Xx asr Adabiyoti. Jadid Adabiyoti 18 asr ohiri 19 asr boshlarida taʼlim, ilm-fan sohasidagi oqim


Download 289.47 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi289.47 Kb.
#1647604
1   2   3   4   5
Bog'liq
1440670991 61534

"Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini" (Istan-bul, 1885) asarida esa sotsializm gʻoyalari b-n bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga oʻzi keldi, Buxoro, Samarkand, Toshkentda boʻlib, taraqqiyparvar ziyolilar b-n uchrashuvlar oʻtkazdi. G. jadidchilik gʻoyalarini kengroq yoyish uchun "Tarjimon" (1883 y. 10 alr. dan), "Millat" (1908), "Bolalar olami" (1908—15), "Uygʻonish" (Qohira, 1908, arab tilida) gaz.lari, "Ayollar olami" jur. (1908—10), "Xa-xa-xa!" hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun "Xoʻjai sibyon" ("Bolalar muallimi") darsligini, "Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoʻldosh" (1898) kitobini yozdi. G. musulmon milliy ozodlik harakatining yoʻlboshchisi sifatida tanildi. U Kavkaz, Volgaboʻyi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqirishga harakat qildi. Butun Rossiya musulmonlari 3 ta kongressi ishida faol qatnashdi (1905—06). Dastlabki umummusulmon siyosiy partiyasi "Ittifoq ul-muslimin"ni tuzish tashabbuskorlaridan biri boʻldi (1906). "Dor ul-rohat musulmonlari" ilmiyfantastik asari, "Yuz yildan soʻng . 2000sana" badiiy-publitsistik romani, "Turkiston ulamosi" kitobining muallifi.

Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar), Jadidchilar:

  • Siddiqiy Ajziy
  • Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan.

  • Karimbek Kamiy
  • Karimbek Sharifbek oʻgʻli Kamiy — Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.

  • Mahmudhoʻja Behbudiy
  • Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.

  • Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli

  • Download 289.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling