Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi
Download 333.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5316699935083596002
3.1. Mavzu: О‘rta podsholik davri (mil. av. XXI-XVIII asrlar) Ma’ruza rejasi: 1.O’rta podsholik davri san’atida me’morchilik ,haykaltaroshlik va tasvirriy
san’at
2.Haykaltaroshlik va tasviriy san’at rivoji
Tayanch tushunchalar: garmoniya ,simmetriya, garmoniya, kontrast, kontur
Mil. av. 3 ming yillikning sо‘nggi asrlariga kelib kо‘plab urushlar va mahobatli piramidalar qurilishi markazlashgan davlatni zaiflashtirib qо‘ydi. Iqtisodiy zaiflik firavnning qudratiga putur yetkazib, kо‘plab nomarxlarning noroziliklariga sabab bо‘ldi va mil. av. 2400 yillar atrofida Misr bir nechta viloyatlarga bо‘linib ketdi. Ularning xukmdorlari – nomarxlarning о‘rni kuchaydi hamda mamlakatning siyosiy markazi Fiva shahriga kо‘chirildi. Bu yerda mahalliy ma’bud – quyosh xudosi Amonga e’tiqod qilinardi, keyinchalik u qadimgi Ra ma’budi nomi bilan ulug‘lanadi. Nomarxlar tо‘liq xokimiyatni egallab, mustaqillikka erishgach, fir’avnga xos bо‘lgan ustunliklarni о‘zlashtira boshladilar. Endilikda ular о‘z maqbaralarini shoh ehromlari ostonasida emas, о‘z xududlarida qura boshladilar. Bu esa mahalliy maktablarning rivojiga ta’sir kо‘rsatdi. Ehromlar esa g‘ishtdan, kichik xajmlarda qurilganligi sababli, vaqt sinovlariga dosh bera olmay, tez orada vayronaga aylandi. Mil. av. XXI asrga kelib mamlakatni yagona davlatga birlashtirish uchun kurash boshlandi. Bu asosan yirik quldorlar uchun zarur edi. Zero, Misrdagi dehqonchilik Nilning sug‘orish tizimi yagona davlat nazorati ostidagina rivojlana olardi. Bu kurashda Fiva xukmdorlari boshchiligidagi janubiy nomlar g‘olib bо‘lishdi. О‘rta podsholik davrining XI sulola fir’avnlari vakillari ehrom va nomarxlarga xos bо‘lgan qoya-maqbaralarni о‘zaro uyg‘unlashtirish orqali о‘z maqbaralarini yaratdilar. Deyr el Baxridagi Mentuxoteplar maqbarasiyangicha qurilish shaklining noyob durdonasidir. An’anaga kо‘ra vodiydan ibodatxonaga tosh devorlar bilan о‘ralgan uzun yо‘l (uzunligi 1200 m., kengligi 33 m.) olib kelgan. Bu yо‘l qoyalar orasidagi ibodatxona-maqbaraning dastlabki terassa va keng pandusi tomon yetaklaydi. Pandus orasida ravoq bо‘lib, u ikkinchi ravoq joylashgan ikkinchi terassaga olib chiqqadi. Terassa uch tomondan ustunli zal bilan о‘ralib, uning markazida esa yaxlit tosh bо‘laklaridan piramida qad kо‘targan. Boshqa ehromlardan farqli ravishda qoya ehrom uchun tabiiy asos sifatida xizmat qilgan. Yopiq kolonnalar zali va muqaddasxonalarning bir qismi qoyaning о‘zidan о‘yib ishlangan. Fir’avnlarning maqbarlari esa kolonnalar zali ostida joylashgan. Bularning barchasi maqbara-ibodatxonaga piramida kabi ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Ibodatxona va xovli terrassasini о‘rab turuvchi kollonadalar, ibodatxona qorong‘uligidan chiqqan va uni qо‘riqlab turgan kabi fir’avnlarning mahobatli haykallari mazkur davr me’morchiligiga xos. Piramida bilan yakunlangan ikki qavatli kollonalar qatoridan iborat maqbara qoyaning bо‘rtmalari fonida, yorqin quyosh nurlarida sariq, oq ranglarda alohida ajralib turadi. Bu ajoyib yodgorlik Misr me’morchiligida, xususan Yangi podsholik davri qurilishida katta ahamiyat kasb etadi. Download 333.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling