5 sinf Botanika fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi ni-1 Mavzu: Gulli o‘simliklar. Hujayra. Nazorat shakli


Download 1.6 Mb.
bet3/3
Sana24.10.2020
Hajmi1.6 Mb.
#136297
1   2   3
Bog'liq
biologiya fanidan nazorat ishlari


Nazorat ishi–III

Mavzu: Qon.Qon aylanish tizimi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Qonning eritrotsitlari tarkibidagi agglyutinogen va plazmasi tarkibidagi agglutinin moddalarini kimlar aniqlagan?

A. 1907 yil Y.Yanskiy, 1901 yil K. Lanshteyner. B. 1842 yil V.A. Basov, 1907 yil Y.Yanskiy

D. 1901 yil K. Lanshteyner, 1907 I.P.Pavlov. E. 1956yilK.R.Raximov, 1984yilI.P.Pavlov

2. Odamlar orasida eng ko‘p uchraydigan qon guruhini ko‘rsating.

A. I guruh B. II guruh D. III guruh E. IV guruh

3. Agglyutinin moddasi qonning qaysi qismida bo‘ladi?

A. Eritrotsitda B. Leykotsit D. Trombotsit E. Plazma

4. Mohiraning qoni analiz qilinganda II guruhligi ma’lum bo‘ldi. Ravshan qaysi guruhdan qon olishi mumkin?

A. I, III B. II, IV D. I, IV E. I, II

5. Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichi nimadan iborat?

A. Ichki a’zolarning shilliq pardali bo‘lishi. B. Leykotsitlar ishlab chiqarilishi

D. Antitana va antitoksinlar ishlab chiqariladi. E. Yaxshi ovqatlanish

6. Qaysi kasallik organizmning himoyalanish xususiyatini pasaytirib yuboradi?

A. OITS B. Gripp D. Virusli gepatit E. Bo‘g‘ma

7. 1983 yil I. Montane nimani aniqlagan?

A. Qon guruhini B. Immunitetni. D. Leykotsitni E. OITS virusini

8. Yurak devori qanday qavatlardan tashkil topgan? 

A. Ichki – muskul, o‘rta - endokard, tashqi – perikard.

B. Ichki - endokard, o‘rta - miokard, tashqi - perikard

D. Ichki - epikard, o‘rta - muskul, tashqi – perikard.

E. O‘rta - miokard, ichki - muskul, tashqi – epikard

9. Yarimoysimon klapanlar yurakning qaysi qismida joylashadi? 

A. Chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘rtasida.

B. O‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasida

D. Chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida.

E. O‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida

10. Bo‘lmacha va qorinchalarning kengayishi nima deyiladi?

A. Sistola B. Diastola. D. Sikl E. Yurak avtomatiyasi

11. Odam qancha miqdor qon yo‘qotganda halok bo‘ladi?

 A. 2-2,5  l B. 1-1,2  l D. 0,5-1,0 l E. 500 ml

12. Yurak qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari qanday ataladi? 

A. Kapillar qon tomirlari B. Arteriya qon tomirlari

D. Vena qon tomirlari E. Limfa qon tomirlari

13. Yurak va qon – tomir kasalliklarini to‘g‘ri toping?

1. gipertoniya 2. gipotoniya 3. ateroskleroz 4. infarkt 5. insult

a) bosh miyaga qon quyilishi b) qon tomirlarining torayib qolishi c) yurak muskullari ma’lum qismining yemirilishi d) arterial qon bosimining ko‘tarilishi e) arterial qon bosimining pasayishi 

A. 1c, 2d, 3b, 4a, 5e B. 1d, 2e, 3b, 4c, 5a D. 1a, 2b, 3c, 4d, 5e E. 1e, 2c, 3a, 4d, 5b

14. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi nima? 

A. Limfa tomirlari organ va to‘qimalardan boshlanadi.

B. Limfa tomirlari organ va to‘qimalarga keladi.

D. Yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi.

E. O‘ng qorinchadan boshlanadi.

15. Odamda arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi nima deb ataladi? 

A. Gipertoniya B. Gipotoniya. D. Minimal bosim E. Maksimal bosim
Nazorat ishi–IV

Mavzu: Nafas olish tizimi.

Nazorat shakli:Test topshiriqlari.
1. Tashqi nafas olish … o‘rtasidagi gazlar almashinuvidir. 

A. Tashqi muhit bilan burun bo‘shlig‘i. B. Burun bo‘shlig‘i bilan traxeya.

D. Tashqi muhit bilan alveolalar. E. Alveolalar bilan o‘pka qon tomirlari.

2. O‘pka alveolalariga xos xususiyatni aniqlang.

1. Nafas olish, nafas chiqarish xususiyatiga ega. 2. Faqat nafas olish xususiyatiga ega. 3. Faqat nafas chiqarish mnxususiyatiga ega. 4. Devori bir qavatli epiteliydan iborat. 5. Devori bir qavatli biriktiruvchi to‘qimadan iborat. 6. Atrofi mayda kapillarlar bilan o‘ralgan.

A. 1, 2, 3   B. 2, 4, 6 D. 1, 3, 5 E. 1, 4, 6

3. Qaysi a’zoning devori 16-20 ta xalqasimon tog‘aydan iborat?

A. Halqum B. Kekirdak D. Qizilo‘ngach E. Bronxlar

4. Nafas olish a’zolarining ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

1) o‘pka 2) traxeya 3) hiqildoq 4) burun bo‘shlig‘i 5) bronxlar 

A. 1, 2, 3, 4, 5 B. 3, 4, 2, 5, 1 D. 4, 3, 2, 5, 1 E. 4, 2, 3, 5, 1

5. Traxeyaning uzunligi qancha bo‘ladi va uning uzunligi nimaga bog‘liq? 

A. 13-25 sm, odamning bo‘yiga. B. 16-20 sm, yoshga bog‘liq.

D. 9-13 sm, odamning bo‘yiga E. 20-22  mm, odamning sog‘ligiga

6. O‘pkaning tiriklik sig‘imi yig‘indisi to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang?

1) qo‘shimcha havo 2) nafas havosi 3) rezerv havo 4) o‘pkaning tiriklik sig‘imi 



a) 1500 ml  b) 700 ml c) 1200 ml  d) 500 ml  e) 3000 ml  f ) 3500 ml

A. 1a, 2c, 3d, 4e. B. 1b, 2d, 3c, 4f. D. 1a, 2d, 3a, 4f. E. 1b, 2a, 3c, 4e.

7. Ovoz boylamlarining uzunligi ayollarda va erkaklarda o‘rtacha necha millimetrga teng? 

A. 10-12; 18-20. B. 18-20; 20-22. D. 9-13; 13-25. E. 20-22; 18-20.

8. Diafragma muskuli qaysi muskullarning qisqarishi hisobiga yuqoriga ko‘tariladi? 

A. Diafragma. B. Tashqi qovurg‘alararo. D. Ichki qovurg‘alararo. E. Qorin.

9. Nafas olish harakati qanday sodir bo‘ladi? 

A. Qovurg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning pastga tushishi hisobiga.

B. Qovurg‘alarning pastga tushishi va diafragmaning ko‘tarilishi hisobiga.

D. Ichki qovurg‘alararo va qorin muskullarining qisqarishi hisobiga.

E. Bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo muskullarining qisqarishi hisobiga.

10. Nafas chiqarilgandagi havo tarkibida gazlar miqdori to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang. 

A. 4 % karbonat angidrid, 16,3% kislorod, 79,7 % azot.

B. 0,03 % karbonat angidrid,  20,94 kislorod, 79,3 % azot.

D. 16,3 % karbonat angidrid,  79,7 kislorod, 16  % azot.

E. 5,5-5, 7 % karbonat angidrid,  14,2-14,6 % kislorod, 80  % azot.

11. Nafas olishning oliy nerv markazi qayerda joylashgan? 

A. Uzunchoq miya, orqa miyaning bo‘yin, ko‘krak qismi.

B. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida

D. Oraliq miya, orqa miyaning ko‘krak qismida.

E. Miyacha, orqa miyaning bo‘yin qismida

12. Alveolalar va kapillar qon tomirlari o‘rtasida gaz almashinuvining sababi nimada? 

A. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibida kislorod kam, qonda karbonat angidrid kam.

B. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibida kislorod ko‘p, qonda karbonat angidrid kam.

D. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibi bilan qondagi havo tarkibining bir-biriga yaqinlig.i

E. Ulardagi bosimning o‘zaro tengligi.

13. Odamdagi qaysi kasallik quruq va qo‘pol og‘riqli yo‘tal bilan ajralib turadi?

A.  Faringit. B. Laringit. D. Bronxit. E. Zotiljam.

14. Tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday ataladi?

A. Faringit. B. Plevrit. D. Zotiljam. E. Laringit.


15. Tamaki tutuni tarkibida qancha zaharli modda borligi aniqlangan?

A. 2 000. B. 3 000. D. 1 200. E. 1 500.
Nazorat ishi–V

Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Ovqatni parchalovchi fermentlar nomi va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?

1) fruktoza 2) lipaza 3) glukoza 4) proteaza 5) karbogidraza

a) oqsillarni parchalash b) yog‘larni parchalash c) uglevodlarni parchalash 

A. 2-b, 4-a, 5-c B. 2-b, 3-a, 5-c D. 1-c, 3-a, 4-b E. 2-a, 4-c, 5-b

2. Qaysi olim birinchi bo‘lib oshqozonga fistula o‘rnatish usulini qo‘llagan?

 A. K. Funk B. N. I. Lunin D. B. A. Basov E. I. I. Sechenov

3. Quyidagilardan qaysi biri ta’sirida ovqatning maydalanishi uning fizik o‘zgarishiga misol bo‘ladi? 

A. Ichaklarning peristaltik harakati. B. Lipaza ta’sirida parchalanish.

D. Proteazalar ta’sirida parchalanish E. Amilaza ta’sirida parchalanish

4.Ovqat hazm qilish sistemasi organlari ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

1) og‘iz bo‘shlig‘i 2) oshqozon 3) xalqum 4) o‘n ikki barmoqli ichak 5) qizilo‘ngach 6) yo‘g‘on ichak 7) ingichka ichak 

A. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B. 1, 3, 4, 6, 7, 5, 2 D. 1, 3, 5, 2, 4, 7, 6 E. 1, 5, 6, 7, 2, 3, 4

5. Odamning har bir jag‘ida qanday tishlar va ularning nechtadan bo‘lishini aniqlang?

1) qoziq tish   a) 4   2) kurak tish   b) 2    3) kichik oziq tish  c) 6   4) katta oziq tish  d) 4 

A. 1a, 2b, 3c, 4d B. 1b, 2a, 3d, 4c D. 1c, 2a, 3d, 4b E. 1d, 2c, 3a, 4b

6. Vorsinkalar tananing qaysi qismida ovqat hazm bo‘lishini ta’minlaydi?

A. Ingichka ichak devorida. B. Yo‘g‘on ichak devorida.

D. Ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasida E. O‘n ikki barmoq ichakda Начало формы

7. Oshqozon shirasida xlorid kislotaning vazifasi nimadan iborat? 

A. Oshqozon devorini shikastlanishdan himoya qilish.

B. Fermentlar faolligini oshirish va bakteriyalarni o‘ldirish

D. Yog‘larni parchalash.

E. Uglevodlarni parchalash

8. Organizmda jigar qanday funksiyalarni bajaradi?

1) eritrotsitlarni parchalaydi 2) o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi. 3) leykotsitlar ishlab chiqaradi 4) qonni zaharli moddalardan tozalaydi. 5) gormonlar ishlab chiqaradi 6) moddalar almashinuvida ishtirok etadi 

A. 1, 2, 4, 6 B. 1, 2, 3, 5 D. 1, 3, 5, 6 E. 2, 4, 5, 6

9. Vitamin atamasini fanga kim birinchi bo‘lib kiritgan?

 A. 1912 yil, K. Funk. B. 1940 yil F. Misher.

D. 1880 yil, N. I. Lunin. E. 1940 yil, K. Landshteyner

10. Odam orgnizmida biror vitaminning mutlaqo yo‘qolishi qanday ataladi?

 A. Gipovitaminoz B. Gipervitaminoz D. Avitaminoz E. Gipoksiya

11Organizmda qaysi vitamin yetishmasligi natijasida terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so‘ngra umuman yo‘qoladi? 

A. Askorbin kislota B. Tiamin D. Riboflavin E. A vitamin

12. Yog‘da eriydigan vitaminlarni aniqlang? 

A. B1, B6, PP, D B. B1, B2, B6, B12 D. A, E, H, C E. A, D, E, K

13. A vitamin qaysi organlarning funksional holatini normal saqlashda muhim ahamiyatga ega?

1) terining ustki qavatini normal saqlashda 2) nerv sistemasi qo‘zg‘alishining normal o‘tishida 3) markaziy nerv sistemasida tormozlanish jarayonining normal o‘tishida 4) ovqat hazm qilish organing shilliq qavatini normal saqlashda 5) odamning aqliy faoliyatining yaxshi bo‘lishida

6) nafas yo‘llarining funksional holatini normal saqlashda

 A. 1, 4, 6 B. 1, 3, 5 D. 2, 4, 6 E. 3, 5, 6


14. B1 vitamin … kabi mahsulotlar tarkibida ko‘p uchraydi. 

A. Guruch po‘stlog‘ida, baliq yog‘ida, qizil qalampirda

B. tuxum sarig‘ida, limonda, jigarda, sut va sut mahsulotlarida

D. O‘rikda, mosh, no‘xat, baliq yog‘ida

E. Guruch po‘stlog‘ida, mol jigarida, bug‘doy non, yong‘oqda

15. D vitamining yetishmasligi natijasida organizmda qaysi tuzlarning almashinuvi buziladi va bu qaysi kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi? 

A. Temir, magniy, anemiya B. Kalsiy, fosfor, raxit.

D. Yod, fosfor, buqoq E. Kaliy, kalsiy, gemofiliya


Nazorat ishi–VI

Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari.Nerv tizimi.

Nazorat shakli: Test topshriqlari.

1. Tananing qaysi qismlarida terining qalinligi 4 mm gacha bo‘ladi?

1) qo‘lning kafti 2) yuz 3) ko‘krak 4) oyoqning tovoni 5) qorin 6) tananing orqa sohasi 7) son 

A. 1, 2, 3, 4 B. 2, 3, 4, 5 D. 1, 4, 6, 7 E. 2, 3, 5, 7

2. Epidermisning ustki qavati har necha kunda butunlay yangilanadi? 

A. 4 – 5 B. 7 – 11 D. 15 – 20 E. 14 – 21

3. Teri bajaradigan asosiy vazifalarni ko‘rsating. 

A. Himoya, sezish, ayirish, nafas olish, nafas chiqarish, termoregulatsiya

B. Sezish, himoya, issiqlikning boshqarilishi, tuyg‘u

D. Qonni tozalash, organizmni himoya qilish

E. Tayanch, transport, sezish, ayirish

4. Terining ustini qanday to‘qima o‘rab turadi? 

A. Biriktiruvchi to‘qima B. Yassi epiteliy to‘qima

D. Tuksimon to‘qima E. Silindrsimon to‘qima

5. Terining qaysi qavati yumshoq biriktiruvchi to‘qima va yog‘ moddadan tashkil topgan? 

A. Epidermis B. Derma D. Gipoderma E. Asl teri qavati

6. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kirishini belgilang? 

A. Oshqozon osti bezi, so‘lak bezlari, gipofiz, qalqonsimon bez

B. Buyrakusti bezi, qalqonsimon bez, ayrisimon bez, qalqon orqa bezi

D. Jigar, oshqozonosti bezi, ko‘z yosh bezi

E. Gipofiz, epifiz, qalqonsimon, buyrakusti bezi

8. Gormon – bu … . 

A. Organizmdagi reaksiyalarni tezlashtiruvchi ferment

B. Hujayra tarkibiga kiruvchi oqsil

D. Organlar faoliyatiga ta’sir qiluvchi b iologik faol modda

E. Modda almashinuv jarayonini tezlashtiruvchi mineral moddalar yig‘indisi

9. Bosh miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida qaysi bez joylashgan va u ishlab chiqaradigan gormon qanday vazifani bajaradi? 

A. Gipofiz, orgnizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi.

B. Ayrisimon bez, jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi.

D. Epifiz, organizmda pigment almashinuvini boshqaradi.

E. Qalqonorqa bez, odam organizmida kalsiy – fosfor almashinuvini tartibga soladi.

10. Qalqonsimon bez faolligi pasayganda qanday kasallik kelib chiqadi?

A. Gipoterioz B. Qandli diabet D. Tireotoksikoz E. Tetaniya

11. Timozin gormoni qanday jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi?

1) bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  2) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi.

3) bolada balog‘atga yetishni susaytiradi. 4) limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. 

5) organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.

A. 1, 4, 5 B. 1, 2, 4 D. 1, 2, 5 E. Barcha javoblar to‘g‘ri

12. Orqa miyaning bo‘yin segmentida joylashgan nerv markazlari qaysi a’zolarning harakatlanishini ta’minlaydi? 

A. Qo‘lning ichki yuzasini, teri muskullarini, shu sohada joylashgan ichki a’zolarni

B. Qo‘lning tashqi yuzasini, kaft barmoqlarining terisi, muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta’minlaydi.

D. Qo‘lning ichki yuzasi, kaft, barmoqlarning teri muskullarni

E. Qo‘lning ichki va tashqi yuzasini, kaft va barmoqlarni teri muskullarini sezish va harakatlantirish funksiyasini ta’minlaydi.

13. Refleks yoyi qismlari ketma – ketligi qaysi javobda to‘g‘ri joylashtirilgan?

1) nerv markazi 2) ishchi organ 3) retseptor 4) sezuvchi nerv tolasi 5) harakatlantiruvchi nerv tolasi 

A. 3, 4, 1, 5, 2 B. 2, 5, 1, 4, 3 D. 3, 5, 4, 2, 1 E. 2, 1, 4, 5, 3

14. Orqa miya nechta sigmentdan tashkil topgan va ular umurtqa pog‘onasi kanalida nechtadan joylashadi? 

A. 33; bo‘yinda – 7 ta, ko‘krakda – 14 ta, belda – 6 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 ta.

B. 31 – 33; bo‘yinda – 8 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 – 3 ta.

D. 30 – 31; bo‘yinda – 6 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 – 3 ta.

E. 33 – 34 ; bo‘yinda – 7 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 4 – 5 ta.

15. Orqa miyaning tuzilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A. 3 qavat: tashqi – qattiq, o‘rta – yumshoq, ichki – to‘rsimon;

B. 2 qavat: tashqi – o‘rgimchak to‘rsimon, ichki – yumshoq;

D. 3 qavat: tashqi – epiteliy, o‘rta – muskul, ichki – yumshoq;

E. 3 qavat: tashqi – qattiq, o‘rta – o‘rgimchak to‘rsimon, ichki – yumshoq.


Nazorat ishi–VII

Mavzu: Sezgi organlari.

Nazorat shakli: Rasmlar bilan ishlash.

1.Rasmga qarab quloq qismlarini jadvalga yozing.



Raqami

Quloq qismlari

1




2




3




4




5




6




7




8




9




10




11











2. Berilgan rasmga qarab raqamlarga mos ko‘zning qismlarini jadvalga yozing



Raqami

Ko‘z qismlari

1




2




3




4




5




6




7




8




9




10






Nazorat ishi–VIII

Mavzu:Sezgi organlari.Ko‘payish va rivojlanish.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Bola nutqining normal rivojlanishi qaysi a’zoning faoliyatiga bog‘liq?

A. Ko‘rish B. Sezish D. Harakat E. Eshitish

2. Nog‘ora parda quloqning qaysi bo‘limida joylashgan va qanday to‘qimadan tashkil topgan?

A. Ichki quloqda, epiteliy to‘qima. B. Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida, biriktiruvchi to‘qima

D. O‘rta quloqda, biriktiruvchi to‘qima. E. O‘rta va ichki quloq o‘rtasida, silliq muskul to‘qima

3. Eshitish retseptorlari qayerda joylashgan? 

A. Suyak labirintining dahlizida. B. Suyak labirintining yarim doira kanalchalarida

D. Suyak labirintining chig‘anog‘ida. E. Suyak labirintining xaltasimon tuzilmalarida

4. Quloq suprasi qanday vazifani bajaradi?

A. Tovush to‘lqinlarini ichki quloqqa yo‘naltirish.

B. Tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish

D. Tovush to‘lqinlarini tarqatish.

E. Nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni o‘rta quloq yo‘liga yo‘naltirish

5. Endolimfa suyuqligi odam eshitish a’zosining qaysi qismida joylashgan?

A. Parda labirinti ichida. B. Suyak labirintining ichida.

D. Ichki quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida. E. Suyak va parda labirinti orasida

6. Muvozanat analizatorini aniqlang.

A.Teri B. Harakat D. Eshitish E. Vestibular
7. Vestibular apparat ichki quloqning qaysi qismida joylashgan? 

A. Dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida. B. Chig‘anoqda

D. Perilimfa suyuqligida. E. Parda labirinti va suyak labirinti orasida

8. Muvozanat organining refleks yoyi qismlari ketma - ketligini ko‘rsating.

1) retseptor 2) bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining muvozanat markazi 3) vestibular nerv 4) miya ko‘prigidagi po‘stloqosti muvozanat markazi 5) miyacha 

A. 1, 5, 4, 2, 3 B. 1, 3, 4, 5, 2 D. 3, 1, 5, 4, 2 E. 1, 4, 5, 3, 2

9. Sechenov qaysi a’zolardagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atagan? 

A. Hid bilish a`zosidagi B. Muvozanat organidagi

D. Muskul va paydagi E. Burun bo‘shlig‘idagi
10. Qaysi olim bundan 200 yil oldin “Og‘riq barcha xavf – xatarda odamning eng ishonchli qo‘riqchisidir, u doim ehtiyot bo‘ling, hayotingizni asrang va avaylang” deb uqtiradi, deb yozgan? 

A. Mechnikov B. Volter D. Pavlov E. Sechenov

11. Teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar miqdorini aniqlang. 

A. 1 mln B. 30 ming D. 300 ming E. 500 ming

12. Embrion qavatlari nomini to‘g‘ri belgilang. 

A. Tashqi qavat – endoderma, o‘rta qavat – ektoderma, ichki qavat – mezoderma

B. Tashqi qavat – epiderma, o‘rta qavat – periderma, ichki qavat – endoderma

D. Tashqi qavat – mezoderma, o‘rta qavat –endoderma, ichki qavat – ektoderma

E. Tashqi qavat – ektoderma, o‘rta qavat – mezoderma, ichki qavat – endoderma

13.Yetti oylik homilaning bo‘yi uzunligi va tanasining vazni qanday bo‘ladi? 

A. Bo‘yi uzunligi 45 sm,  tanasining vazni 1500 – 2000 g

B. Bo‘yi uzunligi 25 – 30 sm,  tanasining vazni 700 – 1000g

D. Bo‘yi uzunligi 35 sm,  tanasining vazni 1000 – 1300 g

E. Bo‘yi uzunligi 50 sm,  tanasining vazni 2500 – 3000 g

14. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi nima bilan belgilanadi? 

A. Yurak qon – tomir faoliyati B. Muskullarining rivojlanishi

D. Sut tishlari chiqishi E. Ovqat hazm qilish organlari faoliyati

15. Akseleratsiya jarayoni to‘g‘ri izohlangan qatorni tanlang. 

A. Odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi

B. Odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining sekinlashuvi

D. Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning hujayralar tomonidan o‘zlashtirilishi.

E. Muskullarning qisqarib bo‘shasha olmay qolishi.



9-sinf “Biologiya, sitologiya va genetika asoslari” fanidan nazorat ishlari.
Nazorat ishi (NI –I)

Mavzu: Organizmlarning xilma-xilligi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Tirklikning tuzilish darajalarini ketma-ket yozing.

1) Hujayra. 2) Biogeosenoz. 3) Populyasiya. 4) Molekula. 5) Tto‘qima. 6) Organizm.

7) Biosfera. 8) Organ.

A. 1,2,3,4,6,5,8,7. B. 4,1,5,8,6,3,2,7. D. 4,1,8,5,6,3,2,7. E. 1,4,5,6,8,3,2,7.

2. Hayotning hujayrasiz shakllariga nimalar kiradi?

A. Bakteriyalar. B. Ko‘k- yashil suvo‘tlar. D. Viruslar. E. Zamburug‘lar.

3. Bakteriya viruslari nima deb ataladi?

A. Bakteriofaglar. B. Sianobakteriyalar. D. Mikroblar. E. Mikoriza.

4.Yadrosi shakllanmagan organizmlar nima deb ataladi?

A. Eukariotlar. B. Avtotroflar. D. Prokariotlar. E. Geterotroflar.

5. Bakteriyalarning hujayra qobig‘i qanday moddadan iborat?

A. Murein. B. Pektin. D. Xitin. E. Kletchatka.

6. Ko‘k-yashil suvo‘tlarning hujayra qobig‘i qanday moddadan iborat?

A. Murein. B. Pektin. D. Xitin. E. Kletchatka.

7. Sharsimon bakteriyalar nima deb ataladi?

A. Kokk. B. Batsilla. D. Spirilla. E. Vibrion.

8. Bakteriyalar tarqatadigan sekin rivojlanadigan kasallikni yozing.

A. Vabo. B. O‘lat. D. Gepatit. E. Sil.

9. Dukkakli o‘simliklarning ildizida yashovchi bakteriyalar nima deb ataladi?

A. Parazit. B. Mikoriza. D. Achituvchi E. Tugunak.

10. Ko‘k-yashil suvo‘tlari berilgan qatorni aniqlang.

A. Xrokokk, ossilatoriya, nostok. B. Xlorella, nostok, spirogyra.

D. Ulotriks, nitella, xrokokk. E. Laminariya, xlorella, nostok.

11. Ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayrasidagi ko‘k rangli pigment nima deb ataladi?

A. Fikotsian. B. Xlorofill. D. Ksantofil. E. Karotin.

12. Prokariot organizmlarni aniqlang.

1) Sil tayoqchasi; 2) Achitqi zamburug‘i; 3) Xrokokk; 4) Xlorella; 5) Nostok; 6) Vertisill;

7) Ossilatoriya.

A. 1,2,3,4. B. 1,3,5,7. D. 2,3,5,7. E. 1,3,6,7.

13. Eukariot organizmlarni aniqlang.

A. Qo‘ziqorin, lishaynik, amyoba, yo‘sin. B. Nostok, ossilatoriya, yashil evglena.

D. Qirqquloq, spirogira, achitqi zamburug‘i. E. Bakteriofag, vertisill, lola.

14. Tuban o‘simliklarning tanasi nima deyiladi?

A. Mitseliy. B. Poya. D. Rizoid. E. Tallom.

15. Ovqatga ishlatiladigan ko‘k-yashil suvo‘tlarni yozing.

A. Xrokokk. B.Nostok. D. Ossilatoriya. E. Nitella.
Nazorat ishi (NI –II)

Mavzu: Hujayra.

Nazorat shakli: Jadvallar bilan ishlash.

Jadvalni to‘ldiring.





Hujayra qismlarining xususiyatlari

Organoidlar

1

Hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi.




2

Oqsillar sintezlanadigan va tashiladigan organoid.




3

Ichki qismida oziqni parchalovchi fermentlar bo‘ladigan organoid.




4

ATF sintezlanadigan organoid.




5

Hujayra bo‘linishida muhim ahamiyatga ega organoid.




6

Oqsil sintezlanadigan organoid.




7

Vazifasi lipid va uglevod sintezlashdan iborat organoid




8

Prokariotlarda ham eukariotlarda ham uchraydigan organoid.




9

Hujayraning tayanch skelet tuzilmasi.




10

Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan organoid.




11

Yadro shirasiga botib kirgan zich tanacha.




12

Jigar va mushak hujayrasida soni ko‘p bo‘ladigan organoid.




13

Sitoplazmaning doimiy tarkibiy qismi bo‘lmagan tuzilma.




14

Eukariot hujayralarning muhim tarkibiy qismi.




15

Sitoplazmaning o‘z –o‘zidan ko‘payadigan organoidi.




16

Hujayraning turgor holatini vujudga keltiradigan organoid.




17

Yadroning bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan donador va to‘rsimon tuzilmasi.




18

O‘simlik hujayrasida uchramaydigan organoid




19

Zich qopchalar tizimi, vakuola, pufakchalardan iborat organoid.




20

Gul va mevalarga rang beradigan plastida.





Nazorat ishi (NI –III)

Mavzu: Hujayraning kimyoviy tarkibi.

Nazorat shakli: Test sinovi.

1. Hujayra tarkibiga kiruvchi biogen elementlar nechta?

A. 70 ta. B. 75 ta. D. 77 ta. E. 80 ta.

2. Hujayra massasining 98 % ni tashkil etuvchi elementlarni belgilang.

1. K. 2. Na. 3. O2. 4. P. 5. C. 6. S. 7. N2. 8. H2. 9. Fe. 10. Ca.

A. 1,2,3,7. B. 2,3,5,6. D. 3,5,7,8. E. 3,4,5,7.

3. Suyak to‘qimasini hosil qilishda va ularning mustahkamligini ta’minlashda ishtirok etuvchi elementlarni belgilang.

A. Ca, K. B. Na, K. D. Mg, Fe. E. Ca, P.

4. Dipol molekulani aniqlang.

A. Suv. B. Oqsil. D. Lipid. E. Polisaxarid.

5. Tiroksin gormoni tarkibiga kiruvchi mikroelementni aniqlang.

A. Yod. B. Brom. D. Ftor. E. Molibden.

6. Tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlarni aniqlang.

A. Oqsil, polisaxarid. B. Nuklein kislota, lipid. D. Uglevod, lipid. E. Uglevod, nuklein kislota.

7. Oqsillar gidroliz qilinsa qanday moddalarga parchalanadi?

A. Nukleotdlar. B. Aminokslotalar. D. Fermentlar. E. Monosaxarid.

8. Oqsil molekulalari qanday shaklda bo‘ladi?

A. Ipsimon. B. Yumaloq. D. Tuxumsimon. D. A va B javoblar to‘g‘ri.

9. Oddiy oqsillarni aniqlang.

1. Albumin. 2. Nukleoprotein. 3. Xromoprotein. 4. Globulin. 5. Lipoprotein.

A. 1, 4. B. 2, 3. D. 3, 4. E. 1, 5.

10. Xromoproteinlarga mansub oqsilni aniqlang.

A. Insulin. B. Gemoglobin. D. Lipoprotein. E. Albumin.

11. Sitoplazmaning doimiy bo‘lmagan tuzilmasi nima deb ataladi?

A. Yadro. B. Organoid. D. Kiritma. E. Sitoplazma.

12. Kimyoviy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga qanday yo‘llar bilan o‘tadi?

A.Fagositoz. B. Yarim o‘tkazuvchanlik. D. Diffuziya. E. Pinositoz.

13. Yadroning bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan donador va to‘rsimon tuzilmasi

nima deb ataladi?

A. Sentromera. B. Xromatin. D.Yadrocha. E. Yadro shirasi.

14. Eukariot organizmlarni aniqlang.

A. Infuzoriya tufelka. B. Achitqi bakteriyalar. D. Ossilatoriya. E. Nostok.

15. Somatik hujayradagi xromosomalar to‘plamining miqdoriy va sifatiy belgilari yig‘indisi nima deb ataladi?

A. Genotip. B. Kariotip. D. Genom. E. Fenotip.


Nazorat ishi (NI –IV)

Mavzu: Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Uglevodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?

A. C, H2, O2. B. N2, C, H2. D. N2, C, O2. E. H2, O2, S.

2. Katta issiqlik sig‘imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lgan moddani belgilang.

A. Oqsil. B. Lipid. D. Suv. E. Uglevod.

3. Nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan moddani aniqlang.

A. Oqsil. B. Uglevod. D. Nuklein kislota. E.Moylar.

4. Paxta tolasi qanday moddadan iborat?

A. Sellyuloza. B. Kraxmal. D. Glikogen. E. Xitin.

5. Tuganakli o‘simliklardagi zaxira sifatida to‘planadigan uglevodni belgilang.

A. Fruktoza. B.Kraxmal D.Glikogen E. Pektin

6. Uzum shakari deb ataladigan uglevodni toping.

A. Laktoza. B. Glyukoza. D. Fruktoza. E. Riboza.

7. RNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.

A. Dezoksiriboza. B. Glyukoza. D. Fruktoza. E. Riboza.

8. DNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.

A. Dezoksiriboza. B. Glyukoza. D. Fruktoza. E. Riboza.

9. 1gramm uglevod parchalanganda qancha energiya sarflanadi?

A. 19,7 kj. B.39,8 kj. D.40kj. E.17,6 kj.

10. 1g yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha energiya ajraladi?

A. 30,6 kj. B. 36,7 kj. D. 39,8 kj. E. 36,9 kj.

11. Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turishi nima deb ataladi?

A. Metabolizm. B. Anabolizm. D. Katabolizm. E. Energiya almashinuvi.

12. Odam hayot faoliyati tufayli bir yilda qancha kislorod va ozuqani o‘zlashtiradi?

A. 1,5 tonna. B. 15 tonna. D. 0,5 tonna. E. 2,5 tonna .

13. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida ajralgan energiya nimaga sarf bo‘ladi ?

A. Oqsil biosinteziga. B. ATF sinteziga. D. Fotosintezga. E) Hammasi to‘g‘ri.

14. Moyli o‘simliklarni aniqlang.

1. Kungaboqar. 2. Makkajo‘xori. 3. Zig‘ir. 4. G‘o‘za. 5. Soya. 6. Loviya. 7. Kunjut.

8. Zaytun. 9. Bug‘doy.

A.1,2,4,6,8,9. B. 1,3,4,5,7,8. D.1,3,5,6,8,9. E.1,2,3,4,6,8.

15. Polisaxaridlarning monomerlari nima deb ataladi?



A. Disaxarid. B. Monosaxarid. D. Aminokislota. E. Nukleotidlar.
Nazorat ishi (NI –V)

Mavzu: Ko‘payish va individual rivojlanish.

Nazorat shakli: Jadvallar bilan ishlash.
1. Berilgan 10 ta ta’rif qarshisidagi bo‘sh kataklarga jadvalning o‘ng tomonda berilgan mos atamalarning raqamlarini yozing.

Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan tayyorgarlik davri.




1

Profaza

DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi




2

Anafaza

DNK sintezi davri




3

S davri

Mitozga tayyorgarlik tugallanadigan davr




4

Interfaza

Mitozning birinchi bosqichi




5

Sitokinez

Mitozning oxirgi bosqichi




6

Mitoz

Xromosomalar ekvator tekisligida joylashadigan bosqich




7

S2 davri

Xromatidalar mustaqil xromosomalarga aylanadigan bosqich




8

Telofaza

Sitoplazmaning ikkiga ajralishi




9

S1 davri

Interfazadan so‘ng boshlanadigan jarayon




10

Metafaza

2. Organizmlarning ko‘payishiga ko‘ra turlariga misollar yozib jadvalni to‘ldiring.





Organizmlarning ko‘payishiga ko‘ra turlari

Misollar

1

Ikkiga bo‘linib ko‘payuvchi bir hujayrali organizmlar




2

Sizogoniya usulida ko‘payuvchi organizmlar




3

Tanasi ikkiga bo‘linib ko‘payadigan ko‘p hujayrali hayvonlar




4

Kurtaklanib ko‘payadigan bir hujayrali organizm




5

Kurtaklanib ko‘payadigan ko‘p hujayrali organizm




6

Tuganaklari bilan ko‘payadigan o‘simliklar




7

Piyozi bilan ko‘payadigan o‘simliklar




8

Qalamchalari bilan ko‘payadigan o‘simliklar




9

Partenogenez usulida ko‘payuvchi organizmlar




10

Tanasi bir necha bo‘laklarga bo‘linib ko‘payadigan ko‘p hujayrali hayvonlar





Nazorat ishi (NI –VI)

Mavzu: Individual rivojlanish.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Urug‘langan tuxum hujayra nima deb ataladi?

A. Zigota. B. Gameta. D. Murtak. E. Endosperm.

2. Tuxum hujayraning rivojlanishi nima deb ataladi?

A. Gametogenez. B. Ovogenez. D. Spermatogenez. E. Ontogenez.

3. Qaysi hujayra chang naychasini hosil qiladi?

A. Generativ hujayra. B. Tuxum hujayra. D. Vegetativ hujayra. E. Markaziy hujayra.

4. Qo‘sh urug‘lanishda qaysi hujayralar urug‘lanadi?

A. Generativ hujayra va vegetativ hujayra. B. Tuxum hujayra va markaziy hujayra.

D. Generativ hujayra va markaziy hujayra. E. Tuxum hujayra va vegetativ hujayra.

5. Organizmlarning individual rivojlanishi nima deb ataladi?

A. Gametogenez. B. Ovogenez. D. Spermatogenez. E. Ontogenez.

6. Murtakning tashqi qavati nima deb ataladi?

A. Mezoderma. B. Endoderma. D. Ektoderma. E. Blastosel.

7. Endodermadan qaysi a’zolar hosil bo‘ladi?

1. O‘rta ichak epiteliysi. 2. Hazm bezlari. 3. O‘pka epiteliysi. 4. Muskul to‘qimasi.

5. Biriktiruvchi to‘qima. 6.Yurak qon-tomir sistemasi. 7. Ayirish sistemasi. 8. Jabra epiteliysi.

A. 1,2,3,8. B. 4,5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6,8.

8. Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A. 1,2,3,8. B. 4,5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6,8.

9. Postembrional rivojlanishning qanday turlari mavjud?

A. To‘g‘ri va noto‘g‘ri. B. Chala va to‘liq.

D. Metamorfoz bilan va metamorfozsiz. E. A va D javoblar to‘g‘ri.

10. Qaysi organizmlar butun umri davomida o‘sadi?

1. O‘simliklar. 2. Sudralib yuruvchilar. 3. Ayrim mollyuskalar. 4. Ayrim baliqlar. 5. Yomg‘ir chuvalchangi. 6. Lentasimon chuvalchanglar.

A. 1,2,3,4. B. 2,4,5,6. D. 1,3,5. E. 1,3,4,6.

11. Organizm rivojlanish jarayonining bir hujayralik davri nima deb ataladi?

A. Zigota. B. Gameta. D. Murtak. E. Endosperm.

12. Embrionlarning o‘xshashlik qonunini yaratgan olimni aniqlang.

A. K. Ber. B. F. Myuller. D. E. Gekkel. E. G. Mendel.

13. Organizmning barcha genlari yig‘indisi nima deb ataladi?

A. Fenotip. B. Genotip. D. Kariotip. E. Allel genlar.

14. Mendelning birinchi qonuni qanday ataladi?

A. Dominatlik qonuni. B. Bir xillik qonuni. D. Ajralish qonuni. E. A va B javoblar to‘g‘ri.

15. Monoduragay chatishtirishda fenotip bo‘yicha nisbat qanday bo‘ladi?

A. 1:1. B. 1:2:1. D. 9:3:3:1. E. 3:1.


Nazorat ishi (NI –VII)

Mavzu: Genetika asoslari.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Odamda qo‘yko‘zlik dominant, ko‘kko‘zlik retsessiv belgi. Nikohlangan yigit va qizning biri gomozigota qo‘yko‘z, ikkinchisi ko‘kko‘z bo‘lsa, ularning farzandlarining ko‘zi qanday rangda bo‘ladi?

A. Barcha farzandlar qo‘yko‘z. B. Barcha farzandlar ko‘kko‘z.

D. 3:1 nisbatda qo‘yko‘z va ko‘kko‘z. E. 50% qo‘yko‘z va 50% ko‘kko‘z.

2. Organizmniag fenotipini belgilovchi biokimyoviy belgilarni ajrating.

A. Ferment faolligi, qondagi gormonlar konsentratsiyasi, to‘qimaning tuzilishi.

B. Oqsilning tuzilishi, fermentlarning faolligi, qondagi gormonlar konsentratsiyasi.

D. Ferment faolligi, tana tuzilishi, organlar joylashuvi.

E. Hujayraning shakli, to‘qima va organlar tuzilishi.

3. Embrional divergensiya nima?

A. Embrional rivojlanish jarayonida belgilarning hosil bo‘lishi.

B. Embrional rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi.

D. Postembrional rivojlanish jarayonida belgilarning ozgarishi.

E. O‘sish , rivojlanish.

4. Odamlarda sochning jingalak bo‘lishi (J), tekis bo‘lishi (j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to‘lqinsimon bo‘ladi. Sochlari to‘lqinsimon bo‘lgan ayol jingalak sochli yigitga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.

A. 100% to‘lqinsimon; Jj. B. 75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj.

D. 25% jingalak, 50% to‘lqiiisimon va 25% silliq,JJ, Jj, jj.

E. 50% jingalak va 50% to‘lqinsimon; J J, Jj.

5. Diduragay chatishtirishda fenotip va genotip bo‘yicha qanday nisbatda ajralish kuzatiladi?



A. 9:3:3:1; 9:6:1; 9:7 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1. B. 9:3:3:1; 3:1; va 13:1; 12:3:1.

D. 9:3:3:1 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1. E. 13:3; 12:3:1 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1

6. No‘xot o‘simligining qaysi belgisi retsessiv holda irsiylanadi?

A. Gul rangining qizil bo‘lishi. B. Don shaklining silliq bo‘lishi.

D. Poyasining uzun bo‘lishi. E. Dukkagining bo‘g‘imliligi.

7. Drozofila meva pashshasida normal qanot dominant, egilgan qanot retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda 3:1 nisbat olish uchun qanday genotipdagi pashshalarni o‘zaro chatishtirish kerak?

A. AA x aa. B. Aa x Aa. D. Aa x aa. E. AA x AA.

8. Fеnotip nima?

A. Organizmning xromosomalar yig‘indisi.

B. Organizmlarning tashqi va ichki bеlgi-xossalarini yig‘indisi.

D. Organizmning gеnlar yig‘indisi. E. Duragay organizmlar yig‘indisi.

9. Gamеtalarning sofligi gipotezasining mohiyati nima?

A. Bir bеlgi ikkinchi bеlgi ustidan dominantlik qiladi.

B. Organizm gеnotipi bir xil allеldan tashkil topadi.

D. Organizm gomozigotali bo‘ladi. E. Gamеtalarda ikkita allеldan bittasi bo‘ladi.

10. Mеndеlning ikkinchi qonunini toping?

A. Bеlgilarning ajralib kеtish qonuni. B. Dominantlik qonuni.

D. Gamеtalarning sofligi qonuni. E. Bеlgilarning mustaqil holda irsiylanish qonuni.

11. Digеtеrozigota organizmning gеnotipi qanday yoziladi?

A. Aabb. B. AABb. D. AaBb. E. aaBB.

12. Diduragay chatishtirishda Mеndеlning qaysi qonuni namoyon bo‘ladi?

A. Bеlgilarning ajralib kеtish qonuni. B. Dominantlik qilish qonuni.

D. Gamеtalarning sofligi qonuni. E. Bеlgilarning mustaqil holda irsiylanishi qonuni.

13. Diduragay chatishtirishda fеnotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish kuzatiladi?

A. 3:1, B. 9:3:3:1, D. 1:2:2:4:1:2:1:2:1 E. 9:6:1

14. Digеtеrozigotali duragay qanday gamеtalarni hosil qiladi?

A. A, a, B, b. B. AB, ab. D. AA, BB, aa, bb. E. AB,Ab, aB, ab.

15. Diduragay chatishtirishda gеnotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish kuzatiladi?

A. 3:1:2:9. B. 9:3:3:1. D. 1:2:2:4. E. 9:6:1:3.


Nazorat ishi (NI –VIII)

Mavzu: Genetika asoslari.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning xususiyatlarini ko‘rsating.



1. Irsiylanish xususiyatiga ega emas. 2. Irsiylanish xususiyatiga ega. 3.O‘zgarishlar guruhli xarakteriga ega. 4.O‘zgarish tashqi muhit ta’siriga bog‘liq. 5.O‘zgarish tashqi muhit ta’siriga bog‘liq emas. 6. O‘zgaruvchanlik chegarasi genotip bilan aniqlanadi.

A. 1,2,3,4,6. B.1,3,4,5,6. D.1,3,4,6. E. 1,2,5,6

2. 21-juft autosomalar sonining bittaga ortishi natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasallikni ko‘rsating.

A. Sindaktiliya. B. Shershevskiy- Terner sindromi.

D. Daun sindromi. E. Klaynfilter terner sindromi.

3. Jinsiy xromosomalarning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasalliklarni ko‘rsating.

A. Daun sindromi, klaynfilter sindromi. B. Klaynfilter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi.

D. Polidaktiliya, gemofiliya. E. Kalta barmoqlilik, sil kasalligiga moyillik.

4. Qaysi mutatsiya “generativ” deyiladi?

A. Autosoma xromosomalarda sodir bo‘ladigan. B. Somatik hujayralarda sodir bo‘ladigan.

D. Jinsiy hujayralarda sodir bo‘ladigan. E. Jinsiy xromosomalarda sodir bo‘ladigan.

5. To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan- naslga o‘tadigan mutatsiyalarni aniqlang.

1. Xushbo‘y no‘xotning kalta poyali navlari. 2. Qat-qat tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar.

3. Odamlarda oltita barmoq bo‘lishi. 4. Terida pigmentlarning bo‘lmasligi. 5. Xo‘rozlarning bo‘yin qismida pat bo‘lmasligi.

A. 1,4, 5. B. 3, 5. 1. D. 2, 4, 5. E. 1, 2. 3.

6. Tovuqning nasl qoldirish xususiyati va hayotchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan belgini toping.

A. No‘xotsimon tojli bo‘lishi. B. Oddiy tojli bo‘lishi.

D. Patning silliq bo‘lishi. E. Patning jingalak bo‘lishi

7. Klaynfelter sindromida jinsiy xromosomalar holatini belgilang.

A. XO, XXY. B. XXX , XXXY. D. ХУУ, XY. E. XXY, XXXY.

8. Odam hujayrasidagi xromosoma soni va tuzilishini o‘rganishda qaysi hujayradan foydalaniladi va ularni necha gradusli muhitda o‘stiriladi?

A. Leykotsitlardan, 37°. B. Eritrotsitlardan, 360.

D. Epiteliy hujayrasidan, 370. E. Trombotsitjardan, 250.

9. Retsessiv holda irsiylanuvchi kasallikni belgilang.

A. Gemofiliya. B. Polidaktliya. D. Mikrotsefaliya. E. Braxidaktiliya.

10. Xromosoma kasalligini aniqlang.

A. Polidaktliya. B. Gemofiliya. D. Daun sindromi. E. Daltonizm.

11. Himolay quyonlarini 30°C li muhitda boqilsa, uning juni qanday rangda bo‘ladi?

A. Hamma juni qora rangda. B. Hamma juni oq rangda.

D. Qulog‘i, oyoqlari, dumi - oq rangda, tanasi -qora rangda.

E. Qulog‘i, oyoqlari, dumi - qora rangda, tanasi oq rangda.

12. Suv yong‘og‘ida suv osti (1) va suv usti (2) barglarining shakli qanday bo‘lishini toping.

a) ingichka lansetsimon; b) patsimon qirqilgan; c) voronkasimon; d) yaxlit.

A. l-b, 2-d. B. l-a, 2-c. D. 1-d, 2-b. E. 1-b, 2-a.

13. Odamlarda uchraydigan gen kasalliklarini aniqlang.

1. Gemofiliya. 2. Daltonizm. 3. Polidaktliya. 4. Braxidaktiliya.

5. Daun sindromi. 6. Klaynfelter sindromi. 7. Shershevskiy -Terner sindromi.

A. 1,2,3,4. B. 5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6.

14. Odamlarda uchraydigan xromosoma kasalliklarini aniqlang.

1. Gemofiliya. 2. Daltonizm. 3. Polidaktliya. 4. Braxidaktiliya.

5. Daun sindromi. 6. Klaynfelter sindromi. 7. Shershevskiy -Terner sindromi.

A. 1,2,3,4. B. 5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6.

15. Odamdagi dominant belgilarni aniqlang.

1. Jingalak soch. 2. To‘g‘ri soch. 3. Qo‘yko‘z. 4. Sepkillar. 5. Malla soch. 6. Polidaktiliya. 7. Ko‘k ko‘z.

A. 1,2,5,6. B. 2,3,4,7. D. 1,3,4,5. E. 1,3,4,6,






Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling