Yagona identifikatsiya tizimi


Markaz quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi


Download 195.55 Kb.
bet6/6
Sana11.10.2023
Hajmi195.55 Kb.
#1698814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza

8.5. Markaz quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi:

  • 8.5. Markaz quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi:
  • Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (qasddan yoki ehtiyotsizlik sababli) parol va shaxsiy ma’lumotlarning taqdim etilishi;
  • parolni tanlash va/yoki kodni ochish imkonini beradigan dasturiy vositalardan foydalanish oqibatida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi;
  • parol va hisobga olish ma’lumotlarini tanlash (podbor) yo‘li bilan Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi.
  • 8.6. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv bo‘yicha o‘zining vazifalariga rioya etmaganligi sababli Markazga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
  • 8.7. Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan foydalanish uchun o‘zi tanlab olgan vositalarning xavfsizligi (shuningdek aniqlashga nisbatan barqarorlik), saqlanishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, shuningdek ularning maxfiyligini mustaqil ta’minlaydi. Bunda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi ostidagi barcha xatti-harakatlari Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
  • 8.8. Tomonlar ushbu Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bunday bajarmaslik ushbu Kelishuv tuzilgandan keyin va Tomonlar oqilona chora-tadbirlar bilan oldini ololmagan favqulodda tusidagi hodisalar (fors-major) natijasida paydo bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar holatining oqibati hisoblansa. Bunday favqulodda tusidagi hodisalarga Kelishuvni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi suv toshqini, yong‘in, zilzila, tuproq cho‘kishi va boshqa tabiiy ofatlar; urush yoki harbiy harakatlar, embargo, qamallar, hukumat harakatlari kirishi mumkin.

9. Da’volarni ko‘rib chiqish tartibi

  • 9. Da’volarni ko‘rib chiqish tartibi
  • 9.1. Markaz ushbu Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda Foydalanuvchi Markazga yozma yoki elektron shakldagi da’vosini taqdim etish huquqiga ega.
  • 9.2. Markaz O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan tartibda kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun ichida da’voni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi, agar qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash talab qilinganda bir oygacha bo‘lgan muddatda da’voni ko‘rib chiqishga majbur. Da’voga javob buyurtma xat orqali, elektron shaklda yuboriladi yoki Foydalanuvchiga imzo qo‘ydirgan holda taqdim etiladi.
  • 9.3. Agar Foydalanuvchi taqdim etilgan javobdan qoniqmaganda, u O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
  • 10. Nizolarni hal qilish tartibi
  • 10.1. Ushbu Kelishuvni bajarish bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar tarafidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 195.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling