Yadro kimyosi
Download 499.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqIlhomjon kimyo m ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy radioaktivlik.
- RADIATSIYANING BIOLOGIK TA’SIRI.
Yadro kimyosining tibbiyotdagi o'rni Yadro kimyosi. 1934 yilda sun’iy radioaktiv izotoplar olinishidan boshlab radiatsion tibbiyot sohasi vujudga kela boshladi. 1937 yilda Berkli shaxridagi Kaliforniya universiteti olimlari radioaktiv izotopni leykemiya kasalligini davolash uchun ishlatdilar. Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatishdagi asosiy yutuqlar 1946 yilda radioaktiv izotopni qalqonsimon bez faoliyati tashxisini o’tkazishda, qalqonsimon bez raki va giperteriozni davolashda erishilgan edi. Hozirgi vaqtda radioaktiv moddalar jigar, taloq, qalqonsimon bez, buyrak, bosh miya tasvirlarini olish, shuningdek yurak kasalliklarini aniqlash uchun ishlatilmoqda. Bugungi kunda yadro tibbiyoti sohasidagi muolajalar organizmning har bir a’zosi tuzilishi va faoliyati haqida ma’lumot bera oladi va shu bilan kasalliklarni boshlang’ich davrida tashxis qilish va davolash imkoniyatini beradi. Tabiiy radioaktivlik. Davriy jadvalning 19-chi elementigacha ko’pchilik elementlarning yadrolari barqarorlikka egadir. 20-chi elementdan boshlab elementlar bir yoki bir nechta izotoplarga ega. Ularning yadrolari, yadro kuchlari protonlar orasidagi itarilish kuchlarini qoplay olmaganlari uchun, beqaror bo’lib, ortiqcha energiyasini ajrata boshlaydi. Bunday yadro radiaktiv yadro deyiladi va radioaktiv nur tarqatib, barqaror yadro hosil qilishga intiladi. Radioaktiv nurlanish uch turga bo’linadi: alfa (α), beta (elektronli - β- va pozitronli β+), va elektromagnit nurlanish -gamma (γ) nurlanish. O’zidan nur tarqatayotgan element izotopi, radioaktiv izotop deb nomlanadi. Ko’pchilik nurlanish turlarida yadroda protonlar soni o’zgaradi - bu esa, bir turdagi atom boshqa turdagi atomga aylanganligidan dalolat beradi. RADIATSIYANING BIOLOGIK TA’SIRI. Radiatsiya o’tish yo’lida molekulalar bilan to’qnashib, ulardan electron otilib chiqadi va beqaror ionlar hosil bo’ladi. Agar shu ionlantiruvchi nurlanish odam tanasi orqali o’tsa, u suv molekulalari bilan ta’sirlashib, elektronini siqib chiqaradi va H2O+ zarrachalari hosil bo’ladi va bu o’z navbatida keraksiz kimyoviy jarayonlar sodir bo’lishiga olib keladi. Radiatsiyaga eng sezgir hujayralar deb bo’linishi juda tez yuz beradigan hujayralar hisoblanadi, ular qatorida – orqa miya suyuqligi, teri, jinsiy a’zolar, ichak va o’sayotgan bolalar hujayralari. Shikastlangan hujayralar kerakli bo’lgan moddalarni hosil qilmay qoladi. Download 499.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling