Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi
Download 214.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simfonik musiqa
- Vokal musiqa.
- Kino musiqa.
Musiqali drama. Xalq an’analarini, qadriyat va udumlarini saqlagan holda xalq orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan janr – musiqali drama janri izchil rivoj topdi. Mazkur janrda yaratilgan dastlabki asarlarning aksariyati ikki muallifli, ya’ni kompozitor va bastakor hamkorligi asosida yaratilgan bo‘lsa, endi ushbu holat yakka mualliflik bilan chegaralanadigan bo‘lgan edi. Boisi, o‘zbek bastakorlari ham endilikda ko‘p ovozli musiqa asosida yirik janrlarda tajriba to‘plab bo‘lgan, mustaqil ijod namunalarini namoyish etish imkoniyatiga ega edilar.
Simfonik musiqa. Simfonik musiqa sohasida benihoya ulkan yutuqlar sari yuz tutilgan edi. Eng ahamiyatga molik jihati shunda ediki, o‘zbek musiqa san’atida “milliy simfonizm” tushunchasi shakllanib, kompozitorlar simfonik fikrlash borasida yangi uslublarni qo‘lga kiritgan edilar. Syuita, poema, uvertyura, konsert, simfoniya va simfonietta kabi janrlarning qamrovi ham kengaya bordi. Bu janrlarda ustunlik qilgan holat – asarlarning dasturliligi bo‘ldi. Vokal musiqa. Mazkur davrda samarali ijod vokal musiqada ham kuzatildi. Muhim bosqich sifatida Mutal Burhonovning “Jo‘rsiz xorlar” (1953 y.) to‘plamini alohida e’tirof etib o‘tmoq lozim. Ushbu to‘plam bugungi kunda ham xor dirijyorligi yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun eng asosiy muhim qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. Kino musiqa. Yuqorida to‘xtalib o‘tilgan janrlar orasida musiqa amaliyotiga yangi yo‘nalish sifatida kirib kelgan janr – bu kino musiqasi bo‘ldi. Shakllanishi biroz kechroq bo‘lishiga qaramasdan, ko‘plab kompozitorlarda qiziqish uyg‘otdi va yaqin yillarda eng noyob musiqiy namunalar yaratildi. Bular: Mutal Burhonov musiqasi asosida “Abu Ali ibn Sino”, Ikrom Akbarov musiqasi asosida “Hamza”, “Sinchalak”, “Sen yetim emassan”, Mutal Burhonov musiqasi asosida “Samolyotlar qo‘nmadi” kabi kinofilmlar. O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasining faoliyatida ham ushbu davrda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Kompozitorlar yangicha ish shaklini yo‘lga qo‘ya boshladilar, xalq ma’naviy ehtiyojini o‘rganish asosida asarlar yaratilar, ularning ommaviy muhokamasi amalga oshirilar edi. Ushbu davrda uyushma tomonidan forumlar, anjumanlar o‘tkazilishi an’ana tusiga kirib ulgurgan edi. Download 214.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling