Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni


Download 0.89 Mb.
bet34/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni
hisobga oluvchi schyotlarning (2600) bog‘lanishi

2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyoti ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Mazkur schyotning debeti bo‘yicha aniqlangan yaroqsiz mahsulotlarga doir xarajatlar, shuningdek kafolatli ta’mirlash xarajatlari yig‘iladi, krediti bo‘yicha - yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlarning kamayishiga olib boriladigan summalar (yaroqsiz mahsulotning foydalanish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati, yaroqsiz mahsulotning aybdorlaridan ushlanadigan summalar, mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan sifatsiz materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan yaroqsiz mahsulot va boshqalar uchun undiriladigan summalar), shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan ko‘rilgan yo‘qotish sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schyotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha materiallar sarflanishi aks ettirilgan



2610

1010-1050,
1090

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, yukxat



2

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilgan



2610

2010, 2310

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma



3

O‘zida ishlab chiqarilgan yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar aniqlangan va hisobdan chiqarilgan



2610

2110

Inventarlash dalolatnomasi

4

Umumishlab chiqarish xarajatlarining ulushi tuzatib bo‘ladigan va tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar tannarxiga kiritilgan



2610

2510

Buxgalteriyaning hisob-kitobi

5

Xaridorga yaroqsiz mahsulot o‘rniga berilgan mahsulot tannarxi aks ettirilgan



2610

2810

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, yukxat



6

Yaroqsizlik bilan bog‘liq turli xarajatlar (yaroqsiz mahsulotni almashtirishda, qaytarishda tashish va boshqa xarajatlar) banklardagi hisob-kitob, valyuta yoki maxsus varaqlardan to‘langan



2610

5110, 5210,
5510-5530

Shartnoma, yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma



7

Yaroqsizlikni tuzatishda va kafolatli ta’mirlashda mol yetkazib beruvchilarning ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha schyotlari qabul qilingan



2610

6010

Shartnoma, hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar, xizmatlar dalolatnomasi



8

Yaroqsizlikni tuzatish uchun ijtimoiy sug‘urta va mehnat haqi summalari bo‘yicha ta’minotiga ajratmalar hisoblangan



2610

6520

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



9

Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha mehnat haqi summasi hisoblangan



2610

6710

Bildirgi, ish vaqti hisobining tabeli, buxgalteriyaning hisob-kitobi



10

Yaroqsiz mahsulotlarni qaytarish, tashish va boshqalar bilan bog‘liq summalar hisobdor shaxslar hisobidan chiqarilgan



2610

4220 4320

Hisobdor shaxslarning hisobotlari



11

Iste’molchilar tomonidan olingan yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish uchun qilingan xarajatlar bo‘yicha ular oldidagi qarz hisoblangan



2610

6990

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, iste’molchilar tomonidan taqdim etilgan schyotlar



12

Yaroqsiz mahsulotni tuzatishdan qolgan va yakuniy yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarishdan olingan moddiy qiymatliklar (foydalanish mumkin bo‘lgan bahosida) kirim qilingan



1010

2610

Bildirgi, hisobdan chiqarish dalolatnomasi



13

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritilgan; qaytarilgan yaroqsiz mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilgan



2010

2610

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, buxgalteriyaning hisob-kitobi



14

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritilgan; qaytarilgan yaroqsiz mahsulot tannarxi hisobdan chiqarilgan



2310

2610

Yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, buxgalteriyaning hisob-kitobi



15

Yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor ishchilarning mehnat haqidan ushlab qolish hisobiga kamaytirilgan (joriy oy bo‘yicha)



6710

2610

Mehnat shartnomasi, yaroqsizlik to‘g‘risida dalolatnoma, bildirgi, buxgalteriyaning hisob-kitobi



16

Yaroqsizlik oqibatida kelib chiqqan yo‘qotishlardan ko‘rilgan moddiy zarar aybdor ishchilar hisobidan hisobdan chiqarilgan (ijro varaqalari va boshqalar bo‘yicha)



4730

2610

Sud qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi



17

Oldingi yillar bo‘yicha aniqlangan qoplanmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar zararlarga hisobdan chiqarilgan (jumladan, tashqi yaroqsizlikdan ham)



9430

2610

Buxgalteriyaning hisob-kitobi

18

Oldingi yillar bo‘yicha aniqlangan qoplanmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar foydani kamaytirishga hisobdan chiqarilgan



8710

2610

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



19

Aniqlangan yaroqsizlik bo‘yicha aybdor tashkilotga da’vo taqdim etilgan



4860

2610

Tijorat dalolatnomasi, da’vo hujjatlari



20

Yaroqsizlikni tuzatish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlari tasdiqlangan



2610

6970

Bo‘nak hisobotlari




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling