Yadro va yadrocha


Download 0.5 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#194686
Bog'liq
Yadro va yadrocha

Yadro va yadrocha

Bajardi: 32-20 guruh talabasi

Abrorova Mumtoz

Yadro

Yadro (lotincha nucleus) - bu ikki membrana bilan o'ralgan, eukariot hujayraning organoidi. Odatda, eukariot hujayralar bitta yadroga ega, ammo ba'zi turdagi hujayralar, masalan, sutemizuvchilar eritrotsitlari, yadroga ega emas, boshqalari esa ko'p yadrodan iborat.

Yadro – ko’pchilik bir hujayrali va hamma ko’p hujayrali organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi

Ya. Purkine

R. Broun


Britaniyalik botanik Robert Broun 1831-1833-yillarda o’simliklar hujayrasidagi yadroni kashf qildi va uni birinchi bo’lib to’g’ri ifodalab berdi

1825-yilda chexiyalik olim Ya. Purkine qushlar tuxum hujayrasida yadro borligini kashf etdi. 1839-yilda esa “protoplazma” terminini fanga kiritdi

Yadro kashf etilishi

Yadro tuzilishi va tarkibi

Yadro elektron mikroskop orqali kuzatilganda po’sti ikki qavat membranadan iborat ekanligi ko’rinadi. Yadro qobig’I yadroni sitoplazmadan ajratib turadi. Yadro po’sti ayrim joylarida murakkab tuzilishga ega bo’lgan teshiklar ya’ni poralar bo’lib, har birining diametri qariyib 100-300 A ga teng. Ularning soni 12 mingga yetadi. Shu poralar orqali yadro va sitoplazma o’rtasida zich munosabat bog’langan.Yadroning fizik va kimyoviy xossalari karioplazma yoki yadro shirasibo’lib unda xromatin va yadrocha joylashgan. Yadro quruq moddasining eng ko’p qismi oqsil(70-96%) va nuklein kislotadir. Bundan tashqari yadroda lipidlar fermentlar va anorganik moddalar uchraydi.

Yadrocha


Yadrocha mayda, ko’pincha sharsimon yoki ellipsimon tuzilma. Unda rRNK sintezi amalga oshadi. Uning soni asosan 1-3 tagacha va undan ortiq (suv o’tlarida 100 tagacha, baliq, amfibiyalar hujayrasida bir necha yuztagacha) bo’lishi mumkin.

Tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, yadrocha moddasi nukleolonema ipchalardan iborat bo’lib, sitologlarning fikricha, ular xromosomalarning shakllanishida ishtirok etar ekan.



Yadrochaning kimyoviy tarkibi oqsillar, fosfolipidlar va RNK dan iborat. Yadrochada 3-7% RNK, 80-85% oqsil bor.

E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling