Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKSIYALARNI HISOBGA OLUVChI SChYoTLAR
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- V QISM. MOLIYaVIY NATIJALARNING ShAKLLANIShI VA IShLATILIShI IX BO‘LIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR
- VI QISM. BALANSDAN TAShQARI SChYoTLAR
- II bob. Schyotlarning bog‘lanishi
- II BOB. SChYoTLARNING BOG‘LANIShI I qism. Uzoq muddatli aktivlar I BO‘LIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY
Keyingi o‘rinlarda: II bob. Schyotlarning bog‘lanishi I qism. Uzoq muddatli aktivlar II qism. Joriy aktivlar III qism. Majburiyatlar IV qism. Xususiy kapital V qism. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanilishi VI qism. Balansdan tashqari schyotlar II BOB. SChYoTLARNING BOG‘LANIShI I qism. Uzoq muddatli aktivlar I BO‘LIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY AKTIVLAR VA BOShQA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) bog‘lanishi Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) bog‘lanishi Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0300) bog‘lanishi Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning (0400) bog‘lanishi Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning (0500) bog‘lanishi Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0600) bog‘lanishi O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0700) bog‘lanishi Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0800) bog‘lanishi Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning (0900) bog‘lanishi Hisobvaraqlar rejasining birinchi qismida barcha uzoq muddatli aktivlarni, ya’ni bir necha hisobot davri mobaynida foydalaniladigan mol-mulkni hisobga oluvchi hamma schyotlar jamlangan. Barcha uzoq muddatli aktivlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida taqdim etilgan. Ushbu bo‘limning schyotlari quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan: - mulkchilik huquqida korxonaga tegishli bo‘lgan va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi; - mulkchilik huquqida korxonaga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi; - qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud bo‘lgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar; - mahalliy va xorijdan keltirilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati; - barcha turdagi kapital qo‘yilmalar; - olingan veksellar bo‘yicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan schyotlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari, vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda soliqlari, uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar. Hisobvaraqlar rejasida uzoq muddatli debitorlik qarzi va kelgusi davrlarning uzoq muddatli xarajatlarini hisobga oluvchi alohida schyotlar nazarda tutilganligi buxgalteriya hisobida debitorlik qarzlari va kelgusi davr xarajatlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq joriy va uzoq muddatlilarga aniq ajratish va aks ettirish imkoniyatini beradi. Asosiy vositalar va ular bo‘yicha eskirishni hisoblash uslubiyati va moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar buxgalteriya hisobining tartibi quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi: - O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar" (moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) "Ijara hisobi" (moliya vazirining 2009 yil 16 apreldagi 41-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2009 yil 24 aprelda 1946-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 4-son, MVning 129-son, DSQning 2002-86-son qarori bilan 2002 yil 29 oktyabrda tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2002 yil 4 dekabrda 1192-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom (moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 29 avgustda 1401-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2004 yil 10 martdagi MVning 37-son, DSQning 2004-26-son va MAIMQVning 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 6 aprelda 1334-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom (O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qaroriga ilova); - Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (moliya vazirining 2009 yil 11 maydagi 54-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2009 yil 1 iyunda 1961-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va boshqalar. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling