Xxi asrda innovatsiyalar
Download 0.73 Mb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy10
GRAMMATIKA: ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI
Fan-texnika, san’atning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar, ilmiy-texnik xabarlar, maqolalar, tezislar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (qoidalar, ta’riflar, aksiomalarga) boy bo‘lishi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanadi. Ilmiy uslubdagi nutq monologik xarakterga ega bo‘lib, unda obrazlar, obrazli tasvirlar, koʻchma ma’noli soʻzlar, majoz, boʻyoqdor soʻzlar, iboralar deyarli uchramaydi. Bu uslubga mantiqiy fikrlash, abstraksiya, analiz, sintez, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘rish - xos xususiyatlardir. Shuning uchun u o‘rganuvchining his-tuyg‘ulariga emas, ongiga, tafakkur –shuuriga ta’sir etadi. Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy terminlaridan foydalanadi. Masalan, tilshunoslikda morfologiya, sintaksis, fe’l, tuslanish, kesim, giponimiya kabi atamalar; matematikada teorema, tenglama, kosinus, sinus, parallelopiped, gipotenuza kabi atamalar; meditsinada analgin, adeopan, glyukoza, validol, penitsillin, glitserin kabi atamalar ishlatiladi. Ilmiy uslubda so‘zlar, odatda, o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan izoh bo‘laklar, kirish so‘z, kirish birikma va kirish gaplar, shuningdek, ergashgan qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Gaplarning kesimi, odatda , aniq yoki majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi; moslashuvli birikmalar deyarli hamma vaqt belgisiz (gap bo‘lagi, unlilar tasnifi, so‘z o‘zagi kabi): sonlar raqamlar bilan; birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshi (men) ko‘plik shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda gap bo‘laklari tartibida inversiya uchramaydi. Ilmiy uslubga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar deyarli barcha tillarga, jumladan, rus, ingliz, nemis, fransuz va h.larga ham tegishlidir. Vazifa: audiogid va ekskursiya rahbarining vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganib, daftaringizga yozib keling. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling