Xx asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining hamma sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib kеldi
Download 198.27 Kb.
|
Kurs Ishi 1
Boshqaruv funksiyalari
Ushbu barcha funksiyalar turistik korxona uchun muhim sanaladi, ammo rejalashtirish funksiyasi boshqa qolgan funksiyalarning negizini tashkil qiladi va ularning eng muhimi bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar ajratiladi va ular quyidagicha guruhlarda bo‘ladi: -boshqarishning iqtisodiy funksiyalari (mablag‘larning doiraviy oborotini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k); -boshqarishning sotsial yoki ijtimoiy funksiyalari (mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyoji, sotsial, madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.); -boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari (xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, adolat tuyg‘usi, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k.); -boshqarishning tashkiliy funksiyalari (ishlab chiqarishni tashkil qilish, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo‘g‘in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.). Har bir hududda turizmning rivojlanishi udagi turistik resurslarga bevosita bog‘liq bo‘lib, bunday turistik resurslar turizmni tashkil etish asosi bo‘lib sanaladi. Shuning uchun ham, hududda turizmni yuqori cho‘qqiga olib chiqish turistik resurslarni har tomonlama o‘rganish, baholash, imkoniyatlar va kamchiliklarni tahlil etish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita ushbu ishlarni to‘la amalga oshirish “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi mas’uliyatiga topshirilgan. Bu kompaniya davlat miqyosdagi turizmni boshqarishning umumiy va yagona funksiyalarini bajarib kelmoqda. Umuman olganda, menejment har bir turistik korxona va hududning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shulardan kelib chiqib, menejmentning barcha yo‘nalishlardagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: -sohada yuqori samaradorlikka erishish; -tabiiy potensiallardan to‘g‘ri foydalana olish; -sohaning sifatli va unumli boshqarilishiga erishish. 3.Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvning asosiy funksiyalari Boshqaruv jarayonlari asosiy va aniq funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu umumiy va maxsus funksiyalar sifatida qaraladi. Boshqaruvning asosiy funksiyalari maqsadga yo‘naltiruvchi va tashkiliy hisoblanadi. Asosiy funksiyalar qatoriga turizm va mehmonxona xo‘jaligidagi quyidagi funksiyalarni kiritish mumkin: -tashkil etish; -rejalashtirish (marketing, bashoratlash va reja tuzish); -moliyalashtirish; -nazorat; -hisob-kitob; -tashkil etish; -muvofiqlashtirish; -rag‘batlantirish (motivatsiyalashtirish va moyillash) Boshqaruvning tashkil etish, motivatsiya va nazorat funksiyalari turistik korxonaning taktik va strategik rejalarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Turizm tizimini boshqarish oldindan strategik ko‘ra bilishga asoslangan bo‘lishi kerak. Menejmentning asosiy g‘oyasi bo‘lishi mumkin hodisaning oldindan ko‘ra bilish asosida turistik firmaning siyosati ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirish jarayoni quyidagi uchta savolga javob beradi: -hozirgi vaqtda biz qaerdamiz (afzallik va kamchiliklarni aniqlash)? -atrof-muhitga baho berib, qaysi yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz? (raqobatchilar, texnologiya va iqtisodiy vaziyat) -ko‘zlangan natijaga qanday erishmoqchimiz? Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvning tashkil qilish funksiyasi ma’lum bir tuzilmani yaratish hisoblanadi. Bu funksiyada quyidagi savol qo‘yiladi: Tashkilotga kim kiradi va nima bilan shug‘ullanishi kerak. 4-rasm . Boshqaruv funksiyalari . Boshqaruv asosiy vazifalari Rasmdan ko‘rinib turibdiki, rag‘batlantirish funsiya boshqa funksiya, vazifalardan ustun bo‘lib turibdi. Chunki, boshqaruvda barcha funksiyalarning bajarilishi va ularning bir maromda borishi rag‘batlashtirish ko‘rinishidagi motivatsiya omiliga bog‘liq bo‘ladi. Rejalashtirish funksiyasi. Tashkil etish funksiyasi Rejalashtirish boshqaruv bosqichlaridan biri bo‘lib, bu bosqichda har qanday turistik strukturaning maqsadlari hamda ularga erishish usullari aniqlanadi. Ba’zi hollarda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishgach, turistik korxonaning faoliyati to‘xtatiladi, boshqa hollarda yangi muhimroq maqsadlar qo‘yiladi va rejalashtirishning bir martalik funksiyani aks ettirmaydi. Ushbu holat uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda ma’lum imkoniyatlar, shartlar va omillar evaziga firma faoliyatini takomillashtirishning yangi usullari va yo‘llarini o‘rganadi. Avvalo, turistik korxona siyosatining shakllanishi ko‘pincha yuqori darajali boshqaruv bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda turistik firma siyosatining hamma holatlari etakchi turistik tasavvur ko‘rinishida tasvirlanadi. Hamda etakchi turistik tasavvur uzoq muddatli maqsadlar, falsafa, korxona siyosati, korxona madaniyati va uning qonuniy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Demak, rejalashtirish funksiyasi quyidagi ish, vazifa va tadbirlarni o‘z ichiga oladi: -turizmni boshqaruvchi organlar tomonidan o‘rganilayotgan mintaqada turizmni rivojlantirish maqsadlarini qayta ishlashda ishtirok etish; -hududning joriy raqobatbardoshligi tahlilini (bozor, bevosita va bilvosita raqobatchilar, talab, ta’minotchilar va tarmoq) o‘tkazish; -mintaqaning raqobatbardoshliligi va alohida jihatlarini hisobga oluvchi strategiyani ishlab chiqish; -mintaqa raqobatbardoshligi strategiyasini hayotga tadbiq etish, avvalambor turistik korxonalarga innovatsion menejmentga o‘tkazish to‘g‘risida maslahat berish. Umuman, rejalashtirish jarayonida turistik korxonaning maqsadlari va ushbu maqsadlarga erishish uchun a’zolarning amalga oshiradigan ishlari to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bu ertangi kunga tayyorgarlik bo‘lib, talab qilinishi zarur vositalar va erishish yo‘llarini aniqlaydi. Ya’ni, rejalashtirish jarayonida quyidagi savollarga javob topish tilib qilinadi: -bugungi real holat qanaqa? -korxona maqsadlariga erishish uchun qanday yo‘lni tanlash kerak? -qanday usullar va resurslar vositasida qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin? Chunki, reja korxonaning kelajakdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini o‘zida aks ettiradi. Rejalashtirish jarayonining bosqichlari asosan ko‘p qirrali hisoblanadi. Muayyan usul va strategiyalar mohiyatan bir-biridan farqlanadi. Natijada, samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish belgilanadi. Bunda uning sifatiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish lozim. Download 198.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling