Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Download 0.89 Mb.
bet3/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Doimiy schyotlar - hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapitalga oid schyotlar. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv va kontrpassiv schyotlarga ajratiladi.


Aktiv schyotlar (A) - aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiy zaxiralarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debeti, kamayishi esa - krediti bo‘yicha aks ettiriladi.


Passiv schyotlar (P) - majburiyatlar va kapitalni aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda majburiyatlar hamda kapital qoldig‘i va ko‘payishi schyotning krediti, kamayishi esa - debeti bo‘yicha aks ettiriladi.


Kontraktiv schyotlar (KA) - u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyotning qoldig‘idan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.


Kontrpassiv schyotlar (KP) - u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.


Tranzit schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, biroq yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlardir.


Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga tegishli bo‘lmagan, biroq vaqtinchalik uning tasarrufida bo‘lgan aktivlarning, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Ushbu schyotlar boshqa schyotlar bilan bog‘lanmaydi va korxonaning moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi.
Schyotlarning Hisobvaraqlar rejasida turkumlanishi va ularning ketma-ketlik bilan joylanishi xo‘jalik vaziyatlarining iqtisodiy mazmuniga asoslanadi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulki muomalasi chizmasidan kelib chiqadi. Ushbu tamoyildan foydalanish buxgalteriya hisobining qaysi bir ob’ektlariga oid ma’lumotlar muayyan bo‘limning schyotlarida tizimlashtirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berish imkoniyatini yaratadi. Bunda schyotlar guruhlanishining boshqa ahamiyatli belgilari, xususan, schyotlar maqsadi va tarkibi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va boshqalar zarur darajada inobatga olinadi. Shuning uchun Hisobvaraqlar rejasi Konseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun moliyaviy hisobot elementlarini guruhlash orqali qat’iy tarzda tartibga keltirilgan tizim hisoblanadi, ya’ni: avvalambor aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, keyinchalik majburiyatlar schyotlari va, nihoyat, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar aks ettirilgan. Schyotlarni yuritish va ularning raqamlanishini ko‘rsatish qat’iyan majburiy ekanligi bilan bir qatorda, joriy hisobda ushbu elementlarni ochuvchi schyotlardan foydalanish qat’iy belgilanmagan.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishda yagona uslubiy yondashuv buxgalteriya hisobi tashkil etilishining aniq tartibga solinishiga huquqiy zamin yaratadi, hisobda aks ettirishni turkumlash uning yuritilishini yengillashtiradi, buxgalteriya hisobi bo‘limlarini avtomatizatsiyalash tartibini soddalashtiradi, schyotlar o‘zaro bog‘lanishida xatolar sonini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Hisobvaraqlar rejasiga ilova qilingan Yo‘riqnomada keltirilgan schyotlar bog‘lanishining namunaviy chizmasi ham yuqorida keltirilgan muammolarning yechimini topishga yordam beradi va buxgalteriya hisobi tizimini avtomatizatsiyalash dasturi uchun asos qilib olinishi mumkinligini qayd etib o‘tish lozim. Biroq xo‘jalik yuritish amaliyotida shunday vaziyatlar uchraydiki, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish jarayonida o‘zaro bog‘lanadigan schyotlarni aniq belgilash yetarli darajada murakkab bo‘ladi. Noto‘g‘ri tuzilgan buxgalteriya o‘tkazmasi korxona faoliyati ko‘rsatkichlarining ahamiyatli darajada noaniq aks ettirilishiga va muayyan soliqlar bo‘yicha soliq solinadigan baza noto‘g‘ri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
Schyotlarning o‘zaro bog‘lanishiga oid namunaviy chizmalarda aks ettirilmagan xo‘jalik faoliyatining yangi holatlari vujudga kelgan taqdirda korxona uni to‘ldirishga haqli, biroq bunda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy uslubiy tamoyillariga qat’iy rioya qilish asosiy talab bo‘lib hisoblanadi.
21-son BHMSning 2-bandiga asosan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining Hisobvaraqlar rejasiga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining schyotlar ishchi rejasini tuzishlari va u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Shuning uchun korxonaning bosh buxgalteri schyotlar ishchi rejasini tuzish paytida schyotlarning tasdiqlangan guruhlanishidan foydalangan holda taklif etilgan tizimga asoslanib o‘zida qo‘llaniladigan schyotlar tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobining schyotlar ishchi rejasi korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun lozim bo‘lgan schyotlardan iborat bo‘lishi, ya’ni schyotlarning ishchi rejasi tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasiga qaraganda ko‘proq yoki kamroq schyotlarga ega bo‘lishi mumkin. Ishchi rejadagi schyotlarning miqdori muayyan korxona faoliyatining xususiyati, hisobning u yoki bu bo‘limiga taalluqli operatsiyalarning turlariga bog‘liq. Masalan, tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasida korxonaning byudjet oldida soliqlar bo‘yicha qarzini hisobga olish uchun 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti taklif etilgan.
Ishchi rejada muayyan korxona soliq solishning qaysi tizimi bo‘yicha ish yuritishidan kelib chiqqan holda muayyan schyotlarni aks ettirish tavsiya etiladi.
Soliq solishning umumbelgilangan tizimi bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schyotlardan foydalanish lozim:
6410 "Foyda solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6411 "QQS bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6412 "Aksiz solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6413 "Mol-mulk solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6414 "Er solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6415 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" va h.k.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
6410 "Yagona soliq to‘lovi (YaST) bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6411 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" va h.k.
Asosiy vositalarni operativ ijaraga berish paytida ob’ektga egalik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o‘tmaydi, shu bois asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida qoladi. Biroq ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun asosiy vositalarni hisobga oluvchi tegishli schyotlar bo‘yicha operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha alohida schyotlar ochish mumkin. Masalan, agar uskuna operativ ijaraga berilgan bo‘lsa, 0131 "Operativ ijaraga berilgan uskuna" schyotini ochish mumkin. Agarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan qandaydir asosiy vositalar konservatsiya qilingan bo‘lsa, 0191 "Konservatsiyalangan asosiy vositalar" deb nomlangan maxsus schyot ochish tavsiya etiladi.
Schyotlar ishchi rejasida nafaqat amaliyotda qo‘llanilayotgan schyotlarning nomlanishi, balki keyinchalik lozim bo‘lgan taqdirda yangi ochilishi mumkin bo‘lgan schyotlar yuzasidan mezonlar ham qayd etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu buxgalteriya hisobini xo‘jalik operatsiyalari maqsadini aks ettirgan holda yuritishni ta’minlovchi schyotlar tizimini tuzish imkoniyatini yaratadi.
Schyotlar ishchi rejasi va hisob siyosatining boshqa elementlarini ishlab chiqish paytida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadida hisob ma’lumotini umumlashtiruvchi mezonlarga ega bo‘lgan u yoki bu bo‘limning buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlardan foydalanish lozim.
Buxgalteriya hisobi schyotlar ishchi rejasini korxona hisob siyosatiga alohida ilova sifatida tasdiqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Keyingi o‘rinlarda:

Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling