Xviii –xix asrlarda Fransiya
Termidorlar konventi va direktoriya davrida Fransiya
Download 169.5 Kb.
|
Termidorlar konventi va direktoriya davrida Fransiya
9 termidor (27 iyul) kuni Konventning majlisi davom etdi. Unda deputat Sen-Jyust terrorni yumshatish taklifi bilan chiqish qildi. Ammo Konvent uning fikrini qabul qilmadi. Robesp`yerni hokimiyatni suiste`mol qilishda aybladilar. Deputatlardan biri Robesp`yerni hibsga olishni taklif qildi. Bu taklifni Konventning ko`pchilik a`zolari qo`llab quvvatladilar. Robesp`yer va uning tarafdorlarini qamoqdan ozod qilib. Robesp`yerni Konventga qarshilik ko`rsatishini kutdilar. Ammo Robes`pyer ular kutganday qarshilik ko`rsatmadi.Shunda Konvent otryadlari ratushaga bostirib kirib, Robesp`yer va uning tarafdorlarini tor-mor qildi. Yakobinchilar diktaturasi majaqlab tashlandi.Yakobinchilardan tozalangan Konvent o`z faoliyaini davom ettirdi. Yakobinchilar diktaturasi Fransiya aholisi hayotini yengillasbtirmadi, kutilgan natijalarni bermadi. Fransiyada kapitalistik taraqqiyot yo`liga esa undan keying! Termidorlar Konventi davrida o`tildi. Termidorlarning davlat to`ntarishi inqilobda so`nish davrining boshlanishi edi.Termidorlar Konventi Fransiyani Napoleon Bonapart imperiyasiga olib keldi. 9 Termidorning ikkinchi yilidan so`ng (1794-yil 27-iyul) hokimiyat inqilob natijasida boyib ketgan sanoatchilar,moliyachifar va yangi yer egalari ko`pchilikni tashkil etgan Konvent qo`Iiga o`tdi.`I`ermidorlar Konventi 1794-yil 27-iyuldan 1795-yil 26-oktabrgacha davom etdi.Yakobinchilar klubi va ularning mamlakaldagi filiallari yopildijamoatchilik tashkilotlari tarqatib yuborildi,oziq-ovqat mahsulotlariga qo`yilgan maksimum narx bekor qilindi,savdo erkinligi chayqovchilik erkinligiga aylandi.Terrorga qarshi kurashish bahonasi bilan norozi kayfiyatda yurgan qashshoqlarga qarshi qat`iy chora tadbirlar ko`rildi. 1795-yil bahorida ochlik va muhtojlikdan qattiq aziyat chekkan Parij aholisi qo`zg`olon ko`tardi.12 jerminal kuni (1-aprel) kuni norozi olomon Parij ko`chalariga chiqib,non va 1793-yilgi konsitutsiyani talab qildilar.Konventga qarshi birinchi qo`zg`lon jerminal deb ataldi.Ikkinchi qo`zg`olon birinchi prerial (20-may) kuni ko`tarildi.Qo`zg`olonchilar tarkibida milliy gvardiyaning qismlari ham qatnashdi, ammo qo`zg`olon tezda bostirildi. 1795-yil iyulida Termidorlar konventi yangf konsitutsiya qabul qildi.Bu konsitutsiya respublika tuzumini saqlab qoldi,biroq inqilob qo`lga kiritgan yutuqlardan biri-umumiy saylov huquqiini bekor qildi, xususiy mulkchilik huquqini e`lon qildi. inqilob davrida qo`lga kirililgan mulklarni qonuniylashtirdi.Konvent o`rniga Oqso`qollar kengashi va Besh yuzlar kengashi saylandi. Bu ikki palata qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega edi.Qonun chiqaruvchilar to`liq ijroiya hokimiyatiga ega bo`igan 3 kishidan iborat Direktoriyani sayladi.Konsitutsiya qabul qilinganidan so`ng tezda Konvent tarqatiHb,hokimiyat Direktoriya qo`Hga o`tdi.Direktoriyaning asosiy siyosati inqilob davrida boyib qolgan sanoatchi va moliyachilarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan edi.Direktoriya 1795-yil 4-bryumerdan so`ng 1799-yil 18-bryumcrgacha faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda qishloq va shahar kambag`llarining ahvoli og`rligicha qolaverdi.Shu davrda Frantsuada (Grakx) Noel Babyof (1760-1797 y.y) va uning i(Tenglar jamiyati" mashhur bo`ldi.Babyof inqilobning dastlabki yillarida yerga nisbatan xususiy mulkchilikning joriy elilishiga qarshi kurashib.ijtimoiy tenglashtirish g`oyasini targ`ib qilib,o`zini Rimlik rcformator Grax deb e`lon qildi.Babyof o`ldirilib,uning jamiyati tarqalib yuborildi. Direktoriya davrida Fransiya olib borayotgan urushlar xarakteri birdan o`zgardi.U Franlsiyani himoya qilish urushidan, 1797-yiidan boshlab, boshqa davlatfar hududini bosib olish urushiga aylandi.Napoleon Bonapart qo`mondonligidagi frantsuz qo`shinlari Shimoliy Ttaliya hududini egallab, Avstriyaga o`tdi va 1797-yilda Kamforpomioda Avstriyani sulh shartnomasini imzolashga majbur qildi. Italiyaning Lombardiya viloyatini Sizalpin, Genuyani esa Liguriya respublikalariga aylantirib. ularnj Fransiyaga tobe qilib qo`ydi. P`emont Fransiyaga qo`shib olindi. Vcno`siya, I striya, Dalmatsiya Avstriyaga,Reynning. o`ng qirg`og`I, Belgiya va lonik orollari Fransiya ixtiyoriga o`tdi. Fransiyaning asosiy raqibi bo`lib hamon Angliya qolaverdi. Uning mustamlakachilik qudratiga zarba berish uchun Direkloriya Hindistonga ekspedisiya yuborish maqsadida Misnii bosib olishga kirishdi. Misr ekspedisiyasiga Napoleon Bonapart qo`mondonlik qildi. 1798 yil 20 iyunda Misr qo`shinlari ustidan frantsuz armiyasi g`alaba qildi. 1 avgustda Nelson qo`mondonligidagi ingliz floti Abukir ostonasida frantsuz eskadreyasini tor-mor qildi. Bu frantsuzlarga qarshi 1-koalisiyaning tuzilishini tezlashtirdi. Koalisiya tarkibiga Angliya. Rossiya, Turkiya, Neapolitan qirollogi va Avstriya kirdi. 1799 yil bahorida Yevropada urush yangidan boshlandi. Germaniyada frantsuz armiyasi tor-mor qilindi. Italiyadan frantsuz armiyasini feldmarshal Suvorov qo`mondonligidagi rus qo`shinlari siqib chiqaraboshladi. Harbiy muvaffaqiyatsizliklar va tashqi kuchlarning harbiy yurishi, shuningdek, Direktoriya siyosatidagi ziddiyatlar Fransiyaning mulkdor qatlamlarini tashvishga soldi. Mamlakatda qonuniy tartibning yo`qligi ma`lum bo`lib, xalq ommasining aksariyati hokimiyatni mustahkam qo`lga o`tishi lozimligini tushunib etdi. Napoleon Bonapart atrofidagi yuqori lavozimli harbiylarning bir qismi harbiy diktatura o`rnatishga harakal qildilar. Ular Misrda qo`mondonlik qilayotgan Napoleon Bonapart bilan Direkloriyaning hukumat doiralariga yaqin bo`igan ukasi Lyusen Bonapart orqali aloqada bo`idilar. Napoleon Misrdagi frantsuz qo`shinini general Kleberga topshirib, 500 la grenaderlari bilan Fransiyaga qaytdi. 18-bryumer (1799 yil 9 noyabr) kuni qonun chiqaruvchi korpus majlisi shahar yaqinidagi Sen-Klu saroyiga ko`chirildi, majlisga Napoleon ham etib keldi. Parij safari davomida Napoleon yangi hukumatdagi lavozimlarni egallash to`g`risida ikkita nomzod: konstitusiyachilaming rahbari -- Emmanuel Jozef Siyes va moliyachi Roje-Dyuko bilan. keiishib oldi. Direktoriyaning 5 ta vakili ham istefo berish to`g`risida Napoleonga va`da berdilar. Shu kurii Lyusen Bonapart Besh yuzlar kengashiga raislik qilayotgan edi. Napoleon kengash a`zosi bo`lmasa ham majlisda paydo bo`ldi va Napoleonning majlisda ishtirok etayotganligidan norozi bo`lganlarni uning grenadyorlari haydab chiqardi. Besh yuzlar kengashi a`zolari majlisda qolgan oqsoqollar kengashining bir nechta a`zolari bilan birgalikda hokimiyatni uch konsufga berish to`g`risidagi dekretni qabul qilishga majbur ho`ldilar. Napoleon birinchi konsul lavozimini egallab. amalda barcha hokimiyat uning qo`ligato`plandi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling