Xx asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining hamma sohalariga ulkan o‘zgarishlarni olib kеldi


Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvning aniq funksiyalari


Download 198.27 Kb.
bet8/9
Sana15.02.2023
Hajmi198.27 Kb.
#1201650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs Ishi 1

Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvning aniq funksiyalari
Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruv organlari asosiy va aniq funksiyalarga bo‘linadi. Asosiy ham ishlab chiqarish jarayonida ham muomala va noishlab chiqarish amalga oshadi. Ular quyidagilardan iborat: marketing, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish, hisob va nazorat kabilar.
Bular ichida boshqaruvli rejalashtirish moliyaviy va investitsion siyosatni tahlil jarayoni bo‘lib, ular natijalarini istiqbollash va tashkilotning iqtisodiy muhitiga ta’siri, tavakkalchilik qilinadigan daraja va moliyaviy rejalarni so‘nggi variantlarini tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish sanaladi.
Turizmni rejalashtirish sohasida xalqaro konsultant va Amerika mutaxassisi Edvard Inskip rejalashtirishni qator ma’lum maqsad va vazifalariga erishish uchun kelajakni tashkil etish sifatida qarashni taklif etadi. Rejalashtirish natijasi bo‘lib, reja hisoblanadi.
Avvalo, reja bashorat qilinadigan va tayyorlangan vaqtning ba’zi davrlari uchun mo‘ljallangan obyektni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘lib, yaxshi o‘ylab tuzilgan rejalar etarli darajada moslashuvchan bo‘lib, rahbarlarni ko‘zda tutilmagan imkoniyatlarini amalga oshirishda chegaralab qo‘ymaslik uchun harakatlar erkinligini ko‘zda tutadi.
Rejalashtirishning mohiyati kutilayotgan maqsadlarning ilmiy asoslanligida bozor talab qiladigan taqdim etiladigan xizmatlarning turlari, hajmi va muddatlarini to‘liq aniqlash asosida ularni amalga oshiradigan yaxshiroq usulni tanlashdan iborat.
Turistik korxona faoliyatining uning ichidagi rejalashtirish nafaqatgina moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv muammolarini to‘liq ko‘rib chiqish va ularni yechish uchun vositachilarni ham taklif qiladi. Turistik korxona uchun boshqaruvli rejalashtirishning ahamiyati quyidagilar yo‘nalishidan iborat bo‘ladi:
-mumkin bo‘lgan muqobil rivojlantirishni yanada samarali yo‘llarini tanlash imkoniyatini beradi;
-korxona faoliyatini iqtisodiy samaradorlik istiqbollarini aniqlash imkonini beradi;
-menejerlar ishini motivatsiya usuli bo‘lib xizmat qiluvchi aniq maqsadlar yig‘indisiga imkon yaratadi va ular faoliyatini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi.
Ana shundan kelib chiqib, turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvli rejalashtirish obyekti bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
-moliyaviy resurslar harakati;
-moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanishda tug‘iladigan moliyaviy munosabatlar;
-moliyaviy resurslarni taqsimlash natijasida tashkil bo‘ladigan qiymat proporsiyasi.
Boshqaruvda uning faoliyatidagi uzluksizlikni ta’minlovchi aniq funksiyalar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
-yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
-mahsulot yoki xizmat sifatini boshqarish;
-xodimlar mehnati va ish haqini boshqarish;
-kapital qurilishni boshqarish va hokazo.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruvning aniq funksiyalari qatorida Kipr turizmi boshqaruv organi va “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi funksiyalarini qiyosiy tahlili boshqaruv funksiyalaridan foydalanishning qay holatdaligi va to‘plangan tajribalarning jihatlarini aks ettiradi.
Ushbu ikki davlat, ya’ni Kipr va O‘zbekistonning turizmida boshqaruv strukturalari, ularning faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi va ularda amalga oshirilayotgan vazifalar ikkala boshqaruv strukturasining bir-biriga o‘xshash jihatlari, shu bilan birga bir qator farqli tomonlari ham namoyon bo‘ladi.
Xulosa

Turistik faoliyatning barcha muhim ko‘rsatkichlarini batafsil tahlil qilish asosida tadbirkorlik rеjasini tuzish jarayoni tadbirkorlik faoliyatining zaif tomonlarini aniqlashga va o‘z niyatlariga vaqtida o‘zgartirishlar kiritish yoki umuman ulardan voz kеchishga imkon bеradi. Turistik firma ichidagi rеjalashtirishning asosiy vazifalaridan biri potеnsial va mavjud invеstorlarning rеjalashtirilayotgan tadbirlar amalga oshirilishiga, rеjadagi barcha tarkibiy qismlarning bir-biri bilan bog‘langanligiga, ijrochilarning tarkibi va rеjani amalga oshirish muddatining asoslanganligiga shubhasini tarqatib yuborishdan iborat.




Download 198.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling