Xviii –xix asrlarda Fransiya


Yevropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari


Download 169.5 Kb.
bet8/13
Sana06.05.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1435121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yevropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari.
Napoleon imperiyasining inqirozi
1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya qirolliklridan iborat 3-koalisiya tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya, Ilaliya, Shvesariya va Gollandiya hududidan fransuz qo`shinlarini haydab chiqarish va bu mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil oktyabridanoq admiral Nelson qo`mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo`ldi. Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo`nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo`shini Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo`shlari birgalikda Austerlisda frantsuz qo`shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag`lubiyatidan , so`ng Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. Unga ko`ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo`lga kiritdi. Benetsiya, Istriya va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo`shib olindi. 1806 yil Napoleon janubiy german davlatlaridan o`zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz qo`shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga o`tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi Lyudovikni o`tqazdi.
Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo`ydi. Gannovcrni Prussiyaga berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o`z qo`shinlarini Prussiya hududiga kiritdi. Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzdi. 1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar.
Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon osongina Prussiya qo`shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon "Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo`ysundirilgan davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta`qiqladi. Angliyani qo`shin bilan olish umidi puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo`g`ib qo`yishga qaror qildi. 1807 yilda Napoleon Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini tutib ola boshladi;
Berlinda kontinental blokada e`lon qilgan Napoleon, endi qo`shinlarini Sharqiy Prussiyadagi rus qo`shinlari ustiga yo`naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo`shini tor-mor etildi. Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib borayotgan bo`lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil 7 iyulda Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to`g`risida shartnoma im/oladilar. Unga ko`ra Fransiya G`arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo`lga kiritdi. Polsha yerlari (Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo`lgan Varshava gersogligi tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo`shilish majburiyatini oldi. Napoleon Turkiyaning Yevropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr f ga qarshi emasligini ma`lum qildi.

  1. yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo`shilishini so`radi, biroq,
    bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo`shinlarini Portugaliyaga
    kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo`shinini tor-mor etdilar. Shundan
    so`ng katta miqdordagi fransuz qo`shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart Ispaniya
    taxtiga o`tirdi. Ispaniyada fransyzlarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi.
    Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi.

  2. yil oktyabrida llrfurtdagi muzokalardan so`ng Aleksandr 1 Napoleonga uning
    Avstriyaga qarshi urushida iltifoqchisi bo`lishga rozi bo`ldi. Biroq, amalda jiddiy harbiy
    harakatlarni olib bormadi.

1810 yildan boshlab Rossiya -- Fransiya munosabattari tez yomonlasha boshladi. Napoleon Turkiya va Eronni Rossiyaga qarshi urushni davom ettirishga da`vat etdi. Kontinental blokada rus pomeshchiklari va savdogarlarini xonavayron qildi. Napoleon 1810 yil Franlsiyaning Rossiyaga kiritilayotgan zebi-ziynat byumlariga bojxona lo`lovlarini oshirilganidan va Rossiyaga ingliz mahsulotlarini erkin kiritalayotganidan norozi edi. Rossiya-Frantsuya munosabatlariga Napoleonning Varshava gersogligidagi Rossiyaga qarshi platsdarm va Fransiyaning ittifoqchisi sifatida foydalanayotganligi ham sabab bo`Idi.
1812 yilda Rossiya-Turkiya bilan Buxarestda sulh shartnomasini imzoladi. Buxarest
sulhi Rossiya diplomatiyasining katta yutug`i edi. Unga ko`ra Bessarabiya Rossiyaga
berildi. Turkiya va Rossiya Fransiyaga qarshi birgalikda`harakat qilishga kelishib oldi.
Shunday qilib Rossiya va Fransiya o`rtasida urush yetildi.
Napoleon Rossiyaga hujum qilish uchun 640 ming kishiiik qoshin tayyorladi. Rossiya armiyasi unga qarsgi 230 ming kishilik konlingentini qo`ydi.
24 iyun 1812 yilda Napoleon Neman daryosi orqali Rossiyaga hujum qildi. Dastlabki yirik jang Smoienskda, 7 sentyabrda esa Moskva yaqinidagi Borodino qishlogida bo`lib o`tdi. Borodino jangi har ikkala tomon uchun ham katta yo`qotishlar bilan tugadi. Frantsuzlar 135 ming kishilik qo`shindan 60 ming, ruslar 320 mingdan 40 minggan ko`proq qurbon berdilar. Kutuzov qo`mondonligidagi rus armiyasining slrategiya va taktikasi, partizanlik urushi, qahraton qishning boshlanishi, Rossiya hududmlng kengligi va Fransiyadan uzoqlab ketgan ko`p sonli frantsuz qo`shinlarini qurol-yarog", o`q-dori, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashdagi uzilishlar va qiyinchiliklar Rossiyani mag`Iubiyatdan saqlab qoldi. Frantsuz armiyasi tor-mor etildi. Napoleon bir qism armiyasi bilan Fransiyaga chekindi.
1813 yil bahorida Fransiyaga qarshi Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya
va Portugaliyadan iborat 6-koalitsiya tashkil qilindi. Koalitsiuaning 300 ming qo`shinlari
bilan frantsuzlarning 190 ming kishilik qo`shini o`rtasida hal qiluvchi jang 1813 yilning
16-19 oktyabr kunlari Leyptsigda yuz berdi. Unda har 2 tomondan 140 ming kishi qurbon
berilgan. Frantsuz qo`shinlari mag`iubiyatga uchradi. 1814 yil harbiy harakatlar Fransiya
territoriyasiga ko`chdi. 1814 yil martida Shomon shahrida Rossiya, Angliya, Avslriya va
Prussiya urushni oxirigaeha ya`ni to`la g`alaba qilguneha davom ettirish haqida shartnoma
imzoladilar. 31 mart kuni ittifoqchilar qo`shini Parijni egalladi. Senat Burbonlar sulolasini
hokimiyatga tikladi. Lyudovik XVI ning ukasi graf Provanskiy Lyudovik XVIII nomi bilan
Fransiya taxtiga o`tirdi. 1814 yilda Parij tinchlik shartnomasiga ko`ra Fransiya 1792 yilgi
chcgaralariga qaytarildi. Napoleon Elba oroliga surgun qilindi.
Napoleon ustidan g`alaba qilgan 4 asosiy davlat: Rossiya, Angliya, Prussiya, Avstriya vakillari 1814 yil 1 sentyabrdan 1815 yil 9 iyunigacha bo`lgan vaqt davomida Yevropadagi siyosiy holatni tartibga solish uchun Venada kongress chaqirdilar. Ular "legitimizm" prinsipini ya`ni, hokimiyatning yo`qotgan monarxlarni hokimiyatga tiklash uchun harakat qilayotgan bir vaqtda, 1815 yil 1-martda Napoleon Bonapart 1000 kishilik qo`shin bilan Parijga keiayotganligi haqida xabar tarqaladi. 20 martda Napoleon Fransiya taxtini egalladi. Napoleonga qarshi tezda 7-koalitsiya tuzildi. Unga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va boshqa davlatlar kiradi. Juda katta harbiy ustunlikka ega bo`lgan koalitsiya qo`shinlari 18 iyun kuni Bryussel yaqinidagi Veterloo qishlog`ida Napoleon qo`shinini tor-mor etadi. 22 iyunda o`zining yangi 100 kunlik boshqaruvidan so`ng Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo`Idi va Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi. Fransiyaga yangidan kontributsiya solindi.
Bcna kongressi qarorlari Yevropada dvoryan-monarxik reaksiyaning kuchayishiga sabab bo`Idi. Tnqilobiy va milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Yevropa davlatlarining reaksion hukumatlari o`zaro "Muqaddas ittifoq" deb atalgan ittifoq luzdilar. 1815 yil 26 senlyabrda Aleksandr 1 tomonidan tayyorlangan bu hujjat Angliya va Turkiyadan tashqari barcha monarxik davlatlar tomonidan imzolandi. Unung a`zolari sof birodariik va xristian dini prinsiplaridan kelib chiqqan holda bir-birini qo`llab-quvvatlash majburiyatini oldilar.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling