Y. Q. Zohidova Toshkent – 2023


II BOB. INFORMATSION DASTURDA BOSHLOVCHINING AHAMIYATI


Download 169.74 Kb.
bet6/7
Sana12.11.2023
Hajmi169.74 Kb.
#1768372
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Teleyangililar boshlovchisi imidji

II BOB. INFORMATSION DASTURDA BOSHLOVCHINING AHAMIYATI

    1. Axborot dasturiga puxta tayyorgarlik

Axborot odamlar o‘rtasida uzatiladigan ma`lumotlar hisoblanib, kеyingi vaqtda ishlab chiqarishni rеjalashtirish va boshqarish uchun, hamda yashash sharoitlarini, iqtisodiy taraqqkiyot darajasini bеlgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Fuqarolarga axborot yetkazishda zamonaviy usullardan foydalanish sohasi hali hamon talab darajasida emas. Qonunchilikdagi so’nggi yangiliklardan hamda huquq sohasidagi axborotlardan fuqarolarni yetarlicha xabardor qilinishida ularni qamrab olishga to’liq erishilmayapti. Shu bois bu borada tizimli dastur asosida ishlar olib borish zarur. Bugungi kunda media olamining asosiy va shu bilan birgalikda ishonchli qismi bu televideniya hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab bugungi kunda minglab informatsion dasturlar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Teleekran orqali efirga uzatiluvchi informatsion dasturlarga ko‘plab davlatlar singari bizning yurtimizda ham ishonch kuchli. Ammo yevropa mamlakatlarida gazetalar va radio televideniyaga qaraganda tezkor ishlaydiganlari ham ko‘p. Informatsion dastur o‘z ichiga turli mazvularni oladi. Bu mavzularni yoritish va tamoshabinga taqdim etish boshlovchi va muxbirlarning zimmasida hisoblanadi. Dastur uchun efir boshlanishi bilan, dastur boshlovchisi rejissyorga aylanadi. Chunki efirni u boshqaradi. To‘satdan kelib qolgan ma‘lumotlarni bog‘liq holda yetkazish va har qanday texnik uzilish holatlariga ham shay turishi lozim. Tamoshabin uzatilayotgan habarlarda bevosita qatnashish imkoniyatiga ega emas, shu sababli bo‘lib o‘tgan yoki bo‘layotgan voqea-hodisani tamoshabinga his ettirish boshlovchining zimmasiga tushadi. Jurnalist doim mavzularni neytral holda yoritishi kerakligi haqida ko‘p eshitganmiz va bu qanchalik to‘g‘ri fikr ekanligi ham barchamizga birdek ma‘lum. Chunki u faqat mavzuni bor holida shaxsiy fikrlarsiz yortishi zarur. Aks holda insonlarning xulosa chiqarishiga halal berishi yokida o‘z obro‘siga outur yetkazishi mumkin. Huddi shunday boshlovchi ham mavzularni neytral yortishi darkor. Chunki xalq unga ishonadi. Boshlovchilar har kunlik ishonchli habarlarni taqdim etar ekan xalq boshlovchining so‘zlariga va o‘ziga ishonadi. Uning shaxsiy fikrlari informatsion dasturga aralashsa va u xato bo‘lsa avvalo dasturga so‘ngra boshlovchiga bo‘lga hurmat va ishonch yo‘qoladi. Birgina xato tufayli yillar davomida yig;ilgan obro‘ va mehnat yo‘qqa chiqishi mumkin.
Uni tiklash esa biroz mushkul bo‘ladi. Informatsion dasturlar har bir telekanallarda turli vaqt davom etadi. Ammo vaqt qancha bo‘lmasin bu boshlovchiga muammo tug‘dirmasligi kerak. Agar, vaqt kam bo‘lsa, manashu kam vaqt mobaynida uni to‘liq va tushunarli tarzda yoritish ham boshlovchining mahoratiga bog‘liqdir. Xususiy telekanallar va davlat telakanallarining ortasida farqlar sezilarli darajada desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlat telekanallarida rasmiylik va mavzularga bo‘lgan munosabat xususiy telekanllarga nisbatan farqlidir. Ammo bugungi kunga kelib davlat telekanallariga nisbatan xususiy telekanllarning ko‘rilish soni va dolzarbliligi kuchliroq. Mavzular yangi va efir yuzini tez ko‘radi. Kunlik voqealar ko‘p hollarda aynan o‘sha kuni efirga uzatiladi. Shu sabali ham bugungi kunda xususiy telekanllar reytingi davlat telekanallarininkiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib turibdi. Bunda informatsion dastur boshlovchilarining o‘rni ham katta. Xususiy telekanallar boshlovchilar aynan shu telekanlda va informatsion dasturda boshlovchi bo‘lganligi sababli ham mshxurlikka erishdilar.16 Bu nafaqta dasturning balki, boshlovchilarning ham muvoffaqiyatli chiqishlarining mevasidir. Misol qilib oladigan bo‘lsak “Zo‘r tv” ning “Bu kun”, “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturlari xalq orasida tez mashxur bo‘ldi va ishonch qozondi. Shu bilan birgalikda boshlovchilari ham qisqa fursatda xalq orasida tanildi. Ushbu dasturlarda siyosiy, ijtimoiy, sport va boshqa turdagi xabarlar efirga uzatib boriladi va hechbir xabar aholi nazaridan chetda qolmaydi. Hattoki siyosiy mavzulardagi lavhalar ham aholining e‘tobirini jalb etmoqda. Har qanday mavzuni tushunarli va qiziqarli qilish qayssidir ma‘noda boshlovchining potensiyaliga ham bog‘liq.17
Har bir yoritilishi kerak bo‘lgan mavzuni boshlovchi his eta olishi uni shunchaki gapirib berishi emas balki muhitni tamoshabinga his qildira olishi lozim. Ya‘ni ma‘lumotlar turli hil kayfiyat taqdim etuvchi bo‘ladi. Ko‘p holarda boshlovchilar bu inobatga olishmaydi, ammo bu ham muhim jihatlardandir. Shou ko‘rsatuvlar va informatsion ko‘rasatuvlar tubdan farq qilganidek ulardagi boshlovchilar ham tamomila bir biridan farq qiladi. Lekin bugungi kunda ikkisini ham uddalash maqsadida ikki yo‘nalshda ham faoliyat yuritayotgan boshlovchilar yo‘q emas. Serqirra bo‘lish yaxshi ammo tamoshabin nazdida boshlovchi neytral shaklda qolib ketishi mumkin. Ko‘p boshlovchilar efir mobaynidagi texnik xatolar paytida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Bunday holatlar ko‘pincha jonli efir vaqtida kuzatiladi. Mikrafonlar ishlamay qolishi yoki suflyor doskasi o‘chib qolishi bunday holatlar hechbirimizga notanish emas. Bunday vaziyatdan chiqish boshlovchidan ortiqcha mahorat emas balki biroz o‘ziga ishonch talab qiladi. Efirga muxbirlarni tayyorlash uchun ko‘plab mahorat darslari bugungi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Boshlovchilarga xos bo’lgan yana bir xususiyat – efrining g’oyasini faqat matnni o ‘qish orqali emas, ssenariyda berilgan matnlarni jonlantirish, uni harakatga keltirish borasida qilgan xatti-harakatidadir. Matn bilan ishlash mahoratiga ega bo’lishi lozim. Bunda matn yozilgan ssenariyni qanday ushlashdan tortib, to efirdan chiqib ketishigacha bo’lgan jarayon nazarda tutiladi. Mikrofonlar bilan ishlashni bilish kerak. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki efirning qay darajada saviya bilan o‘tishi boshlovchining mahoratiga bog‘liq. Kino san‘atida tasvirga tushirish ishlari yakunlangandan so’ng montaj ishlari boshlanadi. Ammo, madaniy tadbirlarda bunday imkoniyat yo’q. Buning sababi shundaki, tadbirlar xuddi spektaklardagidek aniq vaqtda, tomoshabin ko’z oldida o’tadi. Uni qaytarish yoki to’xtatib turib, boshqadan boshlash imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun ham tadbirlaming muvaffaqiyati ko’p jihatdan boshlovchining mahoratiga bog’liq bo’ladi.Radio boshlovchilari, televideniye ko’rsatuvlari boshlovchilari, konsert dasturlari boshlovchilari, shou dastur boshlovchilari, teatrlashtirilgan tadbirlar boshlovchilari va boshqa turdagi boshlovchila mi ajratib ko’rsatish mumkin. Bularning hammasi o’ziga xos yondoshuvni talab qiladi. Masalan, televideniye ko’rsatuvlari boshlovchisi bilan katta sahnada bo’ladigan madaniy tadbir boshlovchisi ovoz tembr- larini yo’naltirishda e‘tibor qiladigan jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Studiyada ko’rsatuv suxandonining ovozi yuqori darajada se- zuvchi apparaturalar yordamida pichirlab gapirishigacha yozib olinadi. Katta zalda yoki maydonlarda esa mikrofongaishlagan holda ham ovozni yo’naltirishda katta e‘tibor qiladigan jihatlari ko‘p. Umuman olganda boshlovchi efirning bosh qismi hisoblanadi. Uning o‘zida yaratgan imidji juda ko‘p narsani hal qiladi. Har bir boshlovchi o‘ziga yarashgan ayniqsa qulay bo‘lgan imij yaratishi lozim. O‘ziga hoslik hamisha insonlarning e‘tiborini tortadi. Har bir efirda boshlovchidan unumli foydalanish katta samara beradi. Efirda boshlovchilar asosan yetakchi ishtiroklardan hisoblanib, u tadbiming boshidan oxirigacha “qizil ip” asosida ushlab turadi.18 Boshlovchi qanday xususiyatlarga ega bo’lishi lozim? Birinchidan, boshlovchi doimo asosiy figuralaridan biri bo’lganligi uchun, u chiroyli, did bilan kiyingan bo’lishi lozim, boshlovchining tili ravon, nutqi sof, sahna nutqining hamma tamoyillariga asoslangan holdatomoshabinga etkazib berish qobilyatiga ega bo’lishi lozim. Boshlovchi mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berishda muhim rol o‘ynashi mumkin, boshlovchining mahorati efir saviyasi, uning tempini ushlab turishga yordam berishi mumkin boshlovchi tadbirda ― g‘oyaviy ko’prik‖ vazifasini o’tashi mumkin, ya‘ni bir lavhani boshqasi bilan bog’lashda, mantiqiy va ketma ketligini ta‘minlashda muhim rol o’ynashi mumkin. U ssenariy matni bilan tanish bo’lishi lozim yoki jahli chiqqan holatda sahnaga chiqmasligi kerak.19
Bunday teleboshlovchilardan bir qanchalari bugungi kunda omma e’tiborini tortayotgani tabiiy. Shu o’rinda “Milliy” telekanaldagi “Millar” axborot dasturida kuzatar ekanmiz, ko’pincha, “Millar” dasturining boshlovchilari bu harakatlarni tomoshabinlarga aniq va ravshan dalillar bilan ko’rsatish uchun voqea bo’lgan joyga o’zlarini o’sha holatga tushganday rol o’ynab berishadi va isbotga tayangan holatda axborotni bayon qilishadi. Bu holat tomoshabinlar uchun qiziq va ba’zan kulgili bo’lib ko’rinishi bu harakatlarni bo’rtirib namoyish etayotganidan dalolat beradi. teleboshlovchi odatda voqeani muxbir o’z ko’zi bilan ko’rganini isbotlashga o’xshaydi. Buni sababsiz qo’llab bo’lmaydi. Muxbir voqea joyidan xabar bergani uchun agar holat muxbir bilan ko’rishga arziydigan bo’lsa ya’ni “bu suvdan ichib bo’lmaydi” deb ichib berishi kerak”, “Maktab bolalari shunday panjara ustidan sakrab o’tishadi” deb o’zlari ham sakrab ko’rsatishlari kerak. “Stand up” deb ataydigan janr turi shunday holatlarda kerak bo’ladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, “Millar” dasturini muxbirlari bu stand upni keragidan ortiq aqlga sig’maydigan darajada namoyish etishlari har xil holatda tushib voqeani bayon etishlari jurnalistlarning ba’zi bir kasb axloq qoidalariga to‘g’ri kelmaydi. Har qanday holatda ham qoidalarga buysunish bu jurnalistni kasbiy etikasini belgilab beradi va bugungi axborot globallashgan davrda tomoshabinni diqqatini tortish maqsadida har xil bachkana hatti-harakatlar va isbotlanmagan dalillar bilan axborotni yetkazish kasb odobiga putur yetkazadi.20
Hozirgi kunda xususiy telekanallar orqali turli xil madaniy-ma’rifiy ko’rsatuvlar namoyish etib kelinmoqda. Asosan ko’ngil ochar mazmundagi dasturlar namoyishi ko’pgina tomoshabinlarni jalb qila oldi. Lekin ushbu dasturlarda telejurnalistlar o’rniga aktyor va artistlar qiziqchilar va ba’zida yosh tajribasiz jurnalistlarni ko’rishimiz mumkin. Ular dasturlarni qiziqarli olib borishga harakat qilishadi,lekin ko’rsatuvdan mazmun-ma’no topolmay qiynalasiz. Faqat o’yin-kulgi, yengil-yelpi qarash bilan dasturlar olib borilyapti. Masalan, ko’pgina xususiy kanallardagi ertalabki dasturlar olib boruvchi aktyor, qiziqchi va jurnalistlarning nutqida boshdan-oyoq yuzaki, mazamatrasiz va hech kimga kerak bo’lmaydigan darajada nutq so’zlashi va ko’rsatuvlarni saviyasiz olib borishi telejurnalistikada nutq madaniyati va kasb etikasiga oid jiddiy mulohaza qilish payti kelganini bildiradi. Oddiy misol, Sevimli kanalda jonli efirda “Sevimli kun” ko’rsatuvini kuzatish jarayonida Ertalabki nonushta tayyorlash daqiqasi bo’ladi, shunda boshlovchilar oshpaz taomni tayyorlaguncha bir-birlariga savol-javob tashlab turishdi. Oxirida nonushtani tanavvul qilish paytida boshlovchi “Hozir reklamaga o’rin beramiz, Bo’lmasa biz ekran orqali tanavvul qilayotgan taomga tomoshabinlarni kuzatib turishibdi, ularni ham yegilari kelib, ko’zi suqi tushib qoladi, keyin qornim og’rib qoladi, aybga buyurmaysizlar” degan mazmunda hazilhuzul qilib, reklamaga navbat bervoradi. Bunday holatga qanday baho berish mumkin endi? Bu vaziyat tomoshabin uchun qanday kechadi? Maroq bilan zavqlanib tomosha qilayotgan tinglovchi uchun bu gaplar uning his-tuyg’u va ishonchiga zarar yetkazadigan masala bo’lib qoladi.21 Shuning uchun ham telejurnalist har bir so’zini yaxshilab o’ylab hech kimga zarar yetkazmaydigan holatda tomoshabinga bayon etmog’i lozim.22

XULOSA
Xulosa qiladigan bo’lsak; Bugungi kunda xususiy va davlat kanallarda namoyish etilayotgan bir qancha tok-shoular, intervyular axborot dasturlari, ko’ngil ochar dasturlarni kuzatish jarayonida ba’zan beixtiyor ushbu dasturlarni olib borayotgan telejurnlistlarni kasb odobiga rioya qilmagan holda o’zlarini tutishlarini guvohi bo’lamiz.23 Yosh jurnalistlarga namuna qilib ko’rsatadigan telejurnalistlar sanoqli bo’lib boryapti. Ayniqsa, nutq madaniyati va kasb odobiga rioya qilayotgan jurnalistlarni kamdan-kam uchratamiz. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, Har qanday vaziyatda ham intervyu, tok-shoumi, boshqa ko’rsatuvlar yoki axborot dasturimi-jurnalist tizgini tortilgan nasldor arg’umoq kabi doimo shay turmo’g’i kerak. Kasb etikasiga nutq madaniyatiga rioya qilgan holda olib borilgan har dastur shundagina samarali mazmunli tomoshabinga ko’rsata oladigan ta’sirli va ibratli ko’rsatuv bo’lishiga shubha qolmaydi.24


Download 169.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling