Xx asrning boshlarida bola rivojlanish nazariyasi Reja
N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, N.X.Vessel
Download 20.51 Kb.
|
XX asrning boshlarida bola rivojlanish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange
N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, N.X.Vessel bola shaxsini o‘rganilishi va rivojlanishini fanlararo komleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda o‘rganish lozimligi muammosini ilgari surganlar. N.I.Pirogov birinchi bo‘lib tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egaligi, insonni ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. U bolalar psixologiyasini o‘rganishni, tushunishni o‘ziga xosligini o‘rganish shartligini ta’kidlagan. Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni xurmat qilish kerak: “Agar bolalar jamiyat qonun – qoidalarini buzish huquqiga ega bo‘lmasalar, bizning ham o‘z navbatida bolalar dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo‘q”. Shu orqali bolalar psixologiyasini o‘rganish, bolalarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, ularni aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muammosiga katta turtki bo‘ldi. Bu davrda yosh va pedagogik psixologiya o‘rganilishi shart bo‘lgan o‘z muammosiga ega, mustaqil fan sifatida o‘rganiladigan, ilmiy ahamiyat kasb etuvchi fan sifatida shakllandi. Uning muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar rivojlanishining individual xususiyatlaridagi farqlar, bolalar tarbiyasidagi dastlabki shart – sharoitlar, bilish jarayonlari metodlarini ishlab chiqish, bolalar psixikasidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganish kiradi. XIX – asrning 70- 80 yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nalishi: ota – onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishini kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivojlanishini (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat qilishning zaruriy shart – sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlanishi, hulq – atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etiladi (P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilarning ishlarida kuzatiladi). Bolalar rivojlanishing umumiy qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, hayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojlanishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik rivojlanishini o‘rganish natijasida yig‘ilgan (I.Starkov). O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi tavofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy). Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqazo etdi va psixologiya sohasiga eksperiment metodini kirib kelishiga stimul bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879 – yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm – fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880 – yillar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati katta. Download 20.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling