Yagona identifikatsiya tizimi


Markaz huquqlari va majburiyatlari


Download 195.55 Kb.
bet5/6
Sana11.10.2023
Hajmi195.55 Kb.
#1698814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza

6. Markaz huquqlari va majburiyatlari

  • 6. Markaz huquqlari va majburiyatlari
  • 6.1. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
  • Identifikatsiya tizimida foydalanuvchining xatti-harakatlarining monitoringini o‘tkazish;
  • Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv talablari buzilgan holda, foydalanuvchining Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalana olishini, shu jumladan Identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchining hisobga olish yozuvini bloklash orqali cheklash;
  • Dastlab Foydalanuvchini xabardor qilmasdan Identifikatsiya tizimidan foydalanishning ushbu shartlarini o‘zgartirish. O‘zgartirilgan shartlar Identifikatsiya tizimining bosh sahifasiga joylashtirilishi kerak.
  • Foydalanuvchiga axborot xabarlarini yuborish.
  • 6.2. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
  • Identifikatsiya tizimi ishlashini (Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalanishda Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash, avtoriatsiyalash va autentifikatsiyalashni) ta’minlash;
  • Identifikatsiya tizimida foydalanuvchilar ma’lumotlarining butunligi va o‘zgarmasligini kafolatlash;
  • foydalanuvchilarning Identifikatsiya tizimiga murojaatlari hisobi va statistikasini yuritish;
  • qonun hujjatlari talablari va shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashni ta’minlash;

7. Kelishuvning amal qilish muddati

  • 7. Kelishuvning amal qilish muddati
  • 7.1. Ushbu Kelishuv Foydalanuvchining Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar tarafidan to‘liq bajarilgunchaga amal qiladi.
  • 8. Javobgarlik
  • 8.1. Markaz uning aybi bilan yuzaga kelmagan shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolganligi uchun Foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmaydi.
  • 8.2. Markaz Identifikatsiya tizimi faoliyatidagi nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar ko‘rsatilgan nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi quyidagilar oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa:
  • uchinchi shaxslarning Identifikatsiya tizimi dasturiy ta’minotidan ruxsatsiz foydalanishiga va/yoki ko‘rsatilgan dasturiy ta’minotning ishdan chiqishiga qaratilgan xatti-harakatlari.
  • ulangan veb-servislarning ishlamay qolishi.
  • 8.3. Markaz Identifikatsiya tizimidan foydalanish yoki foydalanish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli sodir bo‘lgan har qanday bevosita va bilvosita zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
  • 8.4. Foydalanuvchi fuqarolik, jinoyat qonun hujjatlari, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligi, shu jumladan ularning o‘z vaqtida yangilanishi va tuzatilishiga to‘liq javobgar bo‘ladi.

Download 195.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling