5 sinf Botanika fanidan nazorat ishlari. Nazorat ishi ni-1 Mavzu: Gulli o‘simliklar. Hujayra. Nazorat shakli


-sinf Zoologiya fanidan nazorat ishlari


Download 1.6 Mb.
bet2/3
Sana24.10.2020
Hajmi1.6 Mb.
#136297
1   2   3
Bog'liq
biologiya fanidan nazorat ishlari


7-sinf Zoologiya fanidan nazorat ishlari.

Nazorat ishi–I

Mavzu: Sodda hayvonlar.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. O‘zbekistonda birinchi marta hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan olimni aniqlang.

A. D.N. Kashkarov B. T.S. Zohidov. D. L.M. Isayev E. A.T. To‘laganov

2. Qaysi olimlarning tadqiqotlari Markaziy Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarning butunlay tugatilishiga asos bo‘ladi?

A. D.N.Kashkarov, T.Z.Zohidov . B. L.M.Isayev, P.F.Borovskiy.

D. S.N.Alimuhamedov, R.O.Olimjonov. E. L.M.Isayev, D.N.Kashkarov.

3. Qoramollarning nasl boshi qaysi hayvon?

A. Yevropa turi. B. Stellerov sigiri. D. Tarpan. E. Prjevalskiy oti.

4. Suyak , tog‘ay, qon qaysi to‘qima xiliga kiradi?

A. Biriktiruvchi to‘qima. B. Muskul to‘qima. D. Nerv to‘qima. E. Epiteliy to‘qima

5. Ichak devorining ichki yuzasi qaysi to‘qima bilan qoplangan?

A. Biriktiruvchi to‘qima. B. Muskul to‘qima. D. Nerv to‘qima. E. Epiteliy to‘qima

6. Qaysi sodda hayvon o‘z shaklini doimo o‘zgartirib turadi?

A. Amyoba. B. Evglena. D. Volvoks. E. Leyshmaniya

7. Amyoba qaysi qismi yordamida oziqlanadi?

A. Butun tana sathi yordamida. B. Og‘iz bo‘shlig‘i yordamida

D. Soxta oyoqlar yordamida. E. Hazm shirasi yordamida

8. Amyoba qanday sharoitda soxta oyoqlarini tortib olib sharsimon shaklga kiradi?

A. Nafas olganda. B. Oziqlanganda. D. Harakatlanganda. E. Suvga osh tuzi solinganda.

9. Evglena sista hosil qilganda qaysi qismi tushib ketadi?.

A. Qobig‘i. B. Vakuolasi. D. Xivchini. E. Yadrosi.

10. Evglenaning yorug‘likni sezadigan ko‘zchasi qanday rangda bo‘ladi?

A. Rangsiz. B. Oq. D. Sariq. E. Qizil.

11. Otiluvchi tanachalari bo‘ladigan sodda hayvonni toping.

A. Triponasoma. B. Leyshmaniya. D. Tufelka. E. Bezgak paraziti.

12. Sodda hayvonlardan qaysi sinf vakillari faqat parazitlik bilan hayot kechiradilar?

A. Infuzoriyalar. B. Xivchinlilar. D. Sporalilar. E. Sohta oyoqlilar.

13. Qaysi hayvon “o‘mbaloq oshib” va “odimlab” harakatlanadi?

A. Gidra. B. Polip. D. Aktiniya. E. Volvoks.

14. Hazm bo‘lmagan ozuqa gidraning qaysi qismi orqali chiqariladi?

A. Anal teshigi. B. Kloaka. D. Chiqarish teshiklari. E. Maxsus teshikcha.

15. Qadimgi koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilardan dastlab qaysi hayvonlar paydo bo‘lgan?

A. Gidrasimonlar. B. Meduzalar. D. Korall poliplar. E. Korall poliplar koloniyasi.


Nazorat ishi– II

Mavzu: Yassi va halqali chuvalchanglar.

Nazorat shakli:Jadval bilan ishlash.

Berilgan belgi va xususiyatlarning raqamini jadvaldagi tegishli hayvon qatoriga yo‘zing.



Hayvonning nomi

Hayvonga xos belgilarning raqami

Oq planariya




Jigar qurti




Qoramol tasmasimon chuvalchangi




Exinokokk




Odam askaridasi




Bolalar gijjasi




Bo‘rtma nematodasi




Yomg‘ir chuvalchangi




Qizil chuvalchang




Nereida







1. Yassi chuvalchanglar tipiga mansub.

16. Tanasi 5 -6 bo‘g‘imdan iborat.

2. To‘garak chuvalchangla tipiga mansub.

17. Ayrim junsli hayvon.

3. Halqali chuvalchanglar tipiga mansub.

18. Oqish rang li, uzunligi 5-10 mm , bolalarning ichagida parazitlik qiladi.

4. Kiprikli chuvalchanglar sinfiga kiradi.

19. Qon aylanish sistemasi taraqqiy etgan.

5. Chuvalchanglar sinfiga kiradi.

20. Boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan.

6. So‘rg‘ichli chuvalchanglar sinfiga kiradi.

21. Uch shoxli ichagi bor.

7. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiradi.

22. Suv shilling‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi.

8. Kam tukli chuvalchanglar sinfiga kiradi.

23. Hazm sistemasi ikki uchi ochiq nayga o‘xshaydi.

9. Ko‘p tukli chuvalchanglar sinfiga kiradi.

24. Yirtqich hayvonlar asosiy xo‘jayini hisoblanadi.

10. Erkin hayot kechiradi.

25. Chirindiga oy nam tuproqda yashaydi.

11. O‘simliklarning yer osti qismida parazitlik qiladi.

26. Suvni tozalab sanitarlik vazifasini bajaradi.

12. Tanasi kipriklar bilan qoplangan.

27. Tanasining ikki tomonida mskulli o‘simtalari bor.

13. Yirik sut emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi.

28. Bosida to‘rtta so‘rg‘ichi bor.

14. Gavdasining uzunligi 8 -10 m.

29. Ikki shoxli chagi bor.

15. Odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi.

30. Baliqlar chun asosiy ziq hisoblanadi.


Nazorat ishi–III

Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar tipi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1.Daryo qisqichbaqasining qorin qismi necha bo‘g‘imdan iborat?

A. 1 B. 2 D. 5 E. 7

2.O‘zbekistonning cho‘l zonalarida uchraydigan qisqichbaqasimonni belgilang.

A. Dafniya. B. Biy. D. Zaxkash. E. Tarantul.

3.Qisqichbaqaning yurak devorida necha juft teshikcha bo‘ladi?

A. 1 B. 2 D. 3 E. 4

4.Qisqichbaqaning uzun mo‘ylovlari qanday vazifani bajarishini aniqlang.

A. Hid, ta`m bilish. B. Tuyg‘u, ta’m bilish. D. Muvozanat, tuyg‘u. E. Xid bilish, tuyg‘u.

5.Qisqichbaqasimonlardan plankton organizmlar deb ataladigan hayvonlar?

A. Omar, dafniya. B. Dafniya, siklop. D. Siklop, krab. E. Krevetka, krab.

6.Zahkashlar nimalar bilan oziqlanadi?

A. O‘simlik qoldiqlari. B. Mayda hayvonlar.

D.O‘simlik barglari. E. O‘smliklarning yosh novdalari.

7.O‘rgimchakning oyoq paypaslagichlari qanday organ va u qanday vazifani bajaradi?

A. Tuyg‘u, pastki jag‘lar. B. Ta`m bilish, zaharli bezlar.

D. Hid bilish, yuqorigi jag‘. E. Eshitish, yuqorigi jag‘.

8. O‘rgimchaklarning qaysi biri har xil chuqurliklarga voronkasimon tutqi to‘r to‘qiydi, lekin zahri umurtqali hayvonlar uchun havfli emas.

A. Tarantul. B. Qoraqurt. D. Falanga. E. Chayon.

9. Butli o‘rgimchakda qancha yurish oyoqlari bo‘lishini belgilang.

A. 2ta B. 4ta D. 6ta E. 8ta

10.Qaysi o‘rgimchak tuproqqa chuqurligi 60 sm gacha bo‘lgan tik inda yashaydi?

A. Qoraqurt. B. Butli o‘rgimchak. D. Biy. E. Pichano‘rar.

11.Qaysi parazit hayvon xo‘jayinining hidi orqali topib boradi?

A. Qo‘ng‘iz. B. O‘rgimchak. D. Kana. E. Falanga.

12.Chayonning qaysi organi qisqichga aylangan?

A. Oyoq paypaslagichlari. B. Pastki lablari. D. Mo‘ylovlari. E. Pastki jag‘lari.

13.Bo‘g‘imoyoqlilardan qaysi hayvon tirik tug‘adi?

A. Kana. B. Chumoli. D. Chayon. E. Dafniya.

14.Kanalar qanday kasalliklarni odamga yuqtiradi?

A. Gepatit, tif. B. Tif, sil. D. Ensefalit, sil. E. Tulyaremiya, ensefalit.

15.Tunda inidan chiqib ov qiladigan o‘rgimchakni toping.

A. Biy. B. Butli o‘rgimchak . D. Qoraqurt. E. Falanga.
Nazorat ishi–IV

Mavzu: Hashorotlar.

Nazorat shakli: Jadvallar bilan ishlash.
1.Quyidagi jadvalga chala va to‘liq o‘zgarish bila rivojlanuvchi hasharotlarga tegishli turkumlari va turlarining nomlarii yozing.


Hashorotlarning rivojlaishiga ko‘ra guruhlari

Turkumlari

Turlari

Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hashorotlar



















To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hashorotlar


















2. Jadvalni to‘ldiring.



Turkumlar

Qanotining tuzilishi

Og‘iz a’zosi

Vakillari

Ninachilar

turkumi











Tog‘ri qanotlilar turkumi










Qandalalar turkumi










Tangacha qanotlilar turkumi










Pardaqanotlilar turkumi










Ikkiqanotlilar turkumi











Nazorat ishi–V

Mavzu: Lansetnik. Baliqlar.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1.Hozirgi zamon bo‘g‘imoyoqlari va qadimgi halqali chuvalchanglar o‘rtasidagi oraliq hayvonni toping.

A. Trilobitlar. B. Yomg‘ir chuvalchangi. D. Lansetniklar. E. Bo’shliqichlilar.

2.Qaysi o‘simliklarni changlantiradi?

A. Grechixa, olma. B. Beda, sebarga. D. Anjir, gilos. E. Kungaboqar, bug’doy.

3. Qaysi hordalilar bosh skeketsizlar hisoblanadi?

A. Lansetniklar. B. Suvda ham quruqlikda yashovchilar. D. Baliqlar. E. Sudralib yuruvchilar.

4.Qaysi hayvonning ayirish sistemasi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi, ammo halqum bo‘ylab joylashib, jabra yonidagi bo‘shliqqa ochiladi?

A. Daryo olabug‘asi. B. Chig‘anoqli shilliqurt. D. Lansetnik. E. Bitiniya.

5. Lansetnikda ichki skelet nima hisoblanadi?

A. Xitin qoplam. B. Umurtqa. D. Xorda. E. Kutikula.

6. Lansetnikning haqiqiy hordali hayvon ekanligini aniqlagan olimni belgilang.

A. K.I. Skryabin. B. E.N.Povlovskiy. D. B.L. Astaurov. E. A.O.Kovalevskiy.

7. Baliqlarning qaysi organi rezonatr vazifasini bajaradi?

A. Suzgich pufagi. B. Jabraga. D. Muskullari. E. Muvozanatni saqlash.

8. Baliqning umurtqa pog‘onasi nechta umurtqa suyagidan iborat?

A. 39-42ta. B. 41-43ta. D. 38-41ta. E. 41-44ta.

9. Baliqda qon aylanish a`zolari ishini bosh miyaning qaysi qismi boshqaradi?

A. Oldingi. B. Oraliq. D. O‘rta. E. Uzunchoq.

10. Baliqlarning bosh miyasi nechta bo‘limdan iborat?

A. 3 B. 5 D. 4 E. 6

11. Baliqlarda ko‘payish instinkti qachon paydo bo‘ladi?

A. Jinsiy hujayra yetila boshlashi bilan. B. Bahorda suvlar ilishi bilan.

D. Lichinkalik davri tugagach. E. Suv harorati ko‘tarilganda.

12.Qaysi baliq so‘lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan suvo‘tlarni yopishtirib, uya yasaydi?

A. Dengiz otchasi. B. Tikanbaliq. D. Tilyapiya. E. Oq sla.

13.Qaysi baliqlar tirik tug‘adi?

A. Akula, skat. B. Cho‘rtan, oq amur. D. Laqqa, xumbosh. E. Zog‘ora, tikanbaliq.

14. Qaysi turkumga mansub baliqlarning tanasi bo‘ylab 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan?

A. Baqra baliqlar. B. Losossimonlar. D. Seldsimonlar. E. Ilonbaliqlar.

15. Panjaqanotlilar turkumiga kiradigan baliq?

A. Kambala. B. Sudak. D. Forel. E. Latimeriya.



Nazorat ishi–VI

Mavzu: Suvda ham quruqlikda yashovchilar.Sudralib yuruvchilar.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. Baqaning ko‘zi nima bilan himoyalangan?

A. Kiprikchalar. B. Qovoq. D. Qosh. E. Qovoq, kiprik.

2. Burun teshigida maxsus klapanlari bo‘lgan hayvonni belgilang.

A. Baqa. B. Suv ilon. D. Baliq. E. Skat.

3. Baqaning orqa oyoqlar kamari nechta va qanday suyakdan iborat?

A. 2ta, chanoq. B. 3ta, dumg‘aza. D. 2ta, dumg‘aza. E. 4ta, chanoq.

4. Baqalar qaysi organi orqali nafas oladi?

A. Teri, Jabra. B. Jabra, traxeya. D. O‘pka, traxeya. E. O‘pka, teri.

5. Baqa yuragining bo‘limlari sonini belgilang.

A. 1ta yurak qorinchasi va 1ta yurak bo‘lmasi. B. 2ta yurak qorinchasi va 2ta yurak bo‘lmasi.

D. 2ta yurak qorinchasi va 1ta yurak bo‘lmasi. E. 4ta yurak qorinchasi va 4ta yurak bo‘lmasi.

6. Baqa bosh miyasining qaysi qismi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan?

A. O‘rta miya. B. Miyacha. D. Oldingi miya. E. Uzunchoq miya.

7. Baqa tuxumidan chiqqan itbaliq dastlab nima bilan oziqlanadi?

A. Mayda suvo‘tlar. B. Bakteriyalar.

D. Tuxumdagi zahira oziq moddalar. E. Mikroorganizmlar.

8. Suvda ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning dastlabki ajdodi

A. Tog‘ayli baliqlar. B. Panja qanotli baliqlar. D. Suyakli baliqlar. E. Lansetnik.

9. Suvda va quruqlikda yashovchi qaysi hayvon qon so‘ruvchi chivinlarning k`oplab lichinka, g‘umbaklarini yo‘qotadi?

A. Qurbaqa. B. Salamandra. D. Yashil baqa. E. Triton.

10. Qaysi hayvonlar dumlilar turkumiga mansub?

A. Triton, salamandra. B. Salamandra, yashil qurbaqa.

D. Yashil qurbaqa, ko‘l baqasi. E. Triton, ko‘l baqasi.

11. Tez kaltakesakning qaysi organi tuyg‘u vazifasini bajaradi?

A. Yon chizig‘i. B. Tanadagi sezgi hujayralari. D. Sezuvchi mo‘ylovlari. E. Tili.

12. Kaltakesakning tanasi nima bilan qoplangan?

A. Muguz tangachalar va shilimshiq. B. Shilimshiq.

D. Muguz tangachalar. E. Suyak tangachalar.

13. Kaltakesak nima bilan oziqlanadi?

A. Qisqichbaqa. B. Hashorot. D. O‘simlik. E. Suvda va quruqda yashovchilar.

14. Ilonlarda qaysi sezgi organi rivojlanmagan?

A. Ko‘rish. B. Eshitish. D. Hid bilish. E. Tuyg‘u.

15. Yuragi to‘rt kamerali sudralib yuruvchi hayvonni belgilang.

A. Kaltakesak. B. Toshbaqa. D. Ilon. E. Timsoh.


Nazorat ishi–VII

Mavzu: Qushlar.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. Nega qushlarning patlari yog‘li bo‘ladi?

A. Teridagi bezlar hisobiga. B. Teridagi yog‘ bezlari hisobiga.

D. Patning o‘zidagi yog‘ hisobiga. E. Quymich bezi hisobiga.

2.Qaysi hayvonda faqat quymich bezi yaxshi rivojlangan?

A. Suvda ham quruqlikda yashovchilarda . B. Baliqlarda.

D. Sudralib yuruvchilarda. E. Qushlarda.

3.Qush uchganda eng ko‘p og‘irlik qaysi suyakka tushadi?

A. Panja. B. O‘mrov. D. To‘sh. E.To‘sh toji.

4. Qushlardagi ko‘krak muskullarining asosiy vazifasini ko‘rsating.

A. Qanotlarini ko‘tarish. B. Qanotlarini tushirish.

D. Ko‘krak qafasini kengaytirish. E. Ko‘krak qafasini toraytirish.

5. Zahira oziq saqlanadigan organ? (qushlarda)

A. Jig‘ildon. B. Bezli oshqozon. D. Muskulli oshqozon. E. Qizilo‘ngach.

6. Kaptarning yurak tuzilishini aniqlang.

A. Bo‘lmacha, qorincha. B. O‘ng, chap bo‘lmacha, qorincha.

D. O‘ng, chap qorincha, o‘ng, chap bo‘lmacha. E. Bo‘lmacha, chap, o‘ng qorincha.

7. Qushlarning issiq qonli hayvon bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?

A. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi. B. Qon aylanish organlarining tuzilishi.

D. Moddalar almashinuvining jadalligi. E. Nafas olish organlarining tuzilishi.

8. Qushlarning murakkab hatti-harakati bosh miyaning qaysi qismiga bog‘liqligini aniqlang.

A. Miyacha. B. Oraliq. D. Uzunchoq miya. E. Oldingi yarim sharlar.

9. Qushlardagi qaysi qobiliyat boshqa hayvonlarga nisbatan kuchli rivojlangan?

A. Eshitish. B. Hid bilish. D. Ko‘rish. E. Rangni ajrata olish.

10. Qaysi qushlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalari ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq, yalang‘och tanasi mayin parlar bilan qoplangan?

A. Laylak. B. G‘oz. D. O‘rdak. E. Tovuq.

11. Uya qurmaydigan qushlarni aniqlang.

A. O‘rdak, kakku. B. Kakku, qur. D. Qayra, kakku. E. Bulduruq, qayra.

12. Go‘ngqarg‘a, zag‘cha,qorayaloq qaysi qushlar guruhiga mansub?

A. O‘troq. B. Ko‘chib o‘tuvchi. D. Ko‘chmanchi. E. Uchib ketuvchi.

13. Quyidagi qushlarning qaysi biri o‘ljasini havoda tutadi,uchib ketayotib suv ichadi?

A. Qaldirg‘och. B. Ko‘k g‘oz. D. Turna. E. Churrak.

14. G‘ozsimonlar turkumiga kiradigan qushlarni belgilang.

A. Qur, kaptar. B. Tuvaloq, o‘rdak. D. To‘tg‘ay, bedana. E. Oqqush, o‘rdak.

15. Faqat tuxum olish uchun ko‘paytiriladigan tovuq zotini belgilang.

A. Plimutrok. B. Lekgorn. D. Zagorsk. E. Pervomaysk.
Nazorat ishi–VIII

Mavzu: Sutemizuvchilar sinfi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. Sutemizuvchilar bel umurtqasining soni nechtagacha bo‘ladi?

A. 1-6 B. 2-9 D. 3-5 E. 3-11

2. Sutemizuvchilarda qaysi sezgi organlar qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan?

A. Ko‘rish. B. Ta`m bilish. D. Hid bilish. E. Eshitish.

3. Yo‘ldoshli sutemizuvchilarning urug‘langan tuxumi qayerda rivojlanadi?

A. Yo‘ldoshida. B. Tuxum yo‘lida. D. Bachadonida. E. Xaltasida.

4. Sutemizuvchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?

A. Qushlardan. B. Sudralib yuruvchilardan.

D. Baliqlardan. E. Suvda ham quruqlikda yashovchilardan.

5. Kunduzi orqa oyoqlari bilan tirmashib, boshini pastga osiltirib uxlaydigan sutemizuvchini aniqlang.

A. Ko‘rshapalak. B. Krot. D. Olmaxon. E.Yerqazar.

6. Kemiruvchilar qaysi belgilari bilan boshqa sutemizuvchilardan farq qiladi?

A. Tana qoplamining tuzilishi. B. Tish sistemasining tuzilishi.

D. Qon aylanish sistemasining tuzilishi. E. Eshitish sistemasining qismlari.

7. Mushuksimonlar oilasi vakillarining qaysi sezgi organi yaxshi rivojlanmagan?

A. Ko‘rish. B. Eshitish. D. Hid bilish. E. Ta’m bilish.

8. Quloq suprasi yo‘q sutemizuvchini aniqlang.

A. Dengiz mushugi. B. Tulen. D. Suvsar. E. Ilvirs.

9.Qaysi qatorda tishli kitlar keltirilgan?

A. Ko‘k kit, morj. B. Dengiz mushugi, tulen. D. Delfin, kasha lot. E. Bo‘rsiq, morj.

10. Buxoro bug‘usi qaysi qo‘riqxonada boqiladi?

A. Qizilqum. B. Zarafshon. D. Zomin. E. Nurota.

11.Qaysi hayvon tropic Afrikada yashaydi?

A. Begemot. B. Shempanze. D. Arangutan. E. Jayron.

12. Keng burunli maymunlar vakili berilgan qatorni aniqlang.

A. Pavian. B. Shempanze. D. Arangutan. E. O‘rgimchakmaymun.

13. Karkidon, zebra, qulonlar qaysi turkumga mansub?

A. Juft tuyoqlilar. B. Kemiruvchilar. D. Toq oyoqlilar. E. Xartumlilar.

14. Maymunlarning asosiy tuyg‘u organi qaysi qismi hisoblanadi?

A. Ko‘zi, qulog‘i. B. Barmoqlari, tovoni. D. Mo‘ylovlari, tuklari. E. Qo‘l, oyoqlari.

15.Odamsimon maymunlar guruhini aniqlang.

A. Kaota, yashil martishka. B. Pavian, shimpanze. D. Orangutan, gorilla. E. Gorilla, kaota.




8-sinf “ODAM VA UNING SALOMATLIGI” fanidan nazorat ishlari.
Nazorat ishi–I

Mavzu: Tayanch harakatlanish tizimi.

Nazorat shakli: Test topshiriqlari.

1. Odam organizmi faoliyatini o‘rganuvchi fan qanday ataladi?

A. Gigiyena B. Anatomiya D. Fiziologiya E. Sitologiya

2. Ibn sinoning “Kitob al-qonun fit tibb” asarida  … haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

1. Odam a’zolarining tuzilishi, funksiyasi  2. Kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari 

3. Insonning dastlab hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi  4. Oddiy va murakkab dorilar, ularning a’zolarga ta’siri  5. 1116 xil dori  6. O‘simlik va hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati

A. 1, 2, 3, 4  B. 2, 3, 4, 5 D. 3, 4, 5, 6 E. 1, 2, 4

3. Qaysi o‘zbek olimi qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolash bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan?

A. Vohidov V. B. To‘raqulov Yo. X. D. Oripov O‘. E. Zufarov K. A.
4. Hujayra membranasi qanday vazifalarni bajaradi?

1. Moddalar almashinuvi. 2. Oqsil sintezi. 3. Hujayra bo‘linishi.  4. Zaharli chiqindilarni qonga chiqarish. 5. Hujayra organoidlarining vazifasini to‘g‘ri belgilang.

1. Hujayra membranasi a) hujayraning bo‘linishida ishtirok etadi. 2. Ribosoma b) hujayra ichida va tashqarisida ionlar muvozanatini ta’minlaydi. 3. Lizosoma c) oqsil sintezida ishtirok etadi.   4. Golji apparati d) hujayrani energiya bilan ta’minlaydi. 5. Mitoxondriya e) oziq moddalarni mayda zarrachalarga parchalaydi.

A. 1- b, 2 - c, 3 - e, 4 - a, 5 – d B. 1- b, 2 - c, 3 - a, 4 - e, 5 – d

D. 1- c, 2 – e, 3 – d, 4 – b, 5 – a E. 1- a,  2 - c, 3 – d, 4 - b, 5 - e

6. Qaysi to‘qima ichki a’zolar pardasi deb ham ataladi?

A. Epiteliy. B. Biriktiruvchi. D. Muskul. E. Nerv. Начало формы

7. Odamdagi qaysi to‘qima hujayralarida elastik tolalar ko‘p bo‘lib, ular cho‘zilish, bukilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi? 

A. Epiteliy B. Biriktiruvchi D. Muskul E. Nerv

8. Epiteliy to‘qimasining xarakterli belgisini aniqlang.

A. O‘zaro zich joylashgan hujayralardan iborat. B. Hujayralararo moddasi bo‘lmaydi yoki juda kam bo‘ladi.

D. Tez ko‘payish xususiyatiga ega. E. Barcha javoblar to‘g‘ri.

9. Silliq muskullarga xos belgilarni aniqlang.

1. Shakli duksimon. 2. Tolasining uzunligi 0,1 mm. 3. Bir yadroli. 4. Ko‘p yadroli. 5. Kalta miofibrilla ipchalari mavjud. 6. Suyaklarga birikadi. 7. Qon tomirlari devorida bo‘ladi.

8. Faoliyati odam ixtiyoriga bog‘liq. 9. Oshqozon – ichaklarda bo‘ladi.

A. 1,2,3,6,7,8. B. 1,2,3,5, 7,9. D. 2,4,6,7,9. E. 1,2,4,5,6,8,9.

10.Quyida berilgan a’zolardan qaysi biri mineral tuzlar deposi bo‘lib xizmat qiladi?

A. Suyaklar. B. Taloq. D. Buyrak. E. Tomirlar sistemasi.

11. Quyidagilar orasidan yassi suyaklarni ajrating.

1. Qovurg‘a 2. Yelka 3. Peshona 4. Umurtqa pog‘onasi 5. Tepa 6. Chakka 7. Yuqorigi jag‘ 8. To‘sh suyagi 9. Chanoq 10. O‘mrov 11. Kurak .

A. 1, 8, 10 B. 2, 4, 6 D. 5, 9, 11 E. 3, 7, 10

Начало формы

12. Qo‘l suyaklarini tartib bilan ko‘rsating. 

1. Kurak 2. O‘mrov 3. Barmoq 4. Kaft 5. Yelka 6. Bilak 7. Tirsak  8. Bilakuzuk 

 A. 5, 6, 2, 1, 7, 3, 8, 4. B. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8. D. 3, 4, 6, 5, 8, 1, 2, 7. E. 2, 1, 5, 6, 7, 8, 4, 3.

13. Ko‘krak qafasi qanday suyaklardan tashkil topgan?

A. 12 juft ko‘krak umurtqasi, 12 ta qovurg‘a, 2 ta to‘sh suyagi.

B. 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘alar va to‘sh suyagi.

D. Bo‘yin va ko‘krak umurtqasi,  12 juft qovurg‘alar va to‘sh suyagi

E. 31 ta umurtqa suyaklari, 24 ta qovurg‘alar, to‘sh suyagi

14. Soxta qovurg‘alar soni nechta?

A. 14 ta B. 6 ta D. 2 ta E. 8 ta 
15. Suyaklar birikishidan hosil bo‘ladigan bo‘g‘im qanday qismlardan iborat?

A. Bo‘g‘im xaltasi, fibroz parda, suyak boshchasi

B. Bo‘g‘im xaltasi, fibroz parda, sinovial suyuqlik

D. Bo‘g‘im xaltasi, suyak boshchasi, sinovial suyuqlik

E. Bo‘g‘im xaltasi, suyaklarning birikish yuzasi, bo‘g‘im bo‘shlig‘i

Nazorat ishi–II

Mavzu:Tayanch harakatlanish tizimi.

Nazorat shakli: Rasmlar bilan ishlash.
Quyidagi rasmga qarab gavda skeletining qismlarini yozing.

1) __________________________________

2) __________________________________

3) __________________________________

4) __________________________________

5) __________________________________

6) __________________________________

7) __________________________________

8) __________________________________

9) __________________________________

10)__________________________________

11)__________________________________



12)__________________________________


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling