Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar


XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Bolgariya: ichki va tashqi siyosati


Download 59.35 Kb.
bet17/21
Sana31.01.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1145601
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi

XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Bolgariya: ichki va tashqi siyosati

Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-yildan 1990-yil 15-noyabrgacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 12-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (2017-yildan Rumen Radev). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, Bolgariya hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga oʻzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolati toʻxtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi. Bolgariya dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.
Bolgariyada 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: Bolgariya sotsialdemokratik partiyasi, 1891-yilda asos solingan, 1948-yilda faoliyatini toʻxtatgan,1989-yildan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; Bolgariya sotsialistik partiyasi, 1990-yil aprelda tashkil etilgan; Bolgariya biznesbloki, 1991-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazilgan; Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899-yilda asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, Bolgariya musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990-yil yanvarda asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994-yilda asos solingan. Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan. Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990-yilda asos solingan.


  1. Download 59.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling