Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarning (2900) bog‘lanishi
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi
schyotlarning (2800) bog‘lanishi Tayyor mahsulotlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar"; 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar"; 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar". 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotida tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan qisman korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Xaridorlar (buyurtmachilar)ga yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)larga hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditidan sotilish tartibida 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarning (2900) bog‘lanishi Sotishga mo‘ljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 2910 "Ombordagi tovarlar"; 2920 "Chakana savdodagi tovarlar"; 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar"; 2940 "Prokatdagi tovarlar"; 2950 "Tovarlar bilan band va bo‘sh idishlar"; 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar"; 2970 "Yo‘ldagi tovarlar"; 2980 "Savdo ustamasi"; 2990 "Boshqa tovarlar". Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar biror-bir buyum, material, mahsulot sotish uchun maxsus olingan holatlarda qo‘llaniladi. Ta’minot, sotish, savdo korxonalari tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarda, ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi va asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarda hisobga olinadigan inventar idishdan tashqari, sotib olingan idish va o‘zi ishlab chiqargan idishni ham hisobga oladilar. Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida tovarlarni xarid qilish qiymati bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Chakana savdo faoliyatini amalga oshiradigan korxona tomonidan tovarlar sotish baholarida hisobga olingan taqdirda, bir vaqtning o‘zida xarid qilish qiymati bilan sotish baholari qiymati (chegirma, ustama) o‘rtasidagi farqqa tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 2980 "Savdo ustamasi" schyotining krediti bo‘yicha yozuv kiritiladi. Ushbu schyotlarning krediti bo‘yicha tovarlarning sotilishi, tekinga berilishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi va boshqalar munosabati bilan chiqib ketishi aks ettiriladi. Mazkur guruh schyotlari bo‘yicha tahliliy hisob mas’ul shaxslar bo‘yicha, tovarlar nomlanishi (turi, turkumi, to‘pi) va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling