Asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlarning (0100) bog‘lanishi
Mulkchilik huquqida korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Mol-mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi 5-son BHMS "Asosiy vositalar"ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob tuzilishi respublika hududida va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bo‘yicha ularning kirim qilinishi 0810 "Tugallanmagan qurilish", 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish", 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi", 8530 "Tekinga olingan mulk" va boshqa schyotlarning krediti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarini tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasiga ko‘ra berish, kamomad yoki yo‘qotilishi natijasida hisobdan chiqarishda boshlang‘ich qiymati tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) kreditidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |