Xx asr boshlarida turkistonda jadid matbuoti


II BOB. JADIDCHILIK ADABIYOTI


Download 1.17 Mb.
bet4/7
Sana28.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1305018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JADID MATBUOTI

II BOB. JADIDCHILIK ADABIYOTI.
Jadid adabiyoti to‘lig‘icha millatni uyg‘otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta’sir ko‘rsatish imkoniyati kattaroq bo‘lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlar orqali ifodalashga urindilar. Yana bir muhim jihat shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas, balki jamoatchi ham edilar.Ular faqat qalami bilan emas, balki ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy amali bilan ham millatni uyg‘otishga jahd qilgandilar. Agar ma’rifatchilar ko‘p asrlik milliy adabiyotga yangi mavzular olib kirgan bo‘lsa, jadidlar o‘zbek adabiyotiga drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar.
2.1 Jadid adabiyoti haqida ayrim qaydlar
Jadidchilikning ruhi va mazmunini o‘zida bekamu ko‘st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o‘ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko'ra u qadar yuksak emas, g'oyalar yaydoq beriladi. Yalang‘och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko'zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatdan to'laqonli adabiyotga aylandi. Jadid adabiyotining birinchi bosqichi — 1905— 1917-yillar adabiyotida Turkiston jadidchiligining quyidagi xususiyatlari o ‘z ifodasini topdi:
1. M a’rifatga maqsad emas, vosita sifatida qarash. Avloniy yozadi:
O’qiganni birimi Ahmadjon,
Yegali uyida topilmas non.8
Ko‘nikma va sharqona aqida bo'yicha m a’rifatli kishi sarvatli va baxtli bo'lishi lozim edi. Bu tushuncha o ‘zgardi. Demak, birgina ilm -m a’rifat baxt berolmaydi. U istiqlol yo‘lida vosita bo‘lishi, nari borsa, unga yordam berishi mumkin, xolos. Asosiy gap boshqa yerda. Uning 1913-yilda bosilib chiqqan «Turkiy guliston yoxud axloq»ida ham shunga yaqin gap bor edi: «Bobolarimizning «bo'lsa bo'lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketan» zamonlari o‘tub, o'rniga «bilgan bilar, bilmagan yitar» zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug'doy ekub, yigirma qadoq bug'doy olurlar. Yevropalilar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar! Ammo, biz osiyolilar, xususan turkistonlilar, dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berub, sut oshiymiz, non o ‘rniga kesak tishlaymiz! So‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g'ayrat lozimdur...».
Hamzaning bu masaladagi fikri mutlaqo aniq va keskin: Boylar boy o‘lur ilmsiz yashab,
Oriqlarini semizi oshab...9
«Hokimlar va tobelar» — «kuchlilar va kuchsizlar» o'rtasidagi munosabatlar Avloniy she’rlaridan keng o‘rin oldi. Shoir bu munosabatlarni insoniy mazmundan tamom xoli topdi. Negaki, ular yirtqich hayvonlarning zo'ri ojizini mahv etish asosiga qurilgan kun kechirish tarzini eslatadi... «Inson kabi o'z ahlina darranda ko‘rmadim», — deb yozadi shoir. Jamiyat odamlarni darrandaga aylantirgan. To'g'ri, «inson — darranda» so'zlashadigan, fikrlaydigan yirtqichdir. U insof va vijdondan lof uradi. Do'stlik, birodarlikni o'rtaga qo'yadi. Egnidan taqvo libosi tushmaydi. Lekin yirtqich. Faqat yirtqichligini o'ta ustamonlik bilan bekitgan, ko'rinishda g'oyat beozor. Hamza ham masalaning xuddi shu jihatiga — «oriqlarini semizi oshashi»ga alohida ahamiyat bergan edi. Shunday qilib, har ikki shoir Rusiya — Turkiston munosabatlaridagi nozik jihatlami payqay oldilar va to'g'ri baho berdilar. Avloniy masalaga chuqurroq ko'z tashlaydi. Bu holni birgina millat ichida emas, millatlar orasida ham ko'radi. Masalan, mamlakatlar orasida bo'lib turadigan urushlarni shuning bir ko‘rinishi deb hisoblaydi. «Biroq, bu kunda madaniy millatlar urushlarini tijorat va sanoatga aylandurdilar,-deb yozadi adib va bu soyada bir-birlariga g'alaba va raqobat qila boshladilar. Sehrgar(lik) va jodugarlik ila emas, tijorat va sanoatgirlik ila cholishqon Yevrupo Afriko va Osiyoni o ‘ziga asir va musaxxar qilmakdadur». «Kuchli millatlar — «Jahon Jayhunlari», «kuchsizlar» — ularga luqma, «tu’mai tayyor». Ko‘hna dunyoning yangi mo'jizasi — shunday. Shoirning «Biz millat» she’rida shu haqda gap ketadi. Erksizlikni, mustamlaka idora usulini anglash, uning sabablarini va undan qutulish yo'llarini izlash. Behbudiy yozadi: «...vale hozir bizni ixtilofimiz sabab mustamlakot qoidasi ila idora eturlar.10
Bu fikrlar shoiraning «Qarolar falsafasi»da o'zining yana ham kengroq ifodasini topgan. Muallif mustamlakachilikning siyosiy, axloqiy asoslarini g'ayriinsoniy deb biladi. Xilma-xil faktlar, qiyoslar, mantiqiv umumlashmalar orqali ozod va mustaqil Turkiston g'oyasini ilgari suradi. Uning ayrim dalillariga e’tibor qilaylik:
1. Adolatni podshoh berolmaydi, negaki, hech bir shoh odil bo'lolmaydi («odil podshoh bo'lmas», «podshoh bo'lgan shaxs odil bo'lmas va adlni uddasidan chiqmas»). Zulm va zulmatni esa faqat adolat bilangina yengish mumkin.
2. Najot yo'li bitta—kurash («muboraza»). Lekin bu diniy kurash («qazot», «jahriyot») emas. Aksincha, u mazmundan uzoq («shayx va so'fiylardan yiroq»), ommaviy («aqlu idrok va jamoatga takya qilib») kurash, birgalashib kurashish («Yakkalikdan hazar qilmoq»). Va nihoyat, hukmron millatga qarshi kurash («zolimlarga qarshi muboraza qilmoq»).
Siddiqiy-Ajziyning «Mir’oti ibrat»11 dostonining ham asosiy pafosi-mavjud jamiyatni inkor etish, jaholat va zulmga chulg'angan Vatanni ozod qilish. Nomiq Kamolning «Ro‘yo», Tavfiq Fikratning «Tarixi qadim» asarlari ta’siri sezilib turadigan bu dostonda shoir yurtining porloq istiqboli haqida so‘z ochadi. Xayoliy bir voqea («fasona») vositasida Samarqandning o‘sha kunlardagi realistik manzarasini chizib beradi.
Muallif masalani juda keskin qo'yadi. Uningcha, bugungi avlod tarixning shunday bir chorrahasida turibdiki, uning baxtu iqbolga erishishi yoxud halokatga uchrashi mutlaqo hozirgi tanlaydigan yo'liga bog'liq. Bir narsa juda ravshan: endi bu holda yashab bo'lmaydi («Mushkul bu ravish-la bo‘yla raftor»). Muallif fikricha, quyidagi uch narsa millatni ham, Vatanni ham barbod qiladi. Va ularning uchalasi ham Turkistonda mavjud:
Uch ish-la o‘lur xarob olam,
Dut bu so‘zumi qulog‘a mahkam.
Tahsili ulumi noqis etmak,
Ham mavoizing kanora otmak.
Al chekmak erur dag‘i funundan,
Bu hibsi natijai junundan.
Shoir «din ilmi»ni ham ko‘zda tutadi, albatta va bularning barchasini millatning hayot-mamoti uchun zarur bo’lgan ibtidoiy bosh unsur deb tushunadi. Xorazmda-chi? U yerda bu masalaga munosabat qanday edi? Bayoniyni eshitib ko‘raylik:
Ne shariatga, ne zakunga amal aylab ul on,
Mustabidlar javridin bexonumon o‘ldi jahon...
Qaysi bir fe’lini aylarman bu avroq ichra daij,
Mustabidlar javridin bexonumon o‘ldi jahon. 12

Yuqorida nomi zikr etilgan Azmiy-Aziziyning 1917-yilda bosilgan «Yangi shugufa yoxud milliy adabiyot» kitobidagi she’rlarida, birinchi navbatda, millatning o‘z huquqini anglashi va talab qilishi lozimligi aytiladi. U ko‘rib o'tganimizdek, hurriyatni tinch, osoyishta, parlamentar yo'llar bilan egallash lozimligini uqtiradi.


3. Millat ozod va mustaqil bo'lishi kerak. o‘z milliy vataniga, tiliga, ilm-faniga, qonun-qoidasiga ega bo'lmog'i lozim. Bularsiz hech bir millatning kelajagi yo'q. Siddiqiy-Ajziy yuqorida tilga olingan; «Mir’oti ibrat» dostonida «Nima qilmoq kerak?» degan savolga shunday javob beradi:
Ilmi ala olmoq va fununni,
Davlatni, lisonni, zakunni,
Har qavm bulardin o'ldi mahrum,
Istiqboli holidin o'lur shum.13

4. Jadidchilik dinni rad etmadi. Aksincha uni taraqqiy qildirish yo'lidan bordi. Jadidlaming katta qismi jumhuriy idora usulini qo'llab chiqqan bo’lsalar-da, uning mutlaqo shar’iy asoslarga qurilishini orzu qildilar. Biroq bu shar’iy davlat mutaassiblikdan tamoman xoli bo’lmog‘i lozim edi.


Behbudiy 1906-yili chiqqan «Kitobi muntaxabi jug‘rofiyayi umumiy» darsligida «Dinsiz dunyoda yashamoq insoniyat va madaniyatdan emas, hayvonlikdur. Dinsiz mutamaddun (madaniyatli) bo'lmoq maholdur. Jamiyyati bashariyaning barqaror turmakiqa din, shar’ (shariat), nizom va bularni boshqarquvchilari birinchi sababdur» deb yozadi.
«Sadoyi Turkiston» gazetasi «Jadidning ma'nosi dinga rivoj bermoq va millati islomni taraqqiy qildirmoq usulidur (1914-yil, 12-son), deb yozgan edi.
6 . Adabiyotda Vatan va unga muhabbat mavzusi keng ishlandi. Awalo, aytish kerakki, Vatan bu davr ijodkorlarida juda aniq tushuncha. «Наг bir kishining tug‘ulub o‘skon shahar va mamlakatini shu kishining Vatani deyilur», — deb yozadi Avloniy «Turkiy Guliston....»da. O'ratepada tug'ilgan, 1816- yildan to umrining oxirigacha Qo'qonda yashagan Dilshod har ikki yurtni o'ziga «mulku makon», har ikki elga o‘zini «farzand» deb bildi.
Demak, Vatan tor ma’noda o‘zi tug‘ilib o‘sgan, keng manoda xalqi yashayotgan yurt. Vatanni shunchaki sevib bo'Imaydi. Uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Bu ham kifoya emas. Chinakam muhabbat uni yana ham go'zalroq, yana ham mukammalroq, yana ham ulug'vorroq qilishga undashi kerak. Bu esa kurash demakdir. Vatan ozodligi masalasining, aslida, boshlanish nuqtalaridan bo'lgan bu narsa shoirdan faxr yonida qahrning ham bo'lishini talab qiladi.
Jadid she’riyatida davr voqealari Turkistondagi jadidlar 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushining imperialistik mohiyatini anglab yetdilar. Jadid adabiyotida bu mavzu keng ifodasini topdi.14



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling