Xx asr boshida Xitoy Sinxay inqilobi Reja
Sun Yat Senning Prezident etib saylanishi
Download 29.04 Kb.
|
XX asr boshida Xitoy Sinxay inqilobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuan Shikay diktaturasi
Sun Yat Senning Prezident etib saylanishi
Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866—1925) Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90-yillarning boshida Gonkong (Syangan)da ingliz tibbiyot institutini tamomladi. Keyingi hayotini u siyosiy soha bilan bog`ladi. Sun Yat Sen 1905- yil avgust oyida «Xitoy uyushmalari ittifoqi» (Tunminxay) degan siyosiy tashkilot tuzdi. Yirik shaharlarda bu ittifoqning yashirin bo`limlari ochildi. Ittifoq 1905- yil noyabrida «Minbao» (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi. «Ittifoq» Sun Yat Sen rahbarligida dastur qabul qildi. Dasturda Sin monarxiyasini ag`darib tashlash, Xitoyda Respublika ta'sis etish va yerga egalik huquqini tenglashtirish, mustaqillikni tiklash, millatparvarlik, demokratiya va xalq farovonligi talab etilgan edi. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xitoyda yerga egalik huquqini tenglashtirish yo`li bilan, ijtimoiy adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi. 1911- yil 25- dekabrda ko`p yillik muhojirlikdan so`ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi. Uni xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29- dekabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to`plandi. Millat Majlisi Xitoyni Respublika deb e'lon qildi va muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha Prezidenti etib sayladi. 1912- yil 1- yanvardan Sun Yat Sen o`z prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Millat Majlisi vaqtincha qabul qilgan Konstitutsiyada barcha fuqarolarning tengligi va turli demokratik erkinliklar e'lon qilinsa-da, dehqonlarning orzutilaklarini ifoda etuvchi «yerga egalik qilishda teng huquqli bo'lish» shiori Konstitutsiyada ham, Millat Majlisining ko'rgan.choratadbirlarida ham o`z aksini topmadi. Buning sababi — yerga egalik qilishda teng huquqqa ega bo`lishga qarshi kuchlarning katta mavqega ega bo`lganligi edi. Yuan Shikay diktaturasi Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Ularning biri—Xitoy Respublikasi hokimiyati, ikkinchisi — Shimolda saqlanib qolgan imperator hokimiyati edi. Pekindagi imperator hukumatining boshlig`i Yuan Shikay edi. Chet el monopolistlarini Xitoydagi mavqelarining qay ahvolda qolishi tashvishga solib qo`ydi. Shu sababli ular turli bahonalar bilan Xitoyning ichki ishlariga tobora ko`proq aralasha boshladilar. Xorijlik bosqinchilar Xitoydagi inqilobni qurol kuchi bilan bostirish maqsadida o`z kuchlarini birlashtirishga erishdilar. Rivojlangan xorijiy davlatlarning Pekin hukumatini qo`llabquwatlashdan maqsadi Xitoyning ichki ishlariga o`z bilganicha aralashish edi. Biroq bu Xitoyda umumiy norozilik keltirib chiqardi. Aholi chet el tovarlarini boykot qila boshladilar. Shunday sharoitda reaksiya Bosh vazir Yuan Shikay atrofiga birlashdi. Pekin saroy ahli unga monarxiyaning homiysi—xaloskori deb qarar edi. Biroq Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912- yil 12- fevral kuni Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi. Hukmron tabaqalar butun hokimiyatni unga topshirishga urindilar. Yuan Shikay Nankinda hukumat tuzdi. Bu orada, xorijiy davlatlar ham Sun Yat Senning hukumat «tepasidan» ketishini ochiqdan ochiq talab qildilar va Xitoyga intervensiya uyushtirishga oshkora tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida 1912- yil 1aprelda Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur bo`ldi. Hokimiyat «tepasiga» kelgan Yuan Shikay demokratik erkinliklarni yo`qqa chiqara boshladi. U ishni, awalo, inqilob qo`shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan boshladi. Hukumatga qarshi tuzilgan har qanday guruh a'zolarining taqdiri o`lim bilan yakunlanardi. Har bir qishloqda jazo ekspeditsiyasi ish ko`radigan bo`ldi. Ayni vaqtda «Birlashgan ittifoq» bilan liberal guruhlar qo`shilib 1912- yil avgustida Gomindan (Milliy partiya)ni tuzdilar, partiya boshqaruvi raisligiga Sun Yat Sen saylandi. Aksilinqilobning g`alabasidan ruhlangan Yuan Shikay Millat Majlisini o`zini besh yil muddatga Prezident etib saylashga majbur qildi. Yuan Shikay buyuk davlatlar bilan yangi asoratli qarz to`g`risida shartnoma imzoladi. Shundan so`ng xorijiy davlatlar Xitoy Respublikasini tan olganliklarini ma'lum qildilar. Xitoyning iqtisodiy ahvoli og`irlashdi. Sun Yat Sen xitoy xalqini qo`zg`olon boshlashga undadi. 1913- yil yozida Xitoyning janubida hukumatning reaksion siyosatiga qarshi «Ikkinchi inqilob» deb nomlangan qo`zg`olon boshlanib ketdi. Qo`zg`olonga Sun Yat Sen boshchilik qildi. Biroq, kuchlar teng bo`lmaganligi, qo`zg`olonchilar zamonaviy qurollar bilan ta'minlanmaganliklari tufayli chet el davlatlaridan harbiy madad olgan hukumat qo`shinlari tomonidan «Ikkinchi inqilob» harakati tor-mor etildi. 1914- yil mart oyida Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi. Unda «Yangi Xitoy Konstitutsiyasi» qabul qilindi. To`plangan odamlar uning so`zini «ikki» qilmaydiganlar edi. Yuan Shikay Prezident sifatida cheklanmagan hokimiyatga ega bo`ldi. Harbiy diktatura o`rnatildi. Respublika boshqaruv organlari tugatildi. Bu hol amalda 1911- yil «Sinxay inqilobi»ning mag`lubiyati edi. Sinxay — sinxay o`zbek, tilida «yil» degan ma'noni, anglatadi. Xitoy oy kalendariga ko`ra inqilob bir yil davom etgani uchun u Sinxay (bir yil davom etgan inqilob) deb atalgan. Muvaffaqiyatidan keyin Vuchan qo'zg'oloni, javoblar butun Xitoydan keldi, 1911 yil noyabr oyida, yigirma to'rtta viloyatlar mamlakat ajralib chiqdi Tsing hukumati. Ushbu vaziyatni ko'rib, Royalistlar partiyasi ning Tsin sulolasi kutib olish uchun fitna uyushtirdi Syuantun imperatori poytaxtni Kulunda qurish uchun (hozirda) g'arbga qarab harakat qilish Ulan-Bator ning Mo'g'uliston ) yoki Altay shimoli-g'arbiy qismini topshirib, inqilobiy armiyaga qarshi turishni davom ettiradi. Vuxandagi Inqilobiy partiyaning a'zolari bu holatdan xabar topgach, darhol Shinjondagi a'zolariga xabar berishdi va 1911 yil 28-noyabrda Shinjonda Sinxay inqilobi boshlandi.[5] JangOxirgi Gansu Shinjon viloyati gubernatori (Of 甘肃 巡抚) Qing Yuan Dahua (袁 大化) qochib, o'z iste'fosini topshirdi Yang Zengxin, shimol va janubdagi barcha etnik guruhlar odamlarining qarshiligi va kurashi tufayli Tyanshan tog'lari, Yuan "inqilobchilar bilan muomala qila olmaydi, shamolni eshitadi va o'tni yo'qotadi" (穷于应付, 闻风丧胆),[6] va nihoyat "qochishga majbur bo'ldi Shanxay dovoni ",[7] boshqa tomondan, u Xitoy Respublikasi uchun ishlashni xohlamadi.[8] Ili inqilobchilari va Gelaohui keyin Yang tomonidan bostirilgan.[9] Yang tayinlandi Ma Fuxing 2000 kishilik harbiy qo'mondon sifatida Xitoy musulmoni qo'shinlari, Yangning raqiblarini tor-mor etish uchun. Prezident Yuan Shikai uning hukmronligini tan olib, uni Shinjonning viloyat hokimi etib tayinladi.[10] Inqilobchilar yangi ko'p tilli ommaviy axborot vositalarini chop etishdi.[11] Download 29.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling