Yagona identifikatsiya tizimi


ERI kalitining sertifikati Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish paytiga amalda bo‘lishi kerak


Download 195.55 Kb.
bet4/6
Sana11.10.2023
Hajmi195.55 Kb.
#1698814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza

4.2. ERI kalitining sertifikati Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish paytiga amalda bo‘lishi kerak.

  • 4.2. ERI kalitining sertifikati Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish paytiga amalda bo‘lishi kerak.
  • 4.3. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – yuridik shaxs 4.1-bandga muvofiq avval jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
  • Jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini yaratgandan keyin jismoniy shaxs kabinetida quyidagilar orqali yuridik shaxsni qo‘shish kerak:
  • Yuridik shaxs ERI kalitining sertifikatini;
  • Yuridik shaxsning STIRni.
  • 4.4. Yuridik shaxsni to‘ldiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga topshiriladigan 8-son hisobot shaklida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
  • 4.5. Mobil telefonning logini, paroli va raqamini bir vaqtning o‘zida aks ettirish imkoni bo‘lmagan holda hisobga olish yozuvini ERIni qo‘llash yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali tiklash mumkin.

5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari

  • 5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
  • 5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ruxsat bilan foydalana olish uchun Identifikatsiya tizimida o‘z hisobga olish yozuvidan foydalanish.
  • O‘z shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni 30-moddasining birinchi qismiga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish. Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu kelishuvni bekor qilish va o‘zining hisobga olish yozuvini o‘chirib tashlash yo‘li orqali axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishdan voz kechish.
  • 5.2. Identifikatsiya tizimidan Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
  • Identifikatsiya tizimi yoki Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlarining ishlash jarayonini buzishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik;
  • Ro‘yxatga olish va autentifikatsiyalashda ishonchli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek ularning aktual holatini ta’minlash, o‘zini boshqa shaxs yoki qandaydir tashkilot vakili qilib ko‘rsatmaslik, o‘zining ERIdan foydalanish;
  • Markaz tomonidan Kelishuv shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmaganda Identifikatsiya tizimidan foydalanishdan voz kechish va Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlari, resurslari va servislaridan foydalanishni to‘xtatish;
  • o‘zining hisobga olish yozuvlarining saqlanishini ta’minlash uchun kerakli choralarni ko‘rish;
  • konfidensiallik yoki hisobga olish yozuvidan o‘zining foydalana olish vositalari (mobil telefon raqami, login va parol)ning saqlanishi buzilgan holda zudlik bilan login va/yoki parolni o‘zgartirish yoki Markazni xabardor qilish.

Download 195.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling