida ham о`z ifodasini 
topgan. Kant fikricha, ilohiyot mukammal dunyoning g`oyasiga ega bо`lmog`i 
lozim. Buni rad etish demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq olam 
bor degandek bо`lamiz. Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. 
Farovonlik g`oyasi bu xudoning maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida о`zining 
tanqidiy davridagi faoliyatini boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy 
asarida о`zining falsafiy ifodasini topgan. Kant juda haqgо`y bо`lganligi tufayli 
boshqalardan haqgо`ylikni talab etadi. Shuni takidlash kerakki Kantning falsafiy 
qarashlari 1762-1765 yillarda shakllandi. U о`zining “Hayotbaxshlik haqida” 
risolasida dogmatik falsafani ifoda etgan edi.
“Salbiy meyorlar va real asoslari” nomli asarida (1763) Kant о`zining 
emperizm va ratsionizm о`rtasida mо`tadil о`rin egallaganligi haqida gapiradi. 
“Ruhoniyning 
tushlari” 
(1766) 
asarida 
uning 
Yum 
agnostitsizmiga 
yaqinlashganligini kо`ramiz. Oradan ikki yil о`tgach, yani 1768 yildan etiboran 
emperizmdan krititsizm tomon о`tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur 
risolada makon nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni 
kо`taradi. Jismlarning makoniy munosabati deydi Kant, ularning holatlariga 
bog`liq holatlarning о`zaro munosabatlarini Kant soha deb ataydi.
Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yо`nalishni ham о`z ichiga 
oladi. Bunga kant oddiygina misolni keltiradi. Oq qog`ozga ikki marotaba aynan 
bir sо`zni yozaylik. Masalan inson, inson sо`zining harflari bir xil harflarning 
joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki sо`z yozilishida chap va о`ngda 


joylashagan. Biz о`ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini 
kuzatuvchiga qaratamiz. Agar makonning hossasi obektlarning qismlari о`rtasidagi 
munosabatga bо`g`liq bо`lsa unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bо`lar edik. 
Jismlarning о`zaro bir – biridan farqi shundaki bittasi chapga joylashgan bо`lsa, 
ikkinchisi о`ng tomonga joylashagan bо`ladi.qizig`i shundaki Kant bunday hulosa 
chiqaradi Chapga – о`ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada degan iboralarimiz 
mutlaq makonning xossasi bо`ladi va shundan keyin ularni ham ularni kuzatuvchi 
hossasiga bog`liqligini hal etadi. Kan oliy oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi. 
Birinchi davrda kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik 
gipotezalar tо`g`risidagi ishlari edi. 
Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy konsepsiyani ilgari 
suradi. Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bо`lib qoladi. 
Kantning yutug`i shundaki, shak – shubhasiz inson tafakkurining zaruriy 
xususiyatidir. Shak – shubhasizlik tо`g`risidagi bunday fikrlashni kant aql 
doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday fikrlashning predmetini sof aqlning 
g`oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g`oyasi 3 xildir.
Jon haqidagi g`oyalar (psixologik g`oyalar).
Yaxlit dunyo tо`g`risidagi g`oya (kosmologik g`oya).
Xudo haqidagi g`oya (teologik g`oya).
Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun kantni ham 
sо`ldan, ham о`ngdan tanqid qilishadi. Sо`ldan materialistlar kant falsafasining 
idealisti tomonlarini tanqid qilishsa, о`ngdan idealistlar uning falsafadagi
materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis klassik falsafasining keyingi 
taraqqiyoti kant falsafasini о`ngdan tanqid qilish yо`li bilan rivojlanib, dunyoni 
idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi. 


Foydalanilgan adabiyotlar rо`yxati: 
 

Download 73.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling