Xxi-xviii asrlar Ma’ruza rejasi
Senusert II ning kо‘krak taqinchog‘i
Download 333.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5316699935083596002
Senusert II ning kо‘krak taqinchog‘i
Senusert II xokimiyati ramzining nishoni Senusert II ning qizi Sit-Xatxorga tegishli uriy Maqbaralardan topilgan kо‘p sonli kichik о‘lchamlardagi yog‘och haykalchalar ham О‘rta podsholik davriga xos xususiyatlardan biridir. Ularda Misr xalqining kundalik hayoti namoyon bо‘ladi: buqalar yordamida yer haydayotgan dehqon, baliqchilar yoki eshkakchilar bilan tо‘la qayiqlar, qurollangan harbiylar qо‘shini, amaldorlar oldidan poda olib о‘tayotgan chо‘ponlar, mehnat qilayotgan qullar, kir yuvayotgan yoki non yopayotgan ayollar. Bolalar о‘yinchog‘iga о‘hshash sodda haykallar an’anaviy tasviriy usullarini qaytarsada, malakali badiiy ifodaviylikdan yiroqdir. Biroq ularning barchasida samimiy va bevosita hayot haqiqati teran aks etadi. Yuqoridagi misollar О‘rta podsholik davrining Misr san’ati tarixida muxim va sermahsul davr bо‘lganligidan dalolat beradi. Qadimgi podsholik davri badiiy merosini davom ettirish va qayta ishlash bilan bir qatorda bu davr kо‘plab yangiliklar yaratishga muvaffaq bо‘ldi. Ibodatxona zallarini uch nefli etib qurish, pilonlar, kolos haykallari, piramidaga nisbatan maqbara ibodatxonasining kattalashuvi, haykaltaroshlik va rangtasvirda realizm tendensiyalarining о‘sishi, zargarlikda yangi texnikalarning paydo bо‘lishi – О‘rta podsholik davri ustalarining Misr san’ati xazinasiga qо‘shgan bemisl hissasi sanaladi. Download 333.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling