5 sinf Botanika fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi ni-1 Mavzu: Gulli o‘simliklar. Hujayra. Nazorat shakli
Download 1.6 Mb.
|
biologiya fanidan nazorat ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat ishi NI-II Mavzu
- Nazorat ishi NI-III Mavzu
- Nazorat ishi NI-IV Mavzu
- 6 sinf BOTANIKA fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi NI-1 Mavzu: Gul. Nazorat shakli
- Nazorat ishi –II Mavzu
- Nazorat ishi –III Mavzu
- Nazorat ishi–IV Mavzu
- Nazorat ishi–V Mavzu
- Nazorat ishi–VI Mavzu
- O‘simlik nomi Xos belgilarining raqami
- Nazorat ishi–VII Mavzu
- Nazorat ishi–VIII Mavzu
Aim.Uz 5 sinf Botanika fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi NI-1 Mavzu: Gulli o‘simliklar. Hujayra. Nazorat shakli: Test topshiriqlari. 1. O‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklarning qancha turi bor? A. 3500 B. 4000 D. 4500 E. 5000 2. Dorivor o‘simlikni belgilang. A. Zubturum. B. Rovoch. D. Xolmon. E. Shirach. 3. Ikki yillik o‘t o‘simliklari keltirilgan qatorni belgilang. A. Sigirquyruq. B. Jag‘-jag‘. D. Shuvoq. E. Zubturum. 4. Hasharotxo‘r o‘simlikni belgilang. A. Rafleziya. B. Nepentes. D. Safsan. E. Yantoq. 5. Hujayra kim tomonidan kashf etilgan? A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin. 6. Mikroskopning okulyari 15x bo‘lib, ob’yektiv x40 bo‘lsa, buyumni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi? A. 400 B. 500 D. 600 E. 1000. 7. Plastidalarning necha xil turi ma’lum? A. 2 xil. B. 3 xil D. 4 xil. E. 5 xil. 8. Qaysi to‘qimaning eng muhim funksiyasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iborat? A. Asosiy to‘qima. B. Mexanik to‘qima. D. Qoplovchi to‘qima. E. Biriktiruvchi to‘qima. 9. Hujayraning muhim tarkibiy qismi mag‘iz ekanligi kim tomonidan kashf etilgan? A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin. 10. O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarning ko‘pchiligini qanday o‘simliklar tashkil etadi? A. Bir yillik. B. Ikki yillik. D. Ko‘p yillik. E. Daraxtlar.
1. Qaysi o‘simlikning yon ildizlari atrofga 20-30 metrga tarqaladi? A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Saksovul. 2. Ildizning uchki qismini nima o‘rab turadi? A. Ildiz tukchalari. B. Ildiz qinchasi. D. Iildiz naychalari. E. Ildiz hujayralari. 3. Qaysi o‘simlikning ildizi 30 metr chuqurga kirib boradi? A. Juzg‘un. B. Yong‘oq. D. Yantoq. E. Chinor. 4. Ildiz tizimi qanday ildizlardan tashkil topgan? A. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. o‘q ildiz. D. O‘q ildiz, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz. E. O‘q ildiz, asosiy ildiz, yon ildiz. 5. Tuzilishiga ko‘ra ildiz tizimi qanday turlarga bo‘linadi? A. O‘q ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. B. Yon ildiz, qo‘shimcha ildiz, o‘q ildiz. D. O‘q ildiz, popuk ildiz, asosiy ildiz. E. Asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz. 6. Qaysi o‘simliklar o‘q ildiz tizimiga ega? A. O‘rik, olma, na’matak. B. Bug‘doy, makkajo‘xori, qovoq. D. No‘xot, loviya, bug‘doy. E. Lavlagi, sabzi, rediska. 7. Ildiz qaysi qismi orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimadi? A. Bo‘linuvchi qism. B. O‘suvchi qism. D. So‘ruvchi qism. E. O‘tkazuvchi qism. 8. Qaysi o‘simliklar ildizmeva hosil qiladi? A. Sabzi, yantoq, lavlagi, piyoz, rediska. B. Kartoshka, piyoz, turp, sabzi, sholg‘om. D. Lavlagi, pomidor, qalampir turp, sholg‘om. E. Bodring, piyoz, turp, sabzi, qovoq. 9. Ildiz tukchalari ildizning qaysi zonasida joylashgan? A. Bo‘linuvchi zona. B. O‘suvchi zona. D. So‘ruvchi zona. E. O‘tkazuvchi zona. 10. Ildiz tukchalari necha kun yashaydi? A. 10-20 kun. B. 1-2 kun D. 5-7 kun. E. 20-30 kun. Nazorat ishi NI-III Mavzu: Poya. Nazorat shakli: Test topshiriqlari. 1. Tut daraxti novdasining pishiqligi va elastikligi nimaga bog‘liq? A. O‘zak. B. Kambiy. D. Epiderma. E. Floema – lub 2. Yosh poyaning po‘sti qanday hujayralari bilan qoplangan? A. Epiderma. B. Po‘kak. D. Po‘stloq. E. Kambiy. 3. Poyaning lub qavati nima deb ataladi? A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘kak. 4. Elaksimon naylar poyaning qaysi qavatida joylashgan? A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘stloq. 5. Poyaning yog‘ochlik qavati nima deb ataladi? A. Kambiy. B. Ksilema. D. Floema. E. Po‘kak. 6. Poya qaysi hujayralar hisobiga eniga o‘sadi? A. Kambiy. B. Yasmiqchalar. D. Po‘kak. E. Floema. 7. Poyasi bo‘yiga va eniga sekin osadigan daraxtlarni aniqlang. A. Terak. B. Archa. D. Tol. E. Chinor. 8. Qaysi o‘simlik bir yozning o‘zida 10 metrgacha o‘sadi? A. Nok. B. Tok. D. Tol. E. Terak. 9. Yo‘g‘ochlikning bir yil davomida hosil qilgan qavati nima deyiladi? A. Po‘stloq. B. Yillik halqa. D. O‘sish nuqtasi. E. Po‘kak. 10. Qaysi o‘simlik tanasida bir yil davomida bir nechta halqa hosil bo‘ladi? A. Saksovul. B. Terak. D. Evkalipt. E. Tol.
1 _____________________ 2 _____________________ 3 _____________________ 4 _____________________ 5______________________ 6 _____________________ 7 _____________________ 8 _____________________
6 sinf BOTANIKA fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi NI-1 Mavzu: Gul. Nazorat shakli: Rasm va jadval bilan ishlash. 1-ish: Rasmga qarab gulning qismlarini yozing. 1. __________________________________ 2. __________________________________ 3. _______________________________ 4. _______________________________ 5. _______________________________ 6. _______________________________ 7. _______________________________ 8. _______________________________ 9. _______________________________ 2-ish: Jadvalda berilgan o‘simliklarga xos to‘pgul turlarini belgilang.
Nazorat ishi –II Mavzu: Meva. Urug‘. Nazorat shakli: Test topshiriqlari. 1. Murtak qanday qismlardan iborat? A. Po‘st, endosperm, murtak. B. Po‘st, 2 ta urug‘palla, murtak. D. Endosperm, ildizcha, kurtakcha. E. Ildizcha, poyacha, kurtakcha. 2. Urug‘ nafas olganda nima yutib, nima chiqaradi? A. Kislorod yutadi, karbonat angidrid,suv, issiqlik chiqaradi. B. Karbonat angidrid yutadi, kislorod chiqaradi. D. Kislorod yutadi, havo,karbonat angidrid hiqaradi. E. Karbonat angidrid yutadi, issiqlik, havo chiqaradi. 3. Danakli mevalarni aniqlang. A. Qulupnay, pomidor, uzum. B. Qovun, olcha, olma. D. Olxo‘ri, gilos, shaftoli. E. Malina, olma, ituzum. 4. Chin mevali o‘simliklarni aniqlang. A. Olma, olcha, gilos. B. Olxo‘ri, o‘rik, shaftoli. D. Nok, behi, gilos. E. Behi, olma, nok. 5. Qaysi o‘simlik urug‘ida yog‘ ko‘p bo‘ladi? A. G‘o‘za, kungaboqar, yong‘oq. B. Sholi, bug‘doy, makkajo‘xori. D. Shaftoli, mastak, kampirchopon. E. Loviya, mosh, no‘xot. 6. Qaysi o‘simlik urug‘ida kraxmal ko‘p bo‘ladi? A. G‘o‘za, kungaboqar, yong‘oq. B. Sholi, bug‘doy, makkajo‘xori. D. Shaftoli, mastak, kampirchopon. E. Loviya, mosh, no‘xot. 7. Dukkak mevali o‘simliklarni aniqlang. A. Mosh, loviya, no‘xot. B. O‘sma, karam, rediska. D. G‘o‘za, lola, bangidevona. E. Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori. 8. Qanotchali mevalarni belgilang. A. Burchoq, xina, yorongul. B. Qayrag‘och, shumtol, zarang. D. Qoqio‘t, terak, tol. E. Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori. 9. Ziravor o‘simliklarni belgilang A. Bug‘doy, sholi. B. Kashnich, mosh. D. Zira, murch. E. Nok, olma. 10. O‘simlik urug‘i unib chiqichi uchun qanday omillar zarur? A. Kislorod, karbonat angidrid B. Suv, havo, harorat, tuproq. D. Kislorod, havo, tuproq. E. Suv, tuproq.
1. O‘simliklar sistematikasida eng kichik birlik nima? _________________________ 2. Binar nomenklaturada osimliklarni qaysi birliklar nomi bilan taladi?_________________
4. Turni ikki nom bilan atashni fanga kim iritgan?__________________________________ 5. Bir- biriga yaqin turlar qo‘shilib nimani tashkil etadi?_______________________________ 6. Fanda o‘simliklar dunyosi nima deb ataladi?_________________________________ 7. Mikroblarni birinchi marta kim o‘rgangan?______________________________________ 8. Bakteriyalarni o‘rganuvchi fan qanday nomlanadi?_______________________________ 9. Bitta bakteriyaning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan bakteriyalar to‘plami nima deb ataladi?_________________________________ 10. Bakteriyalar nechta hujayradan iborat?__________________________________________ 11. Bakteriya hujayrasida qanday qismlari bo‘lmaydi?_______________________________ 12. Pichan bakteriyasi shakliga ko‘ra qaysi bakteriyalarga kiradi?_______________________ 13. Noqulay sharoitda bakteriyalar nima hosil qiladi?_______________________________ 14. Yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishini qaysi olim aytgan? ______________________________________ 15. Qaysi o‘simliklar bakteriyalarni o‘ldiradigan moddalarni ishlab chiqaradi? ___________ 16. O‘simliklar tomonidan ishlab chiqariladigan bakteriyalarni o‘ldiradigan moddalar nima deb ataladi?_____________________________________ 17. G‘o‘za gommozi bakteriyasi g‘oza niholiga qayerdan o‘tadi? ____________________ 18. G‘o‘za gommozi bakteriysi nima bilan oziqlanadi? ______________________________ 19. G‘o‘za gommozi bakteriysi sporalari sog‘lom g‘o‘zalarga qanday yuqadi? ___________
1. Bitta bakteriya ko‘payishidan hosil bo‘ladigan hujayralar to‘plami … deyiladi. 2. Mog‘or zamburug‘ining sporasi yetiladigan a’zo …..deyiladi. 3. Mog‘or zamburug‘i … usulda oziqlanadi. 4. Mog‘or zamburug‘ining hayoti uchun …. , …., …. omillar zarur. 5. Mog‘or zamburug‘ining hayoti uchun …. omili zarur emas. 6. Achitqi zamburug‘i …. usulda oziqlanadi. 7. Qalpoqchali zamburug‘lardan …. va …. iste’mol qilinadi. 8. …. zamburug‘ «siyoh zamburug‘» ham deyiladi. 9. Parazit zamburug‘lar g‘o‘za o‘simligida ….. kasalligini keltirib chiqaradi. 10. Lishayniklarning tanasi …. deb ataladi. 11. Lishayniklarning tanasida …. va ….. birgalikda yashaydi 12. Noqulay sharoitda xlorella …. hosil qiladi.
14. Ko‘p hujayrali suvo‘tlarning tanasi ….. deyiladi. 15. Ulotriks suv tubidagi narsalarga ….. yordamida birikadi.
1. Yo‘sinlarda qaysi a’zolar rivojlangan? A. Ildiz, poya. B. Poya, barg. D. Barg, ildiz. E. Urug‘, meva. 2. Funariya yo‘sinining spermatazoidlari yetiladigan a’zosi nima deb ataladi? A. Arxegoniy. B. Antiridiy. D. Sporangiy. E. Ko‘sakcha. 3. Spermatazoidlarning tuxum hujayra bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan hujayra nima deb ataladi? A. Zigota. B. Gameta. D. Spora. E. Urug‘. 4. Qaysi suvo‘ti “dengiz karami” deb ataladi? A. Laminariya. B. Nemalion. D. Ulva. E. Spirogira. 5. Qirqquloqlarning barglari ostida sporalari yetiladigan qo‘ng‘ir bo‘rtmalar nima deb ataladi? A. Gametofit. B. Sorus. D. Zigota. E. Spora. 6. Qirqquloqlarning sporangiylarida nima yetiladi? A. Zigota. B. Sorus. D. Spora. E. Gametofit. 7. Qirqquloqning nam yerga tushgan sporasidan nima unib chiqadi? A. Zigota. B. Sorus. D. Gametofit. E. Spora. 8. Ochiq urug‘li o‘simliklarni aniqlang. A. Archa, qirqquloq, saur. B. Qarag‘ay, archa, saur. D. Qirqbo‘g‘im, qirqquloq, qoraqarag‘ay. E. Terak, archa, qarag‘ay. 9. Ikki uyli ochiq urug‘li o‘simlikni toping. A. Archa. B. Qarag‘ay. D. Qoraqarag‘ay. E. Terak. 10. Bahor oxirlarida erkak archalarning yosh novdalarida nimalar hosil bo‘ladi? A. Changchi qubbalar. B. Urug‘chi qubbalar. D. Arxegoniy. E. Chang donachalari. 11. Archaning urug‘kurtagidagi arxegoniyda nima yetiladi? A. Arxegoniy. B. Tuxum hujayra. D. Qubbameva. E. Chang donachalari. 12. Archaning mevasi nima deb ataladi? A. Qubbameva. B. Dukkak meva. D. Qo‘zoq meva. E. Rezavor meva. 13. Archadoshlar oilasiga mansub manzarali o‘simlikni aniqlang. A. Sharq sauri B. Turkiston archasi. D. Qarag‘ay E. Zarafshon archasi. 14. Barglari 5-7 sm, novdada 2 tadan joylashgan ochiq urug‘li osimlikni yozing. A. Sharq sauri. B. Virgin archasi. D. Archa. E. Qarag‘ay. 15. Haqiqiy gul qaysi o‘simliklarga xos? A. Yopiq urug‘li o‘simliklar. B. Ochiq urug‘li o‘simliklar. D. Sporali o‘simliklar. E. Qirqquloqlar.
Berilgan belgi va xususiyatlarning raqamini jadvaldagi tegishli o‘simlik qatoriga yo‘zing.
Jadval.
Nazorat ishi–VII Mavzu: Yopiq urug‘li o‘simliklar. Nazorat shakli: jadval bilan ishlash. Quyidagi jadvalni to‘ldiring
Nazorat ishi–VIII Mavzu: O‘simliklarni muhofaza qilish. Nazorat shakli: Test topshiriqlari. 1. O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi” qachon ta’sis etildi? A. 1979 yil. B. 1984 yil. D. 1983 yil. E. 1967 yil. 2. 1984 yildagi O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ning birinchi nashriga nechta o‘simlik turi kiritilgan? A. 301 ta. B. 138 ta. D. 163 ta. E. 250 ta. 3. Tabiiy holda tabiatning barcha tarkibiy qismlari muhofaza qilinadigan maydon nima deb ataladi? A. Qo‘riqxona. B. Milliy bog‘. D. Buyurtmaxona. E. Tabiat yodgorliklari. 4. Tabiiy landshaftlar muhofaza qilinadigan maydon nima deb ataladi? A. Qo‘riqxona. B. Buyurtmaxona. D. Tabiat yodgorliklari. E. Milliy bog‘. 5. Milliy, madaniy, tarixiy jihatdan tabiatning ayrim qismlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladigan maydon nima deb ataladi? A. Tabiat yodgorliklari. B. Buyurtmaxona. D. Milliy bog‘. E. Qo‘riqxona. 6. Tabiatning ayrim burchagidagi hayvonlar va o‘simliklar qoplami, ayrim o‘simlik turlari va boshqalar saqlanadigan maydon nima deb ataladi? A. Qo‘riqxona. B. Buyurtmaxona. D. Milliy bog‘. E. Tabiat yodgorliklari. 7. Aholi dam olishi, sog‘lomlashtirish, estetik zavq olish maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus muhofazaga olingan hudud nima deb ataladi? A. Qo‘riqxona. B. Tabiat yodgorliklari. D. Milliy bog‘. E. Buyurtmaxona. 8. “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarni aniqlang. A. Buxoro otostegiyasi, targ‘il lola. B. Sutlama, shirach. D. Bo‘yimadoron, bo‘znoch. E. Qoqio‘t, burchoq. 9. Kamyob turlarga boyligi jihatidan qaysi viloyat birinchi o‘rinda turadi? A. Surxondaryo. B. Toshkent. D. Qashqadaryo. E. Buxoro. 10. Kamyob turlarga boyligi jihatidan qaysi oila birinchi o‘rinda turadi? A. Qoqio‘tdoshlar oilasi. B. Burchoqdoshlar oilasi. D. Yalpizdoshlar oilasi. E. Loladoshlar oilasi.
Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling