Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar
Davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining YUNЕSKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi taʼsis etildi
Download 59.35 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Chexiya: ichki va tashqi siyosat.
Davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining YUNЕSKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi taʼsis etildi.
Taʼlim sohasida ham istiqbolli hamkorlik oʻrnatilgan. Oʻzbekiston “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jismoniy va maʼnaviy barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan siyosatni amalga oshirmoqda. Davlatimiz rahbari oʻtgan yil sentyabr oyida BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi va Bosh Assambleyaning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. YUNЕSKO Bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida Taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mintaqaviy markaz hamda Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida YUNЕSKO kafedrasini tuzish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019-yilda Toshkentda “Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida” mavzuida Osiyo forumini oʻtkazish borasida kelishuvga erishildi. Bosh direktor Odri Azule Oʻzbekistonning butun insoniyat boyligi boʻlgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Chexiya: ichki va tashqi siyosat. Konstitutsiyaga muvofiq Chexiya parlamentar Respublika hisoblanadi. Davlat boshligʻi (Prezident) bilvosita parlament tomonidan 5 yilga saylanadi. U ichki va tashqi siyosat yoʻnalishlarini aniqlaydigan bosh vazirni tayinlaydi. Chexiya parlamenti 2 palatali: deputatlar palatasi va senatdan iborat. Chexiya Respublikasi xalqaro munosabatlarda Markaziy Yevropada demokratik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, barqaror davlat pozitsiyasidan maydonga chiqadi. U nafaqat oʻzining uzoq muddatli manfaatlarini himoya qiladi, balki Yevropa va butun jahon hamjamiyati rivoji uchun javobgarlik hissini oʻziga oladi. Chexiya Respublikasi sobiq Chexoslovakiya xalqaro ahvollarining barcha ijobiy tomonlariga tayanadi. Bunda unga federatsiyaning tinchlik yoʻli bilan boʻlinishi yordam berdi. Chexiya Respublikasi oʻzining tashqi siyosatini olib boradigan xalqaro hamjamiyat xalqaro tashkilotlarga integratsiyaning turli darajasi bilan davlatlar birlashuvini, suveren davlatlar oʻzaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Sovuq urush tugaganidan va ikki qutblik dunyoning barbod boʻlishidan soʻng xavfsizlik bilan bogʻliq holatlar, jahon iqtisodiyotining globalizatsiya va liberalizatsiya jarayonlari, davlatlarning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligining yuksalishi, fan va texnika rivojlanishi natijasida xalqaro tashkilotlar va integratsion birlashmalar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ahamiyati sezilarli darajada oʻsdi. Asrlar davomida Markaziy Yevropa mamlakatlari global jahon siyosati sub’yekti emas, balki ob’yekti boʻlishgan. Bunga sabab bu mintaqa mamlakatlari qulay geografik mintaqada joylashgan. Ikkala Jahon urushlari ham ushbu mintaqada boshlandi, chunki unda jahonning eng yirik davlatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarning liniyasi aks etadi. Chexoslovakiya Federativ Respublikasi qulaganidan soʻng (1993-yil 1- yanvar) Chexiya va Slovakiya jahon siyosiy xaritasidan yangi davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Asosiy geografik xarakteristikasini hisobga oladigan boʻlsak, ikkala davlat ham Kichik Yevropa davlatlari kategoriyasiga mansub. Kichik davlatda kuch ishlatish pozitsiyasi nuqtai nazaridan katta salohiyati boʻlmaydi, shuning uchun u koʻproq asoslangan va oʻylangan tashqi siyosiy va geopolitik strategiya qoʻllashi lozim. Chexiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati bir necha faktorlar taʼsiri ostida shakllandi. Ulardan eng muhimi Yevroatlantika integratsiyasi hisoblanadi. Bu oʻrinda 3 ta katta bosqichni aytib oʻtish lozim: Birinchi bosqich (1993 – 1997 – yillar). Xalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida yangi Chexiya mamlakatinig paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu davrda boshqaruvchi siyosiy elitalarning ideologik qarashlari asosan tashqi siyosat kurslariga taʼsir koʻrsatdi. Ikkinchi bosqich (1997 – 2003 – yillar). Bunga Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha rivojlanishning jadallashuvi xosdir. Chexiya Respublikasi tashqi siyosat kursiga taʼsir ancha susaydi. Chexiya xalqaro aloqalarining bayon etilgan koʻp tomonlama ekanligiga qaramasdan, Yevroatlantik strategiyasi bugun ham ustun kelmoqda. Uchinchi zamonaviy bosqich (2003 – yildan buyon). Chexiya tashqi siyosatini konsepsiyalashni, uzoq muddatli istiqbollar va qisqa muddatli rejalar qatori qurishni koʻzda tutadi. Tashqi siyosatni olib borishda asosiy oʻrinni bosh vazir va tashqi ishlar vaziri egallaydi. Rasman oxirgi qaror Prezidentga tegishli boʻlsada, boshqaruv shakli nuqtaʼI nazaridan toʻgʻri kelmaydigan davlat boshligʻining qarashlari koʻpincha inobatga olinmaydi. Aynan shuning uchun ikkala Chexiya Respublikasi Prezidentlari Vatslav Gavel (1993-2003) va Vatslav Klaus (2003-yildan buyon) kamdan – kam muhim tashqi siyosiy masalalar boʻyicha umumiylikka murojaat qilishgan. Bundan tashqari Chexiya tashqi siyosatida yana bir oʻziga xos tomon bor : U nihoyat darajada jonlantirib koʻrsatiladi. Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining dasturiy bayonotiga muvofiq tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan: Download 59.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling