Yadro reaktorining ishlash prinsipi


Bilaman Bilib oldim


Download 353 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi353 Kb.
#1034947
1   2   3   4   5
Bog'liq
Batirova R NamDu

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni hohlayman

Yadro reaktori haqida umumiy tushunchalarni bilaman







Bilaman Bilib oldim Bilishni hohlayman


Yadro reaktori haqida umumiy tushunchalarni bilaman
Natijada talabalar tomonidan yadro reaktori haqida dastlabki tushunchalar mavjudligi aniqlandi.Shundan so‘ng BBB metodini ikkinchi bosqichiga o‘tiladi.
Talabalarning mavzu yusasidan qiziqish va talablarini hisobga olib “Yadro reaktorlarining ishlash prinsipi”ni quyidagi ma’lumotlar orqali keltiramiz. Yadro reaktorida radoaktiv elementlar parchalanishi yani reaksiyaga kirish jarayoni amalga oshiriladi. Yadro reaktorida sodir bo‘layotgan reaksiyadagi neytronlarning tezligiga qarab, yadro reaktori 2 xil holatda nomlanadi.Birinchisi yadro reaktori sust neytronli, ikkinchisi yadro reaktori tez neytronli boʻladi. Sust neytronli reaktorlarda yoqilgʻi sifatida tabiiy uran izotoplarining aralashmasi yoki uran (U235) bilan boyitilgan aralashmasidan doimiy ravishda foydalaniladi. Uran U235 boʻlinishi davrida uchib chiqayotgan tez neytronlar grafit yoki ogir suv yordamida susaytiriladi va sust neytronlar holatiga keltiriladi. Tez neytronli reaktorda esa susaytirgich ishlatilmaydi, sababi aynan bu reaktorda zanjir reaksiya toʻgʻridan-toʻgʻri tez neytronlar ta’sirida borishi uchun yadro yoqilgʻisi – sof U235 izotopi yoki sun’iy izotoplar U233 va Ri239 (plutoniy) boʻlishi kerak. Atom yoqilgʻisi ma’lum miqdor va hajmda boʻlgandagina zanjir reaksiya davom etadi va yadro reaktori faol ishchi holatiga o‘tadi. Reaktordan chiqib ketayotgan neytronlarni ma’lum miqdorda ya’ni qisman faol zonaga qaytarish uchun bu zona kaytargich (ogʻir suv, grafit yoki berilliy) bilan oʻralgan boʻladi. Qaytargich faol zonada hosil boʻlayotgan neytronlardan toʻlaroq foydalanish va reaktorni birmuncha kichraytirishga imkon beradi. Reaktor tekis ishlashi uchun sodir bo‘layotgan reaksiyalar bir me’yorda davom etishi zarur. Faol zonada ajralayotgan neytronlar sonini ma’lum miqdorda ushlab turuvchi va reaktorning bir me’yorda ishlashini ta’minlovchi mexanizm yadro reaktorining asosiy va muhim qismi hisoblanadi. U neytronlarni koʻplab yutadigan moddalar (kadmiy yoki bor)dan tayyorlangan tayoqchalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tayoqchalar reaktorning faol zonasiga qoʻzgʻaluvchan qilib oʻrnatiladi. Uran tayoqchalari oʻz-oʻzidan chiqayotgan tez neytronlar susaytirilgach, yoqilgʻi tarkibidagi U238 atomlarini parchalaydi. Natijada zanjir reaksiya uzluksiz davom etadi. Boshqaruvchi tayoqcha (kadmiy yoki bor), oʻlchov asbobi, kuchaytirgich va motor bilan birga reaksiyani me’yorga keltiradi. Ikkinchi kadmiy tayoqcha reaktorni toʻxtatish uchun xizmat qiladi. Qozon devori bir vaqtning oʻzida qaytargich xizmatini ham oʻtaydi. Issiqlik almashuvchi qurilma yordamida uran yoqilgʻisidan chiqayotgan issiqlik energiyasi olinadi. Energiya reaktorida ana shu qurilma isitgich sifatida ishlatiladi.
Uran-235 yadrosining bo‘linishi natijalari:


  1. Uchta neytron ajralib chiqishi bilan bariy va kriptonga parchalanishi:


2. Ikki neytron ajralib chiqishi bilan ksenon va stronsiyga parchalanishi:
Yadro reaktorlari ishga tushirilishidan oldin neytron populyatsiyasi nolga yaqin. Shundan so‘ng operatorlar yadro bo‘linishini kuchaytirib, boshqaruvchi tayoqchalarni yadrodan olib tashlashadi, bu reaktorni vaqtincha o‘ta muhim holatga keltiradi. Nominal quvvatga yetgandan so‘ng, operatorlar neytronlar sonini moslashtirgan holda boshqaruv pog‘onalarini qisman qaytaradilar. Keyinchalik, reaktor juda muhim holatda saqlanadi. Uni to‘xtatish kerak bo‘lganda, operatorlar novdalarni to‘liq kiritadilar. Bu bo‘linishni bostiradi va yadroni subkritik holatga o‘tkazadi. [3]

1 - Uran tayoqchalari.
2 - Germetik po`lat trubalar.
3 - Neytronlarni qaytargichlar.
4 - Neytronlarni yutuvchi tayoqchalar.
Uran reaktorini sxemasi.

1 - Uran tayoqchalari
2 - Katta massali grafit.
3 - Bor metaldan qilingan tayoqchalar, ular reaktivning aktivligini bosqaradi.[4]
Yuqorida “Yadro reaktorining ishlash prinsipi” mavzusi yuzasidan berilgan ma’lumotlar asosida talabalarni o‘zlashtirish natijalari quyidagi jadvalning 2-ustuniga yozildi.
2-jadval


Download 353 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling