Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish. - Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish.
- Agar siz jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot (korxona) rahbari bo‘lsangiz, o‘z shaxsiy kabinetingizda tashkilotingizni qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun tashkilot rahbari nomiga olingan ERIni ONE ID tizimidagi kabinetingizda taqdim etishingiz kerak. Yuridik shaxsni qo‘shish orqali siz tashkilotingiz nomidan davlat xizmatlaridan foydalanish huquqini boshqa foydalanuvchilarga (xodimlaringizga) topshirishingiz mumkin.
- Boshqa saytlar bilan integratsiya.
- Agar siz veb-sayt egasi bo‘lsangiz va har qanday xizmatlarni (bank, elektron tijorat va h.k.) taqdim etish uchun foydalanuvchini shaxsini aniqlashni istasangiz, unda OneID qonuniy va qulay usuldir. Yagona identifikatsiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Yagona identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.
- Foydalanish shartlari
- Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyingi o‘rinlarda – Kelishuv) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda – Markaz)ning ommaviy ofertasi hisoblanadi va har qanday murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) bilan «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda – Identifikatsiya tizimi)dan foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi.Ushbu Kelishuv shartlari barcha Foydalanuvchilar uchun bir hil hisoblanadi.
1. Atamalar va ta’riflar - 1. Atamalar va ta’riflar
- Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
- Elektron davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
- Foydalanuvchi – davlat xizmatiga ehtiyoji bo‘lgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega bo‘lgan, ushbu Kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu Kelishuvni tuzgan yuridk va/yoki jismoniy shaxs;
- Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
- Yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ga ega bo‘lgan tashkilot;
- ERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo.
Do'stlaringiz bilan baham: |