Xx bob. Pedagogik psixologiya fanining maqsad ya vazifalari
Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy
Download 165.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza
20.6. Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy
oriyentirovkali ta’lim paradigmalari Ta’limda individual yondashuv deganda har bir o‘quvchi in dividual, boshqalarga bogliq bolmagan holda o‘qitiladi, degan 466 ma’noni bildirmaydi. Ta’limni individuallashtirishning ma’nosi shuki, u o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlariga taya- nadi, ana shu xususiyatlami hisobga olgan holda quriladi. Sinf rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lmagan, o‘zlash- tirishi turlicha va o'qishga munosabati har xil bo‘lgan o‘quvchi- lardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim jarayonida hammaga bir xil holda baravar e’tibor qarata olmay- di. Shuning uchun u ta’limni o‘rtacha darajaga - o‘rtacha rivoj- lanishga, o‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga tatbiq qilgan holda olib borishga majbur boladi. Boshqacha aytganda, u ta’limni qandaydir afsonaviy «o‘rta» o‘quvchini ko‘zda tutgan hol da tashkil etadi. Bu narsa shunga olib keladiki, «kuchli» 0 ‘quvchi- lar sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida ushlab turiladi. Bunday holda 0 ‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, chunki o‘qish ular- da ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi. «Kuchsiz» 0 ‘quvchi- lar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo bolganlar, ular ham o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, chunki o‘qish ulardan ko‘proq aqliy kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham juda har xil boladilar, qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xoti ra, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil boladi. Bir o‘quvchi ko‘rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmogl zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi, ikkinchisining aqliy moljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; bi ri tez esda olib qolsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi — sekin es da olib qolsa-da, ko‘p narsani yodida saqlaydi; biri uyushgan hol da ishlashga o‘rgangan, boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug‘ullanadi. Ta’limni individuallashtirish tamoyili o‘qitishda 0 ‘quvchi- larning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Bu tamo- yilni programmalashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshira- di. 0 ‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qollanish vaqtida, uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga bolishda, sinf va nazorat ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi. 467 Sinf bilan olib boriladigan ishni ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan individual ish bilan birga qo‘shish mumkin. Shu bi lan birga dasturning xuddi shu masalalarini o‘quvchilar qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va qo- biliyatlari hamda individual ish sur’atlariga qarab turlicha tolalik va teranlik bilan, har kim darsda optimal darajada band boladi- gan qilib o‘rganadilar. Ta’lim metodlari turlicha bo‘lishi, o‘quvchining individual xususiyatlariga qarab o'zgartirilishi kerak. Lekin bu 40 o‘quvchi bor bolgan sinfda 40 xil individual yondashishni, ta’lim meto- dikasining 40 xil individual variantini amalga oshirish zarur de gan ma’noni anglatmaydi. Odatdagi maktab ta’lim sharoitida bunday haddan tashqari individuallashtirish mumkin ham emas, kerak ham emas. 0 ‘quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy tiplarini hisobga olish kifoya. Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berish- nigina emas, balki o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o‘qishga to‘g‘ri mimosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib top- tirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. 0 ‘qishga salbiy muno sabatda bolish hollarida bunday munosabatni keltirib chiqargan sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko‘rish kerak boladi. Bunday sabablar orasida o'qituvchi bilan bolgan kelishmovchi- lik, o‘quvchi duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, o‘z kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin. Rus psixologlari yakdillik bilan: barcha bolalar o‘qishga qo- biliyatlidirlar, har bir normal va psixik jihatdan soglom o‘quvchi o‘rta ma’lumot olishga qodirdir. Maktab o‘quvchilari davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv materialini ma’lum darajada muvaffaqiyatli egallashga qodirdir, binobarin o‘qituvchi hamma o‘quvchilarning ham shunday bolishiga erishmogl lozim, degan nuqtayi nazarda turadilar. Lekin bundan hamma o'quvchilarga ham ta’lim berish bir xilda oson, deb aslo o‘ylab bolmaydi. Har qanday ta’lim metodikasi sharoitida, bu ta’lim juda yaxshi tashkil etilgan sharoitda bir xil o‘quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh- 468 qalardan ko‘ra yuqori natijalarga erishadilar. Bir o‘quvchi alohi da ko‘p kuch va mehnat sarf qilmasdan nisbatan qisqa muddat ichida yuksak natijalarni, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadi, boshqa o£quvchi bolsa qanchalik intilmasin va harakat qilmasin, o‘sha darajaga shunchalik tez va osonlikcha kolarila olmaydi. Bugungi kunda hech kim: «Yomon o‘quvchilar yo‘q, yomon o‘qituvchilar bor» degan formulani hech so‘zsiz qabul qilavermay- di, o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligida hech kim o‘qituvchilarni yoppasiga ayblab o‘tirmaydi. Albatta, ta’limning muvaffaqiyatli bolishi bilimlar, ko‘nikma va malakalarning juda yuqori darajasi asosan ta’limning mazmuni bilan, ta’lim metodikasining takomil- lashuvi, o‘qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi, lekin ham- ma narsa faqat ana shunga bogliq deb o‘ylab bolmaydi. Muvaffa- qiyat ichki shart-sharoitlarga — 0 ‘quvchining individual-psixologik xususiyatlariga ham bogliqdir. Har gal teng sharoitlarda bir xil mashqlar, bir xil ta’lim metodikasi g‘oyat har xil natijalar beradi, bunda 0 ‘quvchilarning turli xususiyatlari haqida gapirish mumkin. Download 165.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling