Xx asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining hamma sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib kеldi
Boshqaruv qarori sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Download 198.27 Kb.
|
Kurs Ishi 1
Boshqaruv qarori sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm va mehmonxona xo‘jaligi faoliyatida boshqaruv jarayonlarini modellashtirish orqali samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar majmuini ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. Demak, qaror qabul qilishning o‘zi boshqaruvning vaqt bosqichlarini aks ettiruvchi funksiyalar: rejalashtirish, boshqaruvni tashkil qilish va nazorat qilish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Odatda, korxona umumiy faoliyatini boshqarish uchun yagona rejani shakllantiradi, ammo undan chetlashmagan holda alohida menejerlar muayyan maqsad va vazifalarni bajarish uchun turli xil usullarni qo‘llaydilar. Xullas, aniq bir davr mobaynida turistik korxona o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘l xaritasi tuziladi. CHunki, rejalashtirishning har qanday vaziyatlarga mos keladigan yagona usuli mavjud emas. Turizm va mehmonxona xo‘jaligida taktik rejalashtirish strategik rejalashtirish bilan har tomonlama to‘g‘ri kelishi kerak. Bunda uchta turli bo‘limlarning boshliqlari mavjud bo‘lganda, ularning har biri o‘z faoliyatini qolgan ikkala bo‘lim boshliqlari bilan moslashtirishi kerak va bu rejada aks ettirilishi kerak. Taktik rejalashtirishning yana bir ma’suliyatli jihati taktik reja strategik reja g‘oyasi asosida tuzilishi kerak. Umuman, reja korxonaning quyi bo‘g‘inida amalga oshiriladi. Bu operativ reja sifatida rejalashtirishning asosiy negizi hisoblanadi. Operativ rejalarda faoliyat standartlari, ishlarning tavsifi va boshqalar bir tizimga solinadi. Bu tizim asosida har bir kishi umumiy va bosh maqsadga erishish uchun butun kuchini ishga soladi. Biroq, hech bir subyekt yakka holda maqsadlarini o‘rnatmaydi va ularga erishishning yo‘lini tanlamaydi. Har bir menejer operativ reja asosida o‘zining qisqa muddatli taktikasini ishlab chiqadi. Natijada, har bir faoliyatning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi, tashkilot faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaydi. Bunday yondashuv doimiy ravishda kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib beradi. Bu uchala turdagi rejalar umumiy tizimni tashkil qiladi va bu tizim bosh yoki umumiy rejani yoki “biznes-reja” deb izohlanadi. Demak, turizm va mehmonxona xo‘jaligida rejalashtirish va boshqaruv funksiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan quyidagi tamoyillarga tayanilganiga bog‘liq bo‘ladi: -to‘liqlik. Bunda rejalashtirish paytida korxonaning rivojlanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha hodisa va holatlar hisobga olinishi zarur; -aniqlik. Bunda rejalarni tuzishda bashoratning aniqligini ta’minlovchi zamonaviy usullar, vositalar va taktikalardan foydalanish lozim; -oshkoralik. Rejalashtirish maqsadi va usullari korxonaning har bir a’zosi uchun tushunarli, oson va sodda bo‘lishi kerak; -uzluksizlik. Bu bir martalik hujjat emas va uzluksiz jarayon; -tejamkorlik. Rejalashtirishga ketadigan xarajatlar undan keladigan foydadan kelib chiqishi lozim. Rejalashtirish menejerlar o‘z ishida qo‘llashi mumkin bo‘lgan barcha usullar, taktika va chora-tadbirlardan foydalanishni taqozo etadi. Rejalashtirish ko‘rinishlari an’anaviy usullar, ya’ni budjet, modellashtirish, rejaning har bir bo‘limini o‘yinlar nazariyasi va ssenariyni loyihalashtirish asosida ishlab chiqish usuli natijasida doimo o‘zgarib turadi. Bunday texnikadan foydalanish rejalashtirishdagi noaniqliklarni kamaytiradi, istiqbolning to‘g‘riligini tasdiqlaydi, menejerlarga rejaga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi. Turistik korxonalarda tuzilgan har qanday rejani tashkil etish uni shakllantirish bosqichi sanaladi. Bu bosqichda rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga real shart-sharoit yaratiladi. Masala korxona muammolarini echish uchun kerakli barcha vositalar bilan ta’minlovchi tarkibini yaratish haqida bo‘ladi. Tashkil etish funksiyasi har qanday turistik firmada boshqaruvning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy tomonlarining tartibga solishini ta’minlaydi. Bu esa menejer va boshqa ijro etuvchilarning faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Ma’lumki, barcha ishni kishilar amalga oshiradi. Bunda, funksiya orqali umumiy bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalardan aniq bir vazifani kim bajarishi va buning uchun qanday vositalar zarurligi aniqlanadi. Shakllantirish funksiyasi orqali maqsadga muvofiq ravishda munosabatlar va korxonaning boshqaruvi ro‘y berishi kerak. Shakllantirish – turistik korxona maqsadiga erishish vositasi bo‘lib, bu iqtisodiy nuqtai-nazaridan samaradorlikga olib keladi. Xodimni boshqarish nuqtai-nazaridan esa ishga ma’no beradi va ishni ijro etuvchilariga taqsimlab beradi. Turoperatorlar ishini tashkil etish misolida boshqaruvni tashkil etish funksiyasini yanada yaqqolroq tasavvur qilish mumkin. Ma’lumki, turoperator ishlab chiqarish, savdo va axborot bilan bog‘liq vazifalar va yangi hududni o‘zlashtirish, o‘rganish vazifalarini bajaradi. Ushbu vazifalarning barchasi bo‘yicha javobgar shaxslarni tayinlaydi va vazifalarni taqsimlaydi. Ya’ni, turistik firmaning barcha bo‘limlari o‘rtasidagi doimiy va vaqtinchalik o‘zaro munosabatlari va firma faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydi. Bu odamlar va vositalarni turistik firma maqsadlariga erishish yo‘lida birlashtirish jarayoni sanaladi. Turli xil rejalarga ega bo‘lgan, ammo ularni hayotga tadbiq qilish strukturasiga ega bo‘lmagan turistik firmaning ishi yurishmaydi. Rejalashtirish turistik firma maqsadlarini amalga oshirish uchun sahna tayyorlaydi. Boshqaruvning tashkil etish funksiyasi esa asosiy komponenti kishilar bo‘lgan ishchi tizimni yaratadi. Turistik firma rejalarini bajarish va maqsadlariga erishish uchun qator elementlarni shakllantirishi lozim. Turi va faoliyat masshtabidan qat’iy nazar, har qanday firma qaysidir darajada tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Tashkil etish funksiyasini bajarish davomida qo‘llash kerak bo‘lgan bir necha tamoyillar quyidagilardan iborat bo‘ladi: -rejaga kiritilgan firma maqsadlarini aniqlash; -maqsadlarga erishish uchun zaruriy faoliyat turlarini aniqlash; -individlarga (mehnat bo‘limlari) turli xil vazifalarni topshirish va ularni boshqaruvchi ishchi guruhini birlashtirish; -har bir guruhga topshirilgan turli faoliyat ko‘rinishlariga ishchilarning aloqasini o‘rnatish. Bunda kim rahbarlikni olib borayotganligini to‘g‘ri aniqlash, ya’ni guruhning har bir a’zosi nima qilishi kerakligi, qancha muddatda va unga kim rahbarlik qilayotganligini bilishi shart; -maqsadlar birligi. Bunda korxonaning har bir a’zosi umumiy maqsad uchun ishlaydi, ya’ni hech kim korxona maqsadlariga qarshi ish qilmasligi lozim. Shuni aytish lozimki, bitta menejer rahbarlik qilishi zarur bo‘lgan xodimlarning ideal miqdorini aniqlash oson emas. Real hayotda bu miqdor tashkilotdan tashkilot va boshqaruvning bir bo‘g‘inidan boshqasiga o‘tgan sari keskin farq qiladi. Boshqaruvning yuqori bo‘g‘indagilarning qo‘l ostida ko‘pi bilan 10 nafar xodim bo‘lsa, quyi bo‘g‘in rahbarlarining qo‘l ostida birmuncha ko‘proq xodim bo‘ladi. Mehmonxona biznesi sikli (rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalariga misollar). Eski shaharlarda 100.000 aholi yashagan va u muvozanatdagi iqtisodiyot bilan yashab kelgan. Iqtisodiy o‘sish davrida milliy kompaniya bu erda zavod kompleksi qurdi. Bu gap barcha kompaniyalar qulog‘iga yetib bordi. Barcha ishlagani eski shaharga kela boshladi. Shunda “Major” otelining vitse-prezidenti bilan bo‘lgan mitingida eski shaharga mehmonxona qurish masalasi qo‘yildi. Dastlabki tadqiqotlar hamda arxitektorning binoning xomaki chizmasi chizildi. Konsalting firmasidan yollangan mutaxassisning tadqiqotlari Majorning tadqiqotlariga mos keldi. Bularni ko‘rgan banki xodimlari “Major” boshqaruv a’zolariga tezda kredit olish to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlashlarini e’lon qildi. Majorning mitingida yangi binoni tezda qurish ishlarini boshlashga kelishib oladi. Ammo, boshqa otellarning ham eski shaharda bino qurilayotgani haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. “Major” 300 xonali mehmonxona qurishi haqida e’lon qilgan ediki, boshqa otellarda shunday e’lonlar paydo bo‘la boshladi. 18 oydan so‘ng, otel ochilishi bo‘lib o‘tadi va bosh menejer vitse-prezidentga quyidagicha hisobot beradi: “Minglab xonalar qurilishi ketyapdi. Buning xodimlarini raqobatchilarni o‘rganib kelishdi. “Magnificent” oteli keyingi yili shartnoma tuzish narxlarini pasaytirmoqchi, “Low Cost” esa uning keyingi oyda ochiladigan yangi oteli uchun savdo xodimlariga ish taklif qilyapdi. Bizning ishlarimiz ham yaxshi bo‘lib ketadi, chunki ishimiz puxta va sifatli. Ammo, buni dastlabki 1, 2 yoki 3 yillarda va’da berolmayman. Shundan so‘ng, eski shaharda turar-joy binosini qurish haqida e’lonlar chiqishi to‘xtadi”. Ushbu voqeaga to‘xtalganimizni sababi, bunday voqealar siklida mehmonxona qurish haqidagi qarorni mukammalligi, talab qilingan vaqt, dastlabki xarajatlar va ommaviy, korporativ hamda individual fikrlar qanchalik muhim ekanligini tushuntirish edi. Bu sikl shuni ko‘rsatadiki, talab oshgan paytda bu kabi veqealarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bozor to‘yinganligi aniq va ravshan bo‘lsada, boshqa bozorlarda to‘yinganlik darajasiga etish uchun talabga ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Ammo, ba’zi bozorlarda talab o‘sishda davom etadi va 3-5 yillikda yana qurish ishlari boshlanadi, bu vaqt barcha eski bozor qatnashuvchilari tomonidan birinchi marta omadi chopmagan yangi qatnashuvchilarga turtki berish uchun etadi. Barcha o‘sayotgan bozorda o‘z vakillariga ega bo‘lishni hohlaydi. Bizning misolimiz mahalliy bozorda bo‘lgan, ammo bu kattaroq bo‘lib, milliy bozorning bir qismida sodir bo‘ladi. Milliy gullab-yashnash davriga bog‘liq turli xil mahalliy voqealar ko‘pgina mahalliy bozorlarda qurilish shovqinini kuchaytirib yuboradi. Chunki, otel xonalariga bo‘lgan talab iqtisodiy o‘sishga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlarga bo‘lgan talabni rejalashtirish turistik firmaning kadrlarga bo‘lgan talabini aniqlash hisoblanadi va muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi. Korxonaning xodimlarga bo‘lgan talabi vaqt o‘tishi bilan bir qator ichki va tashqi omillar ta’siri ostida o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlar barcha vaqt turistik mahsulotga bo‘lgan talabning oshganligi yoki saqlanib qolganligini anglatmaydi. Avvalo, korxonaning mehnat resurslarga bo‘lgan ehtiyojini xizmatlarga bo‘lgan talab va mehnat unumdorligi bilan aniqlanadi. Xodimlar soni firmaning o‘z oldiga qo‘ygan miqdor va sifat bilan bog‘liq vazifalarni makon va zamonda amalga oshirish maqsadida aniqlanadi. Muvofiqlashtirish funksiyasi. Rag‘batlantirish funksiyasi. Nazorat funksiyasi Boshqaruv nazariyasi va amaliyotida xodimga bo‘lgan talabni aniqlashning bir necha usullari qo‘llaniladi. Turizm menejmentida iqtisodiy o‘lchov usuli va tendensiyalarni loyihalash usullarining ahamiyati katta. Iqtisodiy o‘lchov usuli bo‘yicha ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj kelajakdagi biror-bir yilga ko‘zlanayotgan talab darajasidan kelib chiqib aniqlanadi. Tendensiyalarni loyihalash usuli o‘tgan yildagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning tarkibiy strukturasini o‘zgarish tendensiyalari o‘rganiladi. Xodimga bo‘lgan talabni aniqlash faqat zarur ishchilar sonini aniqlovchi miqdoriy usullar bilan cheklanib qolmaydi. Bu jarayon ancha keng qamrovli jarayon bo‘lib, tizimli xarakterga ega bo‘ladi. Tashkiliy tarkib samaradorligida yaxshi tayyorlangan reja va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlangan bo‘lsa ham, xodimlarning mehnat motivatsiyasiz turistik firma hohlaganidek natijaga erisha olmaydi. Mehnat jamoasi a’zolari bularsiz o‘zlarining majburiyatlarini to‘liq bajara olmaydilar. Bu holat quyidagi savollar bilan izohlanadi: -nima uchun odamlar ishlashadi? -nima uchun biri yaxshi ishlaydi, ikkinchisi yomon? -odamlar yaxshi ishlashlari uchun nima qilish kerak? -ishlashga qanday hohish va ehtiyoj tug‘iladi? Ushbu savollarga javoblarni motivatsiya muammolarini o‘rgangandan so‘ng, olsa bo‘ladi. Rag‘batlantirish inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat. Motivatsiya bo‘lsa, korxona a’zolarining rejani bajarishi va ular bajarayotgan ishning topshirilgan majburiyatlarga mos kelishi sanaladi. Motivatsiya – bu turistik firmaning maqsadi, shuningdek shaxsiy maqsadlarga erishish va mehnat samaradorligini oshirish uchun ishchilarning faolligiga qaratilgan menejer ishi sanaladi. Menejmentda muammoni echish nuqtai-nazaridan motivatsiya quyidagi ikki aspektga bo‘linadi: -sayohat motivatsiyasi; -mehnat aloqalarining motivatsiyasi. Sayohat motivatsiyasida sayohat maqsadi to‘g‘risidagi axborot birinchi navbatda turistik bozorlarni to‘g‘ri tartiblarga ajratish va maqsadli bozorlarni aniqlash turistlar oqimi va mashrutlarini boshqarish modellarini ishlab chiqish asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir guruh a’zosi o‘zining va guruhdan tashqari sayohat motivatsiyasi bo‘ladi. Boshqaruvda nazorat turistik korxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta’minlovchi jarayon hisoblanadi. Boshqaruv nazoratining quyidagi uch qirrasi mavjud bo‘ladi: -standartlar o‘rnatilishi. Bu ma’lum vaqt oralig‘ida bajarilishi kerak bo‘lgan maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat; -erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish; -to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon. Bu qaror qabul qilish va aloqani (kommunikatsiya va axborot almashinuv) talab etadi. Nazorat yordamida nafaqat qarorlarda belgilangan vazifalardan chetga chiqish holatlari, balki bunga olib kelgan sabablar ham aniqlanadi. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilishning boshqa funksiyalari ham mavjud bo‘ladi va bu quyidagilardan iborat bo‘ladi: -diagnostika funksiyasi; -teskari aloqa funksiyasi; -yo‘naltiruvchi funksiya; -rag‘batlantirish funksiyasi; -tuzatish kiritish funksiyasi; -tarbiyaviy funksiya. Tashkilotni boshqarish amaliyotida nazoratning uch asosiy turi qo‘llanadi: -dastlabki nazorat. Bu uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o‘tkaziladi va uning maqsadi qabul qilinayotgan qarorni yanada chuqurroq asoslash sanaladi; -joriy nazorat. Uning yordamida qabul qilingan qarorlarni ijro etish jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritiladi; -keyingi nazorat. Bu qabul qilingan qarorning samaradorligini tekshirishga xizmat qiladi. Bu borada mamlakatimizda keyingi yillarda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturlari qabul qilinganligi, ushbu dasturlarda 260 mln. AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish ko‘zda tutilganligi bu sohada yangi davr boshlanganidan dalolat beradi. Shunday qilib, nazorat obyektiv zaruriyat bilan belgilanadi, chunki ijrochilarga etkazmay va bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatmasdan turib, hatto eng oqilona rejalarni ham amalga oshirish mumkin emas. Boshqaruv jarayonida nazorat funksiyasini bajarishdan maqsad boshqaruvni mustahkamlash, boshqaruvni umumiy va universal vazifalarini ajratib ko‘rsatish hisoblanadi. Ular har qanday tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini izhor etadi va subyekt boshqaruvi uning xususiyatga bog‘liq emas. Boshqaruvning nazorat funksiyasi ishlab chiqarish jarayonida samarali mehnat faoliyatini ta’minlaydi. Qayd qilingan funksiya bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlar va komponentlardan iborat bo‘lib, yaxlitlikka ega bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruvning nazorat funksiyasi turistik korxonadagi ishlarni engillashtirishga qaratilgan. Jumladan, boshqarishning iqtisodiy funksiyasini bajarish turistik korxonani iqtisodiy tanglikdan saqlashga qaratilgan. Mablag‘larning doiraviy oborotini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va foyda olishni ta’minlash. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra, turistik korxonani mablag‘larini aylanishini ta’minlash, sifatli mahsulot va sifatli xizmatlar ko‘rsatish va foyda olishga qaratilgan funksiya hisoblanadi. Bundan tashqari, boshqaruvning nazorat funksiyasini qo‘llash jarayoni xodimlarni samarali mehnat faoliyati, o‘z ishiga mehr-muhabbat, ularni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, adolat tuyg‘usi, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilishni ham o‘rgatadi. Bularga erishish uchun boshqaruvni yaxshi rejalashtirish, tashkil qilish, xodimlar va ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilish zarur. Download 198.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling