Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


Download 0.68 Mb.
bet28/40
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1607748
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
XX asr boshlarida o‘zbek musiqasi

Simfonik poema
Poema (yunon tilida “yaratish”, fransuz tilida poeme – cholg‘u yoki ovozli bir qismli musiqiy asar). Professional kompozitorlarning ijodida shakllangan janrlardan biri. Jahon musiqa tarixida asrlar davomida yakka cholg‘u, cholg‘u ansambl va orkestrlar uchun, hamda ovozli (vokal) programmali yoki noprogrammali poemalar mavjud. Poema shaklan bir qismli asar bo‘lsada, lekin uning ichki tuzilishi oddiy bir mavzuli yoki oddiy uch qismli yoki “sonata allegrosi” shaklida yoziladi.
XX asrning 50-yillaridan boshlab O‘zbekiston kompozitorlari poema janriga ham murojaat qila boshladilar. Ular poema, poema-ballada, poema-rapsodiya kabi turlarida xalqimizning fidokorona mehnat jasoratlarini, shodu-xurram bayramlarini, ozodlik uchun kurashlarini, dahshatli urush voqealarini, o‘tmish dostonlarini, xalqlarning orzu-umidlarini va insonlarning shaxsiy, ruhiy kechinmalarini ifodalashga harakat qildilar. O‘zbek kompozitorlari milliy ruhda poema yaratishda murakkab hisoblangan “sonata allegrosi” shaklini qo‘llashda izlandilar va original simfonik poemalar yaratishga muyassar bo‘ldilar. Jumladan: A.F.Kozlovskiyning o‘zbek xalq mumtoz kuyi asosida yaratgan “Tanovar” va “Bayram tantanasi”; D.Zokirovning “Hamza”; H.Rahimovning “Yoshlik”; G‘.Qodirovning “Poema-ballada”; S.Boboyevning “Segoh”; I.Akbarovning “Shoir xotirasiga” va “Epik poema” hamda torli cholg‘u orkestr, fleyta, arfa, litavra uchun “Poema” asarlari; B.F.Gienkoning “Mirzacho‘l; M.Ashrafiyning “Temur Malik»” poema-rapsodiyasi; S.Yudakovning “Yoshlar poemasi”; T.Qurbonovning “Osiyo”; N.Muhammadiyevning “Simfonik poema”si; M.Tojiyevning “Shoir muhabbati”; R.Abdullayevning uchta simfonik poemalari va “Alisher Navoiy”; P.Xaliqovning “Saodat”; E.Salixovning “Erjigitovning jasorati” va “General Rahimovni xotiralab”, M.Mahmudovning “Xotira”; N.Zokirovning “Mening Vatanim”; U.Musayevning “Tantanavor”; A.Mansurovning “Simfonik poema”si; N.G‘iyosovning “Poema improvizatsiya”si; M.Bofoyevning “Shiroq haqidagi afsona”; A.Hasanovning “Simfonik poema”si; A.Hoshimovning “G‘ani botir” kabi simfonik poemalari jamoatchilikning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘ldi va simfonik orkestrlarning repertuarlarini boyitdi.
Yillar davomida o‘zbek kompozitorlari ijodida bunyodga kelgan simfonik poemalar o‘zining badiiy obrazlari bilan bir-biridan farq qilsada, har bir kompozitor simfonik poema yaratishda o‘z shaxsiy professionallik mahoratiga va dunyoqarashiga xos bo‘lgan individual uslubini topishga harakat qilgan.
Bunga bir misol. Asrlar davomida o‘zbek xalqining qalbini ruhlantirib kelayotgan ashulalardan biri “Tanovar”dir. Bu ajoyib xalq kuyini kompozitor A.Kozlovskiy 1939-yili mashhur xonanda Halima Nosirova ijrosida ilk bor tinglab, ta’kidlashicha “Kuyga oshiq bo‘lgan va rus tiliga tarjima qilib, nota olgan”:

[1] R.M.Glierning “Ферганский праздник” uvеrtyurаsi 1941-yilning 20-mаrtidа Аmеrikаning Chikаgо shаhridаgi simfоnik оrkеstri Fridеrik Stоkning dirijyorligidа ijrо etilgаn. O‘zbеk simfоnik musiqаsi ilk bоr chеt eldа ijrо qilindi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling