Xx asr Adabiyoti. Jadid Adabiyoti 18 asr ohiri 19 asr boshlarida taʼlim, ilm-fan sohasidagi oqim


Download 289.47 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi289.47 Kb.
#1647604
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1440670991 61534


XX Asr Adabiyoti. Jadid Adabiyoti
18 asr ohiri 19 asr boshlarida taʼlim, ilm-fan sohasidagi oqim.

Reja:

  • Jadid adabiyotining boshlanishi.
  • Jadidchilarning asosiy gʻoya va maqsadlari
  • Jadidchilik oqimining asoschisi
  • Jadidchilar va ular haqida ma’lumot.
  • Harakatlar natijasi.
  • Test

Jadidchilik (arab, jadid - yangi) — 19-a. oxiri 20-a. boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. J. dastlab 19-a.ning 80-y.larida Krimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari oʻrtasida vujudga keldi. J. harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. J. harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gaz. va jur.lar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.


Download 289.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling